• Xarajat va foyda
  • Oylik xarajatlar
  • Yetkazib beruvchini qanday tanlash kerak
  • Xodimlar
  • Oʻz biznesingizni qanday reklama qilish kerak
  • Mavzu: Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish




    Download 434.34 Kb.
    Sana21.04.2023
    Hajmi434.34 Kb.
    #53095
    Bog'liq
    kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish (2)
    Agile Kanban, 3-MAVZU TOPSHIRIQLAR-HSM-FALSAFA (1), 9 variant, 2022-05-05 175802, annostatsiya, E K-68, EK-68, Hakimov Sirojiddin, Ish yuritish tili va uslubi, Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyal, 1., Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli ., Annabayev Rustam Tezis, 3(1)

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    MAVZU: Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish


    Bajardi: 081-22 guruh talabasi
    Xoliqulov Samandar

    TOSHKENT 2023



    Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish


    Spot “Biznes gʻoya” rukni ostida oʻz daromadli faoliyatini boshlamoqchi boʻlganlar uchun zamonaviy biznes gʻoyalarni berib bormoqda.

    Tovuq — bu gʻayrioddiy parranda, har bir kishi undan tuxum va goʻsht orqali daromad olishi mumkin. Shu sababli ham uni yetti xazinaning biri, deyishadi. Bu yoʻnalishni boshlash uchun sizga chuqur bilim, maxsus texnika va katta pul kerak emas.


    Spot ushbu maqolada parrandachilik biznesini tashkil etishga doir koʻrsatmalarni berib oʻtadi. Narxlar oʻrtacha hajmdagi fermer xoʻjaligini tashkil etishga moʻljallangan boʻlib, bozorning asl holatidan farq qilishi mumkin.

    Xarajat va foyda


    Zotli parrandalarga dastlabki sarmoyalar $450 boshlanadi. Mahsulotlarga barqaror talab bilan oylik foyda $280 tashkil qilishi mumkin. Sarf qilingan mablagʻlarni qoplash muddati 1,5 oyni tashkil etadi.

    Boshlangʻich xarajatlar: Oʻrtacha taxminiy hisob-kitoblar


    • Uskunalar — $150.

    • Parrandalarni sotib olish — $200.

    • Boshqa xarajatlar — $100.

    Jami — 450 $.

    Oylik xarajatlar


    • Oziq-ovqat — $100.

    • Vitaminli qoʻshimchalar — $30.

    • Boshqa xarajatlar — $40.

    • Transport xarajatlari — $40.

    Jami: $210.

    Hujjat ishlari


    Uy uchastkasidagi kichik tovuqxona qonun boʻyicha shaxsiy yordamchi xoʻjalikka tegishli. Ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazishingiz kerak.
    Xaridorga molingizni olib borishdan oldin laboratoriyada mahsulot sifatini tasdiqlovchi barcha kerakli ruxsatnomalar va hujjatlarni olishingiz talab etiladi.

    Joy tanlash


    Xususiy sektorda kichik tovuqxona qurish qiyin emas. Ehtimol, siz kerakli narsalar va parrandalarni joylashtiradigan alohida hududga ehtiyoj sezmassiz. Bu narsa uchun alohida joy tanlash kerak emas. Muhimi, xonada havo aylanish tizimi, kerakligicha yorugʻlik va qulay sharoit boʻlishi kerak.

    Uskunalar


    Uskunani tanlash siz qanday parranda bilan shugʻullanishni rejalashtirayotganingizga va naslli tovuqlariga eʼtibor berishni xohlayotganingizga bogʻliq. Umuman olganda, sizga quyidagilar kerak boʻladi:

    • Qoʻndoq joylari, tuxumni inkubatsiya qilish uchun uyalar;

    • Yem va suv idishlari;

    • Tozalash buyumlari.

    Agar siz joʻjalarni boqayotgan boʻlsangiz, sizga tovuq inkubatorlari va isitgichlari ham kerak boʻladi. Kichik tovuqxonani tashkil qilish $100−200 dan boshlanadi.

    Yetkazib beruvchini qanday tanlash kerak


    Tovuqlarni tayyor sotib olish pulni tejashning yaxshi usuli, chunki bu yerda baʼzi bir nyuanslar bor. Joʻjalar maxsus sharoit va eʼtiborga muhtoj, agar siz ularni toʻgʻri parvarishlay olmasangiz, zarar koʻrasiz. Shuningdek, notoʻgʻri jinsdagi tovuqlarni olish xavfi mavjud, keyin ularni koʻpaytirish haqida gap boʻlishi mumkin emas.
    Tuxum qoʻyadigan tovuqlar don va duch kelgan ozuqani yeydi. Ammo vaznni oshirish uchun sizga vitaminli qoʻshimchalar kerak boʻladi. Bir parranda uchun oylik xarajat koʻplab omillarga, masalan: ularning soni, mavsum va sizning biznes rejalaringizga bogʻliq.



    Xodimlar


    Agar ferma kichik boʻlsa, unda siz yoki oilangiz parrandalarni parvarish qilish bilan shugʻullanishi mumkin. Agar tovuqxonangiz shaxsiy yordamchi xoʻjalikdan kichik parrandachilik fermasiga aylansa, xodimlar yollashingiz kerak boʻladi.

    Oʻz biznesingizni qanday reklama qilish kerak


    Agar siz shahar yaqinida yashasangiz, u yerda mijozlarni qidirish bir muncha osonroq. Shahar aholisi fermerning mahsulotini qadrlaydi.
    Qulaylik sifatida mahsulotlarning ekologik tozaligiga eʼtibor berish lozim, shuningdek, narx masalasida boshlanishiga biroz arzonroq summani taklif etish kerak. Shundan soʻng tezda auditoriyaga ega boʻlinadi va doimiy mijozlarga orttiriladi (B2B).
    Download 434.34 Kb.




    Download 434.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Biznes gʻoya: kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish

    Download 434.34 Kb.