Mavzu: Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo`llash fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




Download 157.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.02.2024
Hajmi157.1 Kb.
#150509
Bog'liq
1-ma`ruza
Ms office 2016 dasturlar paketi imkoniyatlari-kompy.info (1)


Mavzu: Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo`llash 
fanining predmeti
,  
maqsadi va vazifalari. 
Reja: 
1. Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi. 
3. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari. 
4. Ma`lumotlarni kodlash, kompyuterning ishlash prinsiplari. 
 
Tayanch so`z va iboralar. Axborot, texnologiya, ob`ekt, axborotni yg`ish, qayta ishlash, uzatish, qaror 
qabul qilish va h.k. 
1. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo`llash fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
Insoniyat harakat va raqobat orqali tumush tarzini rivojlantiradi va yangi kashfiyotlarni yaratilishiga 
sabab bo`ladi. Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan 
shug`ullangan. Kompyuter texnikasi XX asrnig buyuk kashfiyotlaridan biri bo`ldi. Informatika va 
axborot texnologiyalari fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va Internet tarmog`idan 
samarali foydalanish, iqtisodiymoliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan 
jarayonlar olib borish yani, ishlov berish, hamda shular asosida masala qo`yib uni yechish 
ko`nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to`g`risida 
bilimlar berishdan iborat. Fannining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali 
foydalanish, amaliyotga qo`llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari 
to`g`risidagi bilimlar hisoblanadi. 
Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o`z ichiga oladi: 
1. Axborotni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish. 
2. Axborotni qayta ishlash, joyiga uzatish. 
3. Ma`lumotlarni kodlashtirish. 
4. Ma`lumotlarni saqlash va izlash. 
5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash. 
6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish. 
7. Qapop qabul qilish va boshqaruv ta`sirini ishlab chiqish. 
Ma`lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator 
holatlarda ba`zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo`ladi. Shu o`rinda 
ba`zi jarayonlar qaytarilishi mumkin. Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati ko`p 
jihatdan iqtisodiy ob`ektga bog`liq.
Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko`rib chiqamiz: 
1. Axborotni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish; axborotlarni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish har xil 
iqtisodiy ob`ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq 
xo`jaligi ob`ekti faoliyatini aks etgan boshlang`ich iqtisodiy hisobotni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish, 
amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir. 
2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida, 
pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali 
uzatish va boshqalar. Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali yetib kelishi 
asosan ikki usulda amalga oshiriladi: 1) elektron tashuvchilarda, 2) bevosita kompyuter maxsus dasturli 
va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga oshiriladi.
3. Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish - bu mashina ashuvchilariga 
axborotni EHMda
 qabul 
qilingan kodlarda yozish jarayonidir.
4. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig`ish. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig`ish – axborotlardan 
ko`p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo`llash, boshlang`ich ma`lumotlarni qayta ishlashgacha 
ularni to`plash kabi zaruratlaridan kelib chiqadi. 


Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash jayonlarini 
bajaradi.
Axborot texnologiyalarini o`rganish uch qismdan iborat: 
1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o`rganiladi, bunda asosiy e`tabor axborot 
tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va 
qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan. 
2. Axborot texnologiyalari vositalari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik 
va dasturiy ta`minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik erganomik va umumiy ta`minotlarni 
o`rganadi. 
3. Boshqarish sub`ekti faoliyatiga taalluqli bo`lgan iqtisodiy masalalarni yechish yo`llari 
o`rganiladi. Tashkiliy va uslubiy ta`minot o`zida izlanayotgan natijani olish uchun kompyuter va 
dasturiy ta`minotni faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan tadbirlar majmuasidir. 
Quyidagilar axborot texnologiyalari asosiy xususiyatlar hisoblanadi: 
1. Maqsadga muvofiqlik, 
2. Komponent va tarkibiy tuzilishni mavjudligi, 
3. Tashqi muhit bilan o`zaro hamkorlik, 
4. Bir butunlik, 
5. Vaqt bo`yicha rivojlanib borishi. 
1. Maqsadga muvofiqlik – axborot texnologiyalaridan foydalanishning bosh maqsadi zamonaviy 
kompyuterlar, axborotlarga taqsimlangan ishlov berish, taqsimlangan ma`lumotlar bazasi, turli 
axborot
 
hisoblash tizimlari asosida axborotlar aylanmasi va ishlov berish yo`li bilan ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishdan iborat. 
2. Komponent va tarkibiy tuzilishning mavjudligi: 
funksional komponentlar - axborotlar aylanmasi va ishlov berish jarayonlarining asosiy mazmuni; 
Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi: 
Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi – bu uni tashkil qiluvchi komponentlarni
o`zarobog`liqligini ifoda qiluvchi, ikkita katta tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasi guruhlariga 
birlashtirilgan ichki tashkillashtirishdir. 
Tizimli va instrumental vositalar: 
a) Apparat vositalar; 
b) Tizimli dasturiy ta`minot (OT, СУБД); 
v) Instrumental dasturiy ta`minot (algoritmik tillar, dasturlashtirish tizimlari, dasturlashtirish 
texnologiyalari). 
3. Tashqi muhit bilan o`zaro hamkorlik – boshqarilayotgan ob`ekt bilan axborot texnologiyalarining 
o`zaro hamkorligi, avtomatlashtirishning korxona va tizimlar, fan, sanoat bilan o`zaro hamkorlik 
qilayotgan texnik va dasturiy vositalari. 
4. Bir butunlik - axborot texnologiyalari o`ning bironta alohida komponentiga xos bo`lmagan 
masalalarni 
yecha 
olish 
xususiyatiga 
ega 
bo`lgan 
bir 
butun 
tizim 
hisoblanadi. 
5. Vaqt bo`yicha rivojlanib borishi – axborot texnologiyalarini dinamik rivojlanishini, uning 
modifikasiyasini, 
tuzilishini 
o`zgartirish, 
yangi 
komponentlar 
kiritilishini 
ta`minlash. 
2. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati. 
Axborot -kommunikatsion
texnologiyalarni joriy 
etish. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning hozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham 
texnologiyalardan foydalanishga bo`lgan talabi kun sayin ortib bormoqda, chunki butun dunyoda XXI 
asr – axborot asri deb tan olingan. Axborot asrida katta xajmdagi ma`lumotlar ombori va axborotlar 
ustida 


ishlashga to`g`ri kelmoqda. Hozirda istalgan har qanday sohada kompyuter texnikasining imkoniyatidan 
foydalanib kelmoqda.Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter 
texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonini samarali ketishi uchun hukumatimiz tomonidan bir 
qator chora tadbirlar ishlab chiqilgan. 
 Axborot-kutubxona faoliyati to`g`risida (2011 y.) 
 Elektron to`lovlar to`g`risida (2005 y.) 
 Elektron tijorat to`g`risida (2004 y.) 
 Elektron hujjat aylanishi to`g`risida (2004 y.) 
 Axborotlashtirish to`g`risida (2003 y.) 
 Elektron raqamli imzo to`g`risida (2003 y.) 
 Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g`risida (2002 y.) 
 Telekommunikatsiyalar to`g`risida (1999 y.) 
 Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma`lumotlar bazalarining huquqiy 
himoyasi to`g`risida (1994 y.) 
XX 
asrga 
kelib 
axborot 
texnologiyalari 
fani 
vujudga 
keldi. 
Axborot texnologiyasi bu aniq texnik va dasturiy vositalarning majmui bulib ular yordamida 
ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal qilinadi. Informatika 60-
yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan 
shug`ullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik 
so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma`nolarini anglatadi. Fransuzcha 
informatigue (informatika) so`zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma`nosini 
anglatadi. Ingliz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (kompyuter texnikasi 
haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib 
chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog`liq. Bunda asosiy xizmat 
mikroprotsessor texnikasiga to`g`ri keladi, uning paydo bo`lishi 70-yillar o`rtalarida ikkinchi elektron 
inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral 
sxema va mikroprotsessorlar tashkil etdi. 
Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni 
uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog`lanadi. Informatika axborotning qayta ishlash, ularni 
qo`llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta`sirini EXM tizimlariga asoslangan holda ishlab 
chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jixatlarini o`rganuvchi kompleks ilmiy va 
muhandislik fani sohasidir. 
Informatika bu jixatdan axborot modellarini qurishning umumiy uslubiyot tamoyillarini ishlab 
chiqarishga yo`naltirilgan. Shu bois axborot uslublari ob`ekt, hodisa, jarayon va hakazolarini axborot 
modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir. Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita 
va uslublari ko`p qirrali bo`lib, uning ko`plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha 
talqinni tavsiya etiladi. Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo`llash muhiti vositasida 
axborotni yangilash jarayonlari bilan bog`liq inson faoliyati sohasidir. Informatika va kibernetika 
tushunchalarida ko`pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o`xshashligi va farqini tushuntirishga 
harakat qilinadi. N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining 
turli 
sohalarida
 murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog`liq.
Kibernetika 
kommpyuterlar 
mavjudligi 
yoki 
yo`qligidan 
qat`iy 
nazar 
mavjuddir. 
Kibernetika - texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari 
haqidagi fandir. Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli ob`ektlarni boshqarish 
vazifalarini amaliy hal etmay, o`zgartirish va barpo etish jarayonlarini o`rganadi. Shu bois informatika 
haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo`lishi mumkin. Biroq, boshqa 
jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog`liq bo`lmagan muammolar yechimi bilan 
ifodalanmaydi, bu shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi. 


Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud 
bo`la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin 
ob`ektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o`z-o`zicha rivojlanaveradi.
Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o`xshash bo`lsa ham, lekin: 
-informatika- axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi; 
-kibernetikaesa - ob`ekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan 
axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi. 
Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundaki, respublikada jahon 
axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog`i integratsiyasiga mos keluvchi 
milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta`lim samaradorligining muhim omili bo`lmoqda. 
Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib 
borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o`zgarishlarning amalga oshirish natijalari respublikada 
axborotlashtirish bilan bog`liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham 
bog`liqdir. 
1956 yilda akademik M.T. O`razboev tashabbusi bilan O`zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida 
V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo`limi ochilib, unga V.Q.
Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor “Ural-1” tipidagi EHM o`rnatildi. 
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hisoblash 
markaziga ega bo`lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish 
birlashmasi tashkil etildi. 
Xalq xo`jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini rivojlantirgan akademik 
V.Q. Qobulov boshchiligadagi birlashmaning yetakchi olimlari O`zbekistonda kibernetikaning tarkib 
topishi va rivojalanishiga ulkan xissa qo`shdilar. Obrazlarni tekshirib bilish va sun`iy intellect 
nazariyalar bo`yicha katta maktab yaratgan akademik M.M.Komilov, matematik 
modellash va hisoblash
 
eksperimenti, matematik va fizika murakkab vaziflarini hal etishni miqdoriy-tahliliy usullari bo`yicha 
muxbir aozolar F.B.Abutaliev, B.A.Bendarenko, T.Bo`riev, axborotni qayta ishlash bo`yicha - akademik 
D.A.Abdullaev kibernetika fanining turli yo`nalishlari bo`yicha ulkan ilmiy maktablar o`zagini yaratgan 
professorlar T.A.Valiev, Z.T.Odilova, O.M.Nabiev, D.N.Axmedova, R.S. Saydullaeva, Z.M. Solixov, 
F.T. Odilova, N.A. Mo`minov va boshqalarning katta xizmatlarini ta`kidlash lozim. 
O`zbekiston Respublikasi birlashma olimlari tomonidan fundamental va amaliy ilmiy yo`nalishlar 
belgilandi, O`z.R. Fanlar Akademiyasi Hay`ati tomonidan Respublikada kibernetika va 
axborotlashtirishni 
rivojlantirish 
konsepsiyasi 
ishlab 
chiqildi 
va 
tasdiqlandi. 
Bulardan tashqari matematik modellar asosida xalq xo`jaligi muammolarini xal qilish, iqtisodiyotda 
axborotlar tizimlaridan unumli va oqilona foydalanish, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining 
hayotga keng tadbiq qilish sohalari bo`yicha akademik S.S.G`ulomovning, iqtisodiy kibernetika 
yo`nalishi bo`yicha professor T.Sh.Shodievning maktablarini tilga olish diqqatga loyiqdir. 
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada axborotlashtirish jarayonini 
tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 
dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo`mitasi (FTDQ) qoshida axborotlashtirish bo`yicha bosh 
boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlari 
doirasida O`zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo`naltirilgan bir 
qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va ma`lumotlar bazasi 
uchun dasturlarni xuquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir. 
O`z FTDQ ning davlat patent idorasida 1995 yil sentabridan EHM va ma`lumotlar bazasi uchun 
dasturlarni huquqiy muhofazalash usuli bo`yicha agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy ma`lumotlar, 
shuningdek to`liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro`yxatdan o`tkazadi. 
1994 yil dekabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasining 
axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo`yilgan 
masalalar quyidagilardan iboratdir: 
-milliy axborot - hisoblash tarmog`ini yaratish; 


-axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy meoyoriy hujjatlarni yuritish; 
-axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish; 
-informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish; 
-axborot texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash; 
-informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish. 
Konsepsiyaning asosiy qoyidalari hisobga olingan “O`zbekiston Respublikasining axborotlashtirish 
dasturi” ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni o`z ichiga oladi: 
a) milliy axborot - hisoblash tarmog`i; 
b) EHM ni matematik va dasturiy ta`minlash; 
v) shaxsiykompyuter. 
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustuvor yo`nalishi quyidagilardan iborat: 
-davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari; 
-elektron ma`lumotlar bazasi; 
-fan-texnika axboroti (FTA) tarmog`i; 
-ta`lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va soliqni saqlash sohalari axborot 
tizimlari; 
-ma`lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari; 
-favqulodda holatlarining oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari. 
Mazkur dasturda vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog`ini 
yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot
texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me`yoriy-uslubiy va 
huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. 
Milliy axborot hisoblash tarmog`i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o`rnatilgan 
qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega 
axborothisoblash tarmoqlari
 
mujassamlashganligini 
o`zida 
namoyon 
etuvchi 
ochiq 
tizim 
sifatida 
yaratilishi 
lozim. 
Yuqorida ko`rsatilgan muammolarni bir necha bosqichida hal etish ko`zda tutilmoqda. Birinchi 
bosqichda milliy tarmoqlar o`zagini tashkil etuvchi asosiy davlat muassasalari axborot tizimi va 
tarmoqlarni yaratish ko`zda tutilgan. Bu tizimlarga asosiy talab: yuqori malakaliy ekspertizadan o`tgan 
loyihadan mavjudligi; yuqori sifatli litsenziyali dasturiy vositalar va zamonaviy kompyuter texnikasi 
mavjudligi; ochiq tizimlardagi o`zaro amaldagi xalqaro standart va qoidalardan foydalanishi. 
Ikkinchi bosqichda milliy tarmoqlar o`zagini davlat tashkilot va muassasalarida yaratilgan axborot 
tizimlarida integratsiyasi amalga oshiriladi. 
Uchinchi bosqichda tarmoqqa boshqa idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari
ilmiy markazlar va hokazolar ulanadi. 
O`zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlanish uchun talay intellektual imkoniyat 
va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari, ishlab chiqarish 
korxonalari va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta`minoti, axborot tizimlari 
bo`yicha malakali kadrlar ishlamoqda. 
1.2.Axborot 
tushunchasi, 
axborotning 
xususiyati 
axborotning 
asosiy 
tavsifi. 
Informatika keng ma`noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va 
telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog`liq fan, texnika va 
ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o`zida namoyon etadi. 
Informatikani tor ma`noda o`zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar 
(software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O`z navbatida
informatikani ham umuman, ham qismlari bo`yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog`i, fundamental 
fan, amaliy fan sohasi sifatida ko`rib chiqish mumkin. 
Nazorat uchun savollar: 
1.Ахbоrоt tехnоlоgiyalаrning rivоjlаnish tаriхi hаqidа nimаlаrni bilаsiz? 
2.Zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining qo`llаsh sоhаlаri vа ulаrning ахbоrоtlаshgаn jаmiyatdаgi o`rni 
qаndаy? 


3.Ахbоrоtlаshtirishning kоntsеptuаl аsоslаri nimа? 
4.Ахbоrоtlаshtirishning dаsturiy shаkllаri vа ilmiy-mеtоdik аsоslаri qаndаy? 
5.Mоdеllаshtirish jаrаyoni nimа vа u kоmpyutеrdа qаndаy pаydо bo`lgаn? 
6.Ахbоrоtlаrni to`plаsh, uzаtish, sаqlаsh vа qаytа ishlаshning umumiy usullаri qаndаy? 
7.Ахbоrоtlаrni kоdlаshtirish dеgаndа nimаni tushinаsiz? 
8.Kоmpyutеr dаsturlаri vа ulаrning ахbоrоtlаrni qаytа ishlаsh jаryonidаgi o`rni hаqidа gаpirib bеring? 
9.Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini joriy qilinishining hozirg 

Download 157.1 Kb.




Download 157.1 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo`llash fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

Download 157.1 Kb.
Pdf ko'rish