.
MAVZU: BANK FAOLIYATI AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT
TIZIMLARI .
Reja.
1.Bank axborot tizimlari.
1.1. Banklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy
ta’minlanishi
1.2. Bank xizmatlari orqali axoliga sifatli xizmat ko`rsatish usullari .
.
Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan
moliyaviy institutdir. O`zbеkiston Rеspublikasi bank tizimining bosh maqsadi
jahon talabiga mos kеluvchi, rivojlangan milliy krеdit tizimiga ega bo`lish,
xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali
taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va
yashash sharoitini yaxshilashga erishish. Bank axborot tizimi (BAT)-
moliyalashtirish va kreditlashning belgilangan shartlariga muvofiq nazorat
qilinadigan resurslarni o'zlashtirish, qaytarish va muvozanatlash vositasi bo'lgan
yagona dasturiy-texnologik kompleks hisoblanadi. Bank axborot texnologiyasi -
hisoblash texnikasidan foydalangan holda boshqaruv qarorini tayyorlash, qabul
qilish va amalga oshirishni ta'minlash maqsadida ma'lumotlarni to'plash, ro'yxatga
olish, uzatish, saqlash va qayta ishlash usullari asosida bank axborotlarini qayta
ishlash jarayoniga aytiladi. Mujassamlashgan bank avtomatlashtirilgan axborot
tizimlari (BnAAT) mablag’ kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo’yicha
nazorat qilinadigan mablag’larni o’zlashtirilish, qaytarilish va muvofiqlashtirilishni
jadallashtirish vositasi bo’lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat
bo’ladi.
Mijozlar o‘z pul mablag‘larini bankka ishonib topshirar ekan bankka
quyidagi asosiy talablarni qo‘yishlari mumkin: - Pul mablag‘larini ro‘yxatga kiritish
va bankda bo‘lgan davrda ulardan hisobot olib turish. - Pul mablag‘larini saqlash
javobgarligini ta'minlanishini talab qilish. - Pul mablag‘lari holati va ulardan
foydalanishda olib borilayotgan moliya-pul operatsiyalariga oid axborotlar
konfedinsialligini ta'minlash. Hozirgi davrda vujudga kelgan bank industriyasining
rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va mijoz mablag‘larini jalb qilish kabi
oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini
beradi. Ayni damda bankning moliyaviy xizmatlari borasida uning samarali
faoliyatini ta'minlovchi asosiy omillar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin -
xizmatlar taqdim etish ko‘llami; - bank safarbarlik darajasi: o‘rab turgan moliyaviy
sharoit muhit o‘zgarishiga adekvat reaksiya tezligi, ya'ni bank faoliyatini
zamonaviy biznesga yo‘naltirish imkoniyati - 4 ma'lum vaqtdagi tashqi omillar
o‘zgarishidagi faoliyati, bu vaqt davomida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar dolzarbligini
saqlab qoladi; - bozorda keng ishtirok etish (geografik) tarqalganlik. Bunda har bir
gegrafik regionda bank muassasasining jismoniy qatnashishi ko‘zda tutilmaydi;
bankni masshtabliylik darajasi: bank o‘zining o‘tkazish qobiliyatini qo‘shimcha
investitsiyalarga qanchalik kattalashtira oladi, yoki bankni o‘z biznes faoliyatida
qanday minimal chegaralarda mumkin bo‘lgan rentabellik darajasini saqlay oladi; -
bankni boshqarish darajasi: har bir real vaqt mobaynida resurslarni adekvat
baholash va muhim strategik (uzoq muddatli) yoki tezkor ( qisqa muddatli)
masalalar yechimlari uchun ularni mobilizatsiya, rekonstruksiya qilish; bank va
moddiy komponentlar uchun sharoitlar yaratish, rivjlantirish, xizmat ko‘rsatish va
bankni quvvatlashga hamma chiqimlarini hisobga olgan holda bank xizmatlari
tannarxini raqobatbardoshligini oshirish. Bank tizimidagi axborot arxitekturasining
asosiy komponentlarini tuzilishi.
Axborot texnologiyalari portfeli - kompyuterlar, dasturiy ta'minot, tarmoq
va tizim quvvatlovchilariga investitsiyalar haqida eng samarali yechimlarni qabul
qilish instrumentlarini va shu bilan birga tashkilot-muassasa darajasidagi
texnlogiyalar uchun nazorat-kuzatuv va samarali ijroiy rahbarlik uchun talab
qilinadigan, jamlangan tabiiy mavjud axborotlarni, xulosalarni o‘z ichiga oladi.
Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalarini quyidagi Bankni
atomatlashtirish qo‘mitasi (BAQ) Bank tizimining asosiy komponentlari Axborot
texnologiyalari portfeli Bankni boshqa aktivlari kabi axborot texnologiyalarini
boshqarishga va umumiy tavsiflariga “Axborot texnologiyalari portfeli” (ATP) deb
ataladi. Axborot texnologiyalari portfelining asosiy komponentlarini shartli
ravishda to‘rtta asosiy toifalarga bo‘lib qarash mumkin: 1. Bankda biznes
faoliyatini ta'minlash. 2. Banklararo resurslarda - davlat ichidagi elektron to‘lovlar
tizimi, SWIFT davlatlararo va banklararo elektron to‘lov tizimi, plastik
kartochkalarni qo‘llagan holda chakana elektron hisoblar banklararo tizimi. 3.
Korxona umumiy faoliyatini quvvatlovchi tizimlar. 4. Bank infratuzilmasiga ta'luqli
tizimlar. 5 Asosiy qism 1. Bank axborot tizimlari Bankning avtomatlashtirilgan
axborot tizimining texnik ta’minoti. BnAATni texnik ta’minlash jarayonlarida bank
texnologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida
qurilishlari kerak. Ularga: aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositalari,
ko’p mashinali majmualar, «mijoz-server»ning arxitekturasidan foydalanish,
mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo’llash, apparatli yechimlarini
unifikatsiyalash kiradi.
«Mijoz-server»
arxitekturasi
banklarning
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qurilishidagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi
bo’ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ishlab chiqishni
mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o’rtasida
taqsimlanishini ko’zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompiyuterlarda
bajariladi. 2-rasm. «Mijoz-server» arxitekturasi 1.1.Banklarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minlanish Bank faoliyatida ko`plab
dasturiy ta`minotlarni uchratishimiz mumkin har bir dasturiy ta`minot o`z
modullariga ega bo`lib, ularda barcha bo`lim xodimlari birgalikda ishlab faoliyat
yuritishadi. Misol sifatida ba`zilarini keltirib o`tamiz: iABS, NSI, Globus, ASBT, e-
Personal. Bankni avtomatlashtirishning asosiy natijalaridan biri uning boshqarilish
darajasini sifatini oshishi bo`lishi kerak. Bu vazifaning yechimi butun bank
jarayonlarini modellar va iqtisodiy matematik usullardan foydalanish bilan
birlashtiruvchi to`liq integratsiyalangan tizimini ishlab chiqish yotadi. Haqiqatdan
ham, faqat ana shunday tizim bankda mavjud bo`lgan barcha vazifaviy va
axborotli aloqalarni xuddi shu dinamikada aks ettiradi va boshqa holatning ko`p
ekspertli ko`rinishini shakllantirishga imkon beradi. Tizimning ochiqligi unda
rivojlanish va zamonalashtirish uchun vositalar, CASE-vositalar, tashqi tadbirlar,
so`rovlar generatorlari, ma’lumotlarning importeksport tadbirlarining mavjudligini
ko`zda tutadi.
O`zgarishlar kiritishga ehtiyoj bankda yetarligi ko`proq vujudga keladi.
Ammo zamonaviylashtirishni amalga oshirish uchun ishlab chiquvchi firmani jalb
qilish hamma vaqt ham mumkin bo`lmaydi. 6 Bank tizimi axborot ta'minoti
to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu tizim ma'lumotlari bazasi quyidagilardan
tashkil topadi: - tijorat banklari hisobotlari ma'lumotlar bazasi (MB); - tijorat
banklari operatsion bazasi(OB); - tilla va valyuta zahiralari bo‘yicha ma'lumotlar
bazasi; - bank tizimini kadrlar bilan ta'minlash ma'lumotlar bazasi; - Markaziy bank
hujjat aylanishi tezkor ma'lumotlar bazasi; - tizim administratori ma'lumotlar
bazasi; - soliq tashkilotlarida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni ro‘yxatga oluvchi
ma'lumotlar baza; - xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari byudjet va nobyudjet fondlari
bilan o‘zaro munosabatlari ma'lumotlar bazasi; - yagona ma'lumotnoma; - import
va eksport bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi bitimlari ma'lumotlar bazasi; -
avtomobil vositalarini davlat ro‘yxatiga oluvchi ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar
bazasi; - ichki ishlar vazirligining fuqarolar pasportlari bo‘yicha ma'lumotlar bazasi;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha adliya vazirligi
ma'lumotlar bazasi; - mahalliy ijro etuvchi hukumat tashkilotlaridagi xo‘jalik
yurituvchi sub'yektlarning ro‘yxatga oluvchi ma'lumotlar bazasi va boshqalar.
Avtomatlashtirilgan bank tizimlarining (ABnT)lari o`z xizmatlarining keng, turli-
tumanligi bo`yicha mijozlarga tez va sifatli xizmat ko`rsatishga imkon beradi.
Tizimning asosiy xizmat modullari quyidagilarni amalga oshiradi:
• yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko`rsatish;
• bank-korrespondentlari schyotlari bo`yicha xizmat ko`rsatish;
• kredit, depozit, valyuta operatsiyalari;
• xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo`yicha operatsiyalar;
• fond operatsiyalari;
• plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar;
• buxgalteriya vazifalari;
• tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqalar. Oxirgi avlod
ABnT «mijoz-server» arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga suyanadi.
Bankning operatsiya kuni dasturiy-texnologik majmua sifatida bank hisobining eng
ko`p mehnat talab kiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi 7 Operatsion kun
modullarining tarkibi. Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo`yicha barcha
operatsiyalar to`lov hujjatlari bo`yicha amalga oshiriladi, shaxsiy schyotdan
ko`chirma esa har bir “Yuridikshaxslargaxizmat ko’rsatish” tizimchasi
“Xususiyshaxslargaxizmat
ko’rsatish”
tizimchasi
“Ma’muriyhujjataylanishi
vaxodimlarhisobiniolibbor ish” tizimchasi “Filiallarniboshqarish” tizimchasi
“Xo’jalikoperatsiyalarinirejalashtirishvatahlili” tizimchasi “Xorijiyvalyutabilanopera
tsiyalar” tizimchasi “Tahlilvarejalashtirish” tizimchasi “Korrespondentschyotinio
libborish” tizimchasi “Bankningoperatsiya kuni”
Kirishning
telekommunikatsionmuhiti
Filial
Bank-korrespondent
Uzoqmasofadagimijoz buxgalteriya yozuvlarini aks ettiradi. Majmua shaxsiy
schyotlar bo`yicha (hujjatlarning rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlari
bo`yicha) mablag`larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiradi.
Kassa hujjatlarining harakati o`ziga xos xususiyatlarga ega, ulardan asosiysi
bankning boshqa xizmatlari bilan aloqasidir. Bu xususiyat ichki buxgalteriya
yozuvlari uchun ham xosdir. Bunday tizimda schyotlarning rejasi, bank shaxsiy
schyotlarining katalogi, bank mijozlarining katalogi olib beriladi, balans chiqariladi,
xizmatiy server vazifalari bajariladi. Filiallar faoliyatining hisobi bo`yicha majmua
filialning hisobxonasi va boshqa bo`limlaridagi ish joylarini avtomatlashtirishga
mo`ljallangan. «Bankfiliallar» darajasida filiallardan olingan axborotlarni yig`ish,
ishlab chiqish va tahlil qilish, barcha filiallar o`rtasidagi hisob-kitoblar
avtomatlashtiriladi. Shu bilan birga, bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini
kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga «е-вanking» - dasturi xizmat
ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni borgan sari ortib
bormoqda. Hozirgi davrda bankjarda “Internet banking”, “E- banking”,
“GRMtizimlari”,
“SMSbanking”
va
boshqa
ko`pgina
texnologiyalardan
foydalanilmoqda. Markaziy bankning «Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida
amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing
tizimi bilan integrallash» loyihasi ishlab chiqildi. Kliring tizimini yaratishdan
maqsad unga tijorat banklari filiallari, kassalari va O‘zbekiston banklari
assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona umumrespublika Protsessing markazini ulagan
holda, jismoniy shaxslarga soliqlar 8 va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek,
kommunal xizmatlar va mobil aloqa operatorlari uchun to‘lovlarni real vaqt
rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bundan tashqari,
mazkur tizim mijozlarga kechayu-kunduz bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat
ko‘rsatish va bank infokiosklari orqali ishlash imkoniyatini beradi. Мazkur
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hisobkitoblar kliring axborot dasturiy
majmuasining loyihasi ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda Markaziy
bank huzurida Hisobkitob banki tashkil etilib, bank mijozlarining majburiyatlari
bo‘yicha banklarning vakillik hisobvaraqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri debetlash
mexanizmi yaratildi va Yagona umumrespublika Protsessing markazi bilan o‘zaro
faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu bosqichni belgilangan muddatda bajarilib, hozirgi
kunda barcha bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha
yakuniy hisob-kitoblar. Markaziy bank hisob-kitoblar Kliring tizimining banklar va
xizmat ko‘rsatuvchilar bilan o‘zaro munosabatlar sxemasi1 1.2.Bank xizmatlari
orqali axoliga sifatli xizmat ko`rsatish usullari Bankomatlarni yaratadigan juda ko'p
kompaniyalar bor. NCR, Diebold, WinCor, Nautilus ... Ushbu kompaniyalarning har
biri bankomatning ko`rinishi va ishlash prinsipi haqidagi o'z fikrlariga ega.
Umuman olganda, barcha bankomatlarni uchta yirik guruhga bo'lish mumkin:
1. Klassik bankomatlar - Faqat naqd pulga mo'ljallangan qurilmalar.
2. Cash-in bankomatlar - Ushbu qurilmalar nafaqat pul chiqarishga, balki
pulni qabul qilishga ham imkoniyat beradi.
3. Recycle bankomatlar - Eng zamonaviy asboblar bozorida faqat yaqinda
paydo bo'ldi.
Ular Cash-in bankomatlarining yanada rivojlangani. 1 Markaziy bankining
hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risidagi hisoboti Bankomatlar, aslida dasturiy
jihatdan unga bog'langan tashqi qurilmalar bilan bog`langan oddiy kompyuter
hisoblanadi. Avval bankomatlar OS / 2 operatsion tizimi asosida o'rnatilgan.
Ammo Windows oilasining kelishi bilan ushbu operatsion tizimlarga o'tish urf
bo'ldi. Shu bilan birga, tizimlarning bir nechta variantlari mavjud: Windows NT dan
Windows 8 gacha. Albatta, bankomatlarda juda ko'p maxsus dasturiy ta'minotlar
o'rnatilgan: tashqi 9 qurilmalari drayverlari, maxsus bank dasturlari va boshqalar.
Ko'plab turli xil protsessor markalari tufayli bunday dasturlarning bir nechta turlari
mavjud. Lekin ular ham quyidagi vazifalarga ega:
1. Bankning qayta ishlash markazi bilan barqaror aloqani ta'minlash;
2. Shifrlash;
3. Tegishli ma'lumotni uzatish (karta raqami, PIN blok, tranzaktsiyaning turi
va miqdori va boshqalar);
4. Javobni qayta ishlash Bankomat tegishli bo'lgan kategoriyadan qat'iy
nazar, uni ikki qismga ajratish mumkin: Texnik blok quyidagilarni o'z ichiga olishi
kerak: 1. Plastikni qabul qilish; 2. Ekran; 3. Ekran tugmalari; 4. Chop etishga
printer; 5. Dinamik; 6. Klaviatura; 7. Banknotani chiqarish; 8. Banknotani qabul
qilish. Bankomatning texnik blok qismi Bankomatning texnik tuzilishi Chop etishga
printer Ekran tugmalari Ekran Banknotani chiqarish Plastikni qabul qilish Dinamik
Klaviatura Banknotani qabul qilish 2.Mamlakat bank tizimida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati Bugungi kunda har bir
kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo‘luvchi
yangiliklarga boy bo‘lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal
sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘idan biri
hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborotkommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda.
Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda
ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun
talabidir. Endilikda an’anaviy bank xizmatlari o‘rnini to‘la egallayotgan 10
zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat
va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari
mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari
oshirilishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov Mamlakatimizni 2015-
yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganlaridek, — «Bugungi sharoitda,
internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi
faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir. Jahon tajribasi
shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va
telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab
chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga
olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora
ortib bormoqda». Zero, keyingi yillarda O‘zbekiston bank tizimida izchil va aniq
maqsadli islohotlar olib borilmoqda, chora-tadbirlar, bank-moliya xizmatlarini
ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir bir qator qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbeki-ston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi
«O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1989-sonli Qarori bilan Markaziy
bankning «Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini
yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash» loyihasi
respublika «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari tarkibiga kiritildi. Shu
munosabat bilan respublikamizda naqd pulsiz chakana to‘lovlarning amalga oshi-
rilishida jismoniy shaxslar va ulardan to‘lovlarni qabul qilib oluvchi tomonlar
o‘rtasida hisobkitoblarning zamonaviy samarali tizimini tashkil etish maqsadida,
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi
to‘g‘risida»gi Nizom ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank
Boshqaruvining 2014-yil 11 21-fevraldagi 4/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan holda
Adliya vazirligida 2014- yilning 4-aprelida 2570-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.
Ushbu Nizom talablari respublikamizda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan
Kliring tizimi orqali milliy valyutada naqd pulsiz chakana to‘lovlarni amalga
oshirishga nisbatan tatbiq etiladi. Kliring tizimini yaratishdan maqsad unga tijorat
banklari filiallari, kassalari va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona
umumrespublika Protsessing markazini ulagan holda, jismoniy shaxslarga soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek, kommunal xizmatlar va mobil aloqa
operatorlari uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyatini
yaratishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur tizim mijozlarga kechayu-kunduz
bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish va bank infokiosklari orqali
ishlash
imkoniyatini
beradi.
2.1Tijorat
banklari
tomonidan
axborot
texnologiyalarini qo‘llaganilishi. Мazkur O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Hisob-kitoblar kliring axborot dasturiy majmuasining loyihasi ikki bosqichda
amalga oshirildi. Birinchi bosqichda Markaziy bank huzurida Hisob-kitob banki
tashkil etilib, bank mijozlarining majburiyatlari bo‘yicha banklarning vakillik
hisobvaraqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri debetlash mexanizmi yaratildi va Yagona
umumrespublika Protsessing markazi bilan o‘zaro faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu
bosqichni belgilangan muddatda, ya’ni 2013-yil 16-sentabrda bajarilib, hozirgi
kunda barcha bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha
yakuniy hisob-kitoblar Markaziy bankning Kliring tizimi orqali amalga
oshirilmoqda. Shu bilan birga, huquqiy asoslarni belgilab berish maqsadida
«O‘zkart banklararo chakana to‘lov tizimi faoliyati to‘g‘risida»gi Nizomga (ro‘yxat
raqami 2369, 2012-yil 30-may) tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Hozirgi kunda bank
kartalari bilan ushbu tizim orqali amalga oshirilgan o‘rtacha oylik tranzaksiyalar
summasi 2,14 trln. so‘mga yetdi. Ikkinchi bosqichda 2013-yilning 4-choragi va
2014-yilning 1-choragi davomida Markaziy bankning Kliring tizimi bilan Davlat
soliq qo‘mitasi axborot tizimi, shuningdek, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati
hamda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyalarining billing tizimlari integratsiya
qilingan holda soliq va 12 boshqa majburiy to‘lovlar, elektr energiya va gaz
iste’mol uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Markaziy bank Kliring tizimi orqali ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2015-yil davomida
jami amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 603,43 mlrd. so‘mni tashkil qildi,
jumladan, «O‘zbekenergo» uchun to‘lovlar 235,61 mlrd. so‘m (39 foiz),
«O‘ztransgaz» bo‘yicha to‘lovlar 227,22 mlrd. so‘m (37,6 foiz), Soliqlar bo‘yicha
to‘lovlar 134,45 mlrd. so‘m (22,3 foiz), shuningdek, boshqa xizmatlar bo‘yicha
to‘lovlar 6,15 mlrd. so‘mni (1,1 foiz) tashkil etdi. Markaziy bank Kliring tizimi orqali
2015-yil mobaynida o‘rtacha bir oylik tranzaksiyalar soni 590 mingtani,
tranzaksiyalar summasi esa 50,3 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Bugungi kunda
«Suvsoz» DUK, «Maxsustrans» DUK, «Issiqlik quvvati» UK, shuningdek, UCell
mobil aloqa operatori, Net television hamda Perfectum mobile, Uzmobile, UMS
aloqa operatorlari Markaziy bankning Kliring tizimiga ulanib, ushbu xizmatlar
bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Kliring tizimiga
«O‘zbektelekom» AKning korxonalarining billing tizimlarini bosqichma-bosqich
ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 13 Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring
tizimi tomonidan elektron to‘lov hujjatlari va xabarlari bo‘yicha tizim a’zolariga
tasdiqnoma yuboriladi. Tizim a’zolari tomonidan tasdiqnoma olingan vaqtdan
boshlab, kliring tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov yakuniy va chaqirilmas
hisoblanadi. Bank amaliyot kuni davomida amalga oshirilgan kliring sessiyalari
yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobotlar Kliring tizimi a’zolariga yuboriladi.
Markaziy bank hisob-kitoblar Kliring tizimining banklar va xizmat ko‘rsatuvchilar
bilan o‘zaro munosabatlar sxemasi keltirilgan. Markaziy bankning Kliring tizimi
to‘lovlarni o‘tkazish jarayonida Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlari bilan
o‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlab, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga
olishjarayonini avtomatlashtirish va qog‘oz kvitansiyalaridan voz kechish imkonini
beradi. Markaziy bankning Kliring tizimi elektr energiyasi, gaz, kommunal
sohalarida xizmat ko‘rsatuvchilar va internet- 14 provayderlar hamda an’anaviy va
mobil aloqa operatorlarining billing tizimlari bilan o‘zaro aloqani ta’minlagan
holda, bank plastik kartalari va boshqa depozit hisobvaraqlari orqali, chakana
to‘lovlar bo‘yicha real vaqt rejimida o‘zaro hisobkitoblar holatiga asoslanib,
xizmatlar ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. .
|