• II. Qaytarma manjetli yengga ishlov berish
  • Chizma Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi I. Ostki va ustki adip bilan yaxlit bichilgan yoqaga ishlov berish




    Download 100.02 Kb.
    bet2/3
    Sana13.05.2023
    Hajmi100.02 Kb.
    #59148
    1   2   3
    Bog'liq
    3-modul-27-dars-ayollar-koylagini-tikish-
    Mustaqil ishlar mavzulari(2), 0, kredit foiz stavkasi, Axborot xavfsizligini ta’minlashning g’oyaviy-nazariy asoslari, Шодмонкулова Нигора, sinf burchagi11, ona tili majburiy, test tikuvchi, 400910860082287092902079001 18.06.2022 18:11:38, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 3, f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 2, Yakuniy davlat imtihoni bayonomasi, yakuniy, qurilish-korxonalarida-sifat-menejmenti-tizimini-joriy-qilish-davr-talabi

    Chizma


    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I. Ostki va ustki adip bilan yaxlit bichilgan yoqaga ishlov berish


    1.1. Adip bilan yaxlit bichilgan yoqaga yelimli qotirma yopishtirish.

    Dazmol



    Adip bilan yaxlit bichilgan yoqaning teskari tomoniga qotirmani kleyli tomonini, chetki qirqimlariga 0.5-0.7 sm yetkazmay namlangan mato yordamida dazmollab yopishtiriladi.

    1.2. Adip bilan yaxlit yoqa o’rta qirqimlarini biriktirib tikish va dazmollash.

    UM, dazmol



    Adip bilan yaxlit bichilgan yoqa o’ngni o’ngiga qo’yib ziylarini to’g’rilab, ziylardan 0.7 sm chok haqi bilan biriktirib tikiladi va orasi yorib dazmollanadi.

    1.3. Ostki yoqa o’rta qirqimlarini biriktirib tikish va dazmollash.

    UM



    Ostki yoqa o’ngini o’ngiga qo’yib ziylari to’g’rilanib 0.7 sm chok haqi bilan biriktirib tikiladi va orasi yorib dazmollanadi.

    II. Qaytarma manjetli yengga ishlov berish


    2.1. Manjet yon tomonini biriktirib tikish

    UM




    Yaxlit bichilgan manjet o’ngini ichkariga qaratib yon tomoni 0.7 sm chok haqi kenglikda biriktirib tikiladi.

    2.2. Manjet chokini dazmollash

    Dazmol



    Manjet yon tomon choklarining orasini ochib teskari tomondan namlangan mato orqali dazmollanadi.

    2.3. Manjetni o’ngiga ag’darish va dazmollash

    Dazmol



    Manjet burchaklari to’g’rilanib o’ngiga ag’dariladi va ikki bukib dazmollanadi.

    2.4. Yeng qirqimlarini biriktirib tikish

    UM



    Yengning o’ngi ichkariga qilib bukilib ziylari to’g’rilanib 1.0 sm chok haqi kengligida biriktirib tikiladi.

    2.5. Yeng chokni dazmollash.

    Dazmol



    Yengning tikilgan chok haqi bir tomonga qaratib teskari tomonidan namlangan mato orqali dazmollanadi.

    2.6. Yeng chok haqi qirqimlarini yo’rmalash

    MM



    Yengning dazmol qilingan chok haqi qirqimlari maxsus mashina yordamida yo’rmalanadi.

    2.7. Manjetni yeng uchlariga tikish

    UM



    Manjet yengning teskarisiga qo’yib chokini yeng chokiga to’g’rilab to’g’nog’ich yordamida to’g’naladi. Qirqimlarini qirqimlariga to’g’ri keltirib ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ich olib tashlanadi. Universal mashinada 0.7 sm chok haqi kengligida tikiladi.

    2.8. Manjet yeng uchlariga tikilgan chokni dazmollash

    Dazmol



    Manjet yeng uchlariga tikilgan chokdagi ko’klash iplari olib tashlanadi. So’ngra choklar yeng tomonga yotqizib dazmollanadi.

    2.9. Manjet yeng uchlariga tikilgan chokni yo’rmalash






    Manjet yeng uchlariga tikilgan chok haqi qirqimlari bitta qilib maxsus mashinada yo’rmalanadi.

    2.10. Chok haqini yeng tomonga bostirib tikish

    UM




    Manjet yeng uchlariga tikilgan chok haqini yeng tomonga bukib biriktirma chokdan 0.1-0.2 sm masofada yengga bostirib tikiladi.
    Qaytarma manjetni yenglar chokiga yashirin qaviqda qaytarib manjetni tepa ziyidan 0.5 sm da tikiladi.

    2.11. Yeng o’miziga burma uchun bahyaqator yuritish

    UM



    Tayyor bo’lgan yengning o’miz qirqimlaridan 0.5 sm ichkaridan 1-bahyaqator yuritiladi. Bu bahyaqatordan 0.5 sm ichkaridan 2-bahyaqator tikiladi. Ikkala bahyaqator orqali burmalar tekislanadi.

    Download 100.02 Kb.
    1   2   3




    Download 100.02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chizma Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi I. Ostki va ustki adip bilan yaxlit bichilgan yoqaga ishlov berish

    Download 100.02 Kb.