|
-sinf ona tili va o`qish savodxonligi darsligining eski 2-sinf ona tili darsligidan farqi
|
bet | 3/4 | Sana | 10.11.2022 | Hajmi | 38.53 Kb. | | #29746 |
Bog'liq 1-mustaqil ish. O`zbek tili. tayor iqtidorli talaba, 14 -Ma\'ruza HFX, MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO MAHLIYO (2), Muxlisaxon pas, 5555555, Аъзамова Шаҳзода Отақўзи қизи, Список литературы, oliy-ta-lim-tizimida-mustaqil-ta-limni-tashkil-etishning-o-ziga-xos-xususiyatlari, 9-Amaliy mashg, Munisaxon2-sinf ona tili va o`qish savodxonligi darsligining eski 2-sinf ona tili darsligidan farqi.
Boshlang‘ich sinflarda shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi. Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va sheʼrlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat. Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi. Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan .Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urgʻu berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda sheʼrlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan. Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan. Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola maʼlum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi. Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng ogʻriqli muammosi boʻlgan ogʻzaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan sheʼrni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan. Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Maʼlum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan ogʻzaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan taʼlim mazmuni ishlab chiqilgan. Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan
Muloqot maqsadining eksplisit yoki implisit ifodasi hisoblangan illokutiv akt o‘zining badiiy-estetik imkoniyatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Muloqot jarayonida so‘zlovchi yoki yozuvchi oldindan o‘ylangan reja asosida fikr ifodalar ekan,til birliklarini tanlashga alohida mas’uliyat bilan yondashadi. “So‘zlash jarayoni murakkab hodisa bo‘lib,u so‘zlovchidan ko‘p narsalarni talab qiladi. Avvalo,so‘zlash aktini to‘g‘ri sodir etish uchun so‘zlovchi idrok qilayotgan voqelik harakatlarining o‘zaro muvozanatini saqlash lozim”. So‘zlovchining ma’lum bir maqsadga erishishi esa nutqiy vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Tilshunos olim N.Mahmudov to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek, “odatda, kommunikativ vaziyatning uch asosiy unsuri mavjud bo‘ladi, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va mavzu yoki axborot”
Boshlang‘ich ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni tushunish va anglash ko‘nikmasini shakllantirish hamda rivojlantirish masalalari bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Dunyo ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga, ularning fanlardan yaxshi o‘zlashtirishlariga alohida e‘tibor beriladi. Xususan, mamlakatimizda ham bu borada yaxshi o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktab o‘quvchilarining bilimini baholash, ta’lim sifatini oshirish maqsadida hukumatimiz tomonidan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish belgilab qo‘yildi. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash, unda munosib ravishda ishtirok etish uchun maktablarda aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish zarurligi biz o‘qituvchilar oldiga ko‘ndalang masala sifatida qo‘yildi. Bunga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun xalqaro tadqiqotlarning oldingi yillari natijalariga e’tibor berishimiz lozim. Xalqaro tadqiqotlarning so‘ngi 2016-yilgi natijalarini kuzatsak, Rossiya davlati yetakchi bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Rossiya metodiga nazartashlasak, unda ko‘proq ota-onalar bilan hamkorlik masalalariga e’tibor qaratganlarini kuzatamiz. Bunda turli ertak va hikoyalar otaonalar tomonidan o‘qib berilgan hamda farzandlar bilan birgalikda savol-javoblar orqali o‘qilgan matn mustahkamlangan. Bolaning har bir voqeylikka nisbatan bo‘lgan munosabati tinglangan. Keling, eng avvalo,matn hamda o‘quvchilarning matnni tushunish va anglash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi asosiy tushunchalardan biri o‘qish savodxonligiga to‘xtalib o‘tamiz. “Matn (arabcha-yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst) – yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat; bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi” “O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. O‘quvchilar matnlardan turli shakllarda ma’no olishlari mumkin. Ular maktabda va kundalik hayotda o‘quvchilar jamoalarida qatnashish va zavq olish, o‘rganish uchun o‘qiydilar ”
O‘qish savodxonligini oshirish borasida ko‘pchilik olimlar o‘z fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, rus olimasi Kovaleva Galina Sergeyevna boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirgan: “– Axborot matnlarini o‘qishga e‘tiborini kuchaytirish (aniq shaklda bayon etilgan ma‘lumotlar asosida oddiy xulosalar chiqarish qobiliyatini shakllantirish); – Gender xilma-xillikni kamaytirish; – kompyuter bilan ishlashning navigatsion ko‘nikmalarini rivojlantirish (masalan, klaviaturada yozish)”
Boshlang‘ich ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni tushunish va anglash ko‘nikmalarini shakllantirsh hamda rivojlantirishda, eng avvalo, o‘quvchida matn tuzish ko‘nikmasini shakllantirishimiz kerak. Birinchi sinfda, ya’ni savod chiqarish davridanoq dastlab og‘zaki so‘ngra yozma tarzda matn tuzishni o‘rgatish lozim. Bolalarga matn tuzishni o‘rgatish ulardagi quyidagi sifatlarni takomillashtirishga yordam beradi: – atrof – muhit haqidagi tushunchalarning qay darajada shakllanganligini; – fikr yuritish qobiliyatlarini, – axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini; – voqeylikka nisbatan mushohada yuritishni; – munosabat bildirishni; – voqea hodisa haqida xulosa chiqarishga. Bunda bizga turli metodlar, didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar ham yordam beradi. Masalan, turli voqealar tasvirlangan rangli rasmlar juda katta qo‘l keladi. O‘qituvchi tomonidan o‘qish darslarining mustahkamlash qismida yoki uyga vazifa sifatida har bir o‘quvchiga alohida tarzda tayyorlangan suratlar beriladi. Bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda hamda ota-onalarining ko‘maklari yordamida rasmlarga mos ravishda matn tuzishadi. 1-sinfning birinchi yarim yilligida bu mashq og‘zaki tarzda, keyinchalik yozma tarzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi. 2-,3-,4-sinflarda bolalar tomonidan tuziladigan matnlar soddadan murakkabroq ko‘rinishga o‘tib boradi. Ya’ni dastavval ikki, uch gapli matn tuzilgan bo‘lsa,bolaning yoshi, fikr doirasi ortiorishiga qarab matndagi so‘zlar va gaplar hajmi ham, sifati ham ortib boraveradi. Suratlarga qarab matn tuzish bolalarda dunyoqarashning o‘sishiga, adabiyotga nisbatan muhabbatning ortishiga, so‘z boyligining ko‘payashiga, tuzgan matnlariga va o‘qish darslarida matnni tushinish hamda anglash ko‘nikmalarini rivojlanishiga ulkan ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda bolalarga ota-onalarning yordami juda muhim hisoblanadi. Suratga mos gaplarni bir-biriga ulab, moslab yozishda ota-onalarimiz ko‘makdosh bo‘lishi lozim. O‘quvchi matn tuzish jarayonida uni ongli tarzda tuzadi. Har bir so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish unga keyinchalik dars va darsdan tashqari holatlarda duch keladigan matnlarni tub ma‘nosini tushunish hamda anglashga katta yordam beradi.
|
| |