Vitaminlar haqida umumiy tushuncha




Download 33,04 Kb.
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi33,04 Kb.
#102205
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarda vitaminlar yetishmovchiligining oqibatlari. Rej

Vitaminlar haqida umumiy tushuncha.
Vitaminlar haqidagi talimot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmogidir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yoglar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar.. Lekin amaliyot va tajribalarning korsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va osishi uchun bu moddalarning ozi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir boladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bolgan. Yapon shifokori K.Takaki gosh, sut va yangi sabzavotlarda beri-beri kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi beri-beri kasaliga oxshagan turining rivojlanishini korsatib bergan. K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sogayishini kuzatgan. Bu malumotlar asosida guruch postlogida davolash xususiyatiga ega bolgan nomalum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch postlogida odan organizmidagi normal hayotni taminlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.
Vitaminlar haqidagi talimotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bogliqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bolgan almashtirib bolmaydigan qandaydir nomalum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bolib kristall holda ajratib olingan beri-beri kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va oz tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu nomalum moddalarni Vitaminlar deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning kopchiligi ozining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham vitaminlar deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bolinadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga oxshaydi, lekin odatda kop miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning ozi vitamin bolib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz chochqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning toqimalarida sintezlanadi. Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari kop vitaminlarni ozlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.
Vitaminlar istemol omillari bolib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi kopincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bolmasligi yoki ularning organizmda hazm bolishi buzilishi bilan bogliqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bolmasligi yoki organizmda ozlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi. Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga otmishdoshlar shaklida – provitaminlar korinishida boladi va ular toqimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi. Ichaklarda sorilganda otgan yogda eruvchi vitaminlar toqimalarda toplanadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan boglangan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bolganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar korinishida chiqarib yuboriladi. Yogda eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak. Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) korinishlarida namoyon boladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bolishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil osimlik tabiatiga ega bolgan ovqat mahsulotlarini istemol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. Toqimalarda vitaminlarning ortiqcha toplanishi gipervitaminoz deb ataladi. U yogda eriydigan vitaminlar uchun xos. Vitaminlar istemol omillari bolib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi kopincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bolmasligi yoki ularning organizmda hazm bolishi buzilishi bilan bogliqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bolmasligi yoki organizmda ozlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi. Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga otmishdoshlar shaklida – provitaminlar korinishida boladi va ular toqimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi. Ichaklarda sorilganda otgan yogda eruvchi vitaminlar toqimalarda toplanadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan boglangan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bolganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar korinishida chiqarib yuboriladi. Yogda eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak. Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) korinishlarida namoyon boladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bolishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil osimlik tabiatiga ega bolgan ovqat mahsulotlarini istemol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. Toqimalarda vitaminlarning ortiqcha toplanishi gipervitaminoz deb ataladi. U yogda eriydigan vitaminlar uchun xos.

Download 33,04 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vitaminlar haqida umumiy tushuncha

Download 33,04 Kb.