• BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA O’RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
  • Mavzu: boshlang‘ich sinf matematika darslarida tanqidiy fikrlashlarni rivojlantirish metodikasi




    Download 32.37 Kb.
    bet1/6
    Sana26.05.2023
    Hajmi32.37 Kb.
    #64999
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    tanqidiy fikrlash
    Kurs ishi, 2-ma’ruza. Bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari. Mavzu rejasi, 15-DMTT, 1653364530, 3- Amaliy mashg\'ulot ZARARLI MODDALARNING TARQALIShI VA RUXSAT ETILGAN TASHLAMA ME\'YORLARINI HISOblaSH I, Топшириқлар варақаси, kimyoviy reaktorlar turlari

    MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHLARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
    REJA
    I.BOB. KIRISH
    II.BOB. ASOSIY QISM
    I BOB. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgarish metodi
    1.1 Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish
    1.2 Oʻlchovning ishonchlilik darajasi ishonchlilik koeffisienti bilan aniqlanadi
    1.3 Tanqidiy fikrlash – oʻquv auditoriyasidagi ruhiyatni oʻzgartira oladigan strategiyalar majmuidi
    II. BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA O’RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    2.1 Tanqidiy fikrlashda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
    2.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.
    2.3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kreativ fikrlashga o‘rgatish
    XULOSA
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    Kirish
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda Boshlang’ich ta’lim Konsepsiyasida ta’kidlanganidek, o’quvchilarni mustaqil, mantiqiy, tanqidiy fikrlashga o’rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo’llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang’ich ta’limining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
    Oʻquvchilarning oʻquv jarayoniga nisbatan qiziqishlarini orttirish, ularning mustaqilligi va faolligini taʼminlash, tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan oʻquv-biluv jarayonini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bu oʻrinda oʻquvchilarning bilimdonligiga erishish, ularning erkin mushohada yuritishlariga koʻmaklashish ehtiyoji avvalambor oʻqituvchilar tomonidan qondirilishi kerak.
    Mavzuning dolzarbligi. Maʼlumki, mavjud ilmiy adabiyotlarda oʻquvchining bilimdonligi, uning mustaqil mushohada qilish koʻnikmalari koʻpincha “aql”, “aqllilik”, “ilmga chanqoqlik” tushunchalari bilan birga ishlatiladi. Ham pedagogik, ham psixologik jihatdan ushbu tushunchalar orasida muayyan farqlar mavjud.
    Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “aql” tushunchasi “bilimdonlik” kabi nisbatan kengroq tushuncha ekanligini taʼkidlab, uning bir qator daraja va sifatini ajratib bergan edi1. Ushbu sifatlarning bir qismi bilimdonlikka ham tegishlidir. Mavzu boʻyicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.
    Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining refleksiv mushohada yuritish tayyorlashning ilmiy-pedagogik va amaliy texnologik jihatlari M.Abdullayeva, A.Nurmanov va boshqalar, aqliy tarbiya muammolari va ularni darslarida amalga oshirish muammolari B.Mirzahmedov, N.Mamadiyorov, A.Abduvahobovlar tomonidan tadqiq etilgan. Shu bilan birga ilmiy manbalar tahlili umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalasi bozor iqtisodiyoti sharoitida toʻlaqonli oʻrganilmagan. J.Hasanboyev, X.Sariboyev, G.Niyozov, O.Hasanboyeva, M.Usmonboyevaning taʼkidlashlaricha, kichik maktab yoshidan oʻtgan bolalar (oʻsmirlik davri 11-12-yosh)da ham oʻqish muhim oʻrin tutadi, ammo talablarning oshishi ayrim holatlarda fanlarni oʻzlashtirishda “pastlashish” holatini keltirib chiqaradi[5]. Demak, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda pedagogik-psixologik uzviylik va uzluksizlikni inobatga olish boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining doimiy diqqat markazida turgan vazifa boʻlishi lozim.

    Download 32.37 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 32.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: boshlang‘ich sinf matematika darslarida tanqidiy fikrlashlarni rivojlantirish metodikasi

    Download 32.37 Kb.