• Сhizmachilik darslarida fazoviy fikrlashning ahamiyati
  • Mavzu: Chizmachilik fanida murakkablashtirish masalalar tizimi Reja




    Download 1.49 Mb.
    bet1/7
    Sana03.06.2022
    Hajmi1.49 Mb.
    #22807
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    gulbaxor tayyorlangan 100 foiz
    zbekistonda-ra-amli-i-tisodiyotni-shakllantirish-sharoitida-ra-amli-tadbirkorlikni-rivozhlantirishning-y-nalishlari, Organik kimyo (A.Abdusamatov, R.Mirzayev, R.Ziyayev), Maqola 1 sinf o\'quvchilarini uzunlik o\'lchov birliklari bilan tanishtirish, Zulfiya, lex, dars ishlanma, “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” fanidan yakuniy baholash savollari11, Statistika-1 mavzu, Marketing savollar, Сотиш сиёсати, 9 mavzu tavakkalchilik (2), 5-практ.занятие, 5-amaliy dars, 3-amaliy dars


    Mavzu:Chizmachilik fanida murakkablashtirish masalalar tizimi
    Reja:

    I . Kirish .


    II .Asosiy qism.
    1.Tutashma haqida ma`lumot
    2.Tutashma,variantlar
    4.Proyeksion chizmchilik va u haqida qisqacha ma`lumot
    5. Proyeksion chizmchilikdan variant va topshiriqlar
    III. Xulosa .
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
    Elektron saytlar ro’yxati.

    Kirish
    Сhizmachilik darslarida fazoviy fikrlashning ahamiyati


    Har bir o`qituvchi oldida, shu jumladan, chizmachilik o`qituvchisi oldida uch masala turadi: nimaga o`qitish, nima uchun o`qitish va qanday o`qitish. Umumiy tarzda bu masalalarga shu fan bo`yicha o`quv dasturi javob beradi.
    Fanning asosiy vazifasi – darslikda bayon etilgan maktabda chizmachilik o`qitishning asosiy shakli, metod, usul va vositalarini o`quvchilarda shakllantirish.
    Mamlakatimizda ulkan texnika o`zgarishlari amalga oshirilmoqda. Biz texnika takomillashtirishlari va yangiliklari guvohi bo`lmoqdamiz. Chizmachilik endilikda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo`lmoqda, chunki biz texnikani egallashga to`la kirishdik, zamonaviy texnika vositalaridan faqatgina shaharda emas, balki qishloqlarda ham keng foydalanmoqda.
    Chizmachilikni o`qitishdagi vazifa faqat o`quvchilarda chizma asboblaridan to`g`ri va unumli foydalanish va chizmachilik texnikasining geometrik asoslarini egallash bo`lmay, balki uncha murakkab bo`lmagan model shakllaridagi chizmalarni o`qish va chizishga o`rgatishdan iboratdir.
    Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizmaga g`oyat katta talablar qo`yilmoqda. Texnikani chizmasiz tasavvur qilish xuddi tovushsiz musiqa yoki so`zsiz adabiyot singari ma’nosizdir.
    Umuman chizmalarni va xususan ishchi chizmalarni o`qishni o`rgatish o`qituvchi tomonidan har tomonlama qiziqtirila borilishi zarur. O`quvchilar tekislikda fazoviy figuralarni tasvirlash tushunchasi va malakasini egallab, bu bilim va malakalarini ongli ravishda boshqa fanlarni egallashda tadbiq etadilar.
    O`quvchilarni chizma va eskizlarni o`qish va chizishga ko`p e’tibor berib, o`quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan birga fazoviy fikrlashni ham faollashtirish zarurligini esdan chiqarmaslik kerak, chunki fazoviy fikrlashni o`rganmay turib, amaliy ishlarni ongli ravishda bajarish mumkin emas.
    O`quvchilar tomonidan tekislikda fazoviy figuralarning shartli tasvirlashlarining asosiy usullarini puxta egallashni yaxshi tushunish imkoniyatini yaratadi, zero chizmachilik xalqaro texnika tili, deb nomlanadi. Chizmachilik, texnika tili bo`la turib, o`quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishining asosiy qonuniyatlarini tushunishda juda katta ahamiyatga ega.

    Maktabda chizmachilikni o`rganishning asosiy vazifalaridan biri, o`quvchilarda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishdir, usiz fazoviy shakllarni fikran tasavvur qilish bilan bog`liq bo`lgan, hatto eng oddiy model chizmalarini erkin o`qish va chizish ancha murakkab bo`ladi. Shuningdek, chizmalarning fazoviy holatini tasavvur qilishning yetarli darajada rivojlangan qobiliyatning yo`qligi, o`quvchilarni o`qitish yo`lida katta to`siq bo`ladi.


    Chizmachilik fanini o`rganish bilan bog`liq holda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish deb ataluvchi masala quyidagi mazmunga ega bo`lishi mumkin:
    O`quvchilarga biror jismning chizmasini yasashga doir va birorta predmetning berilgan chizmasini o`qishga doir o`quv topshirig`ini bajarishda ularga tanish bo`lgan geometrik jismlarning yoki real buyumlarning geometrik shaklini yoki model buyumlarning geometrik shaklini fikran yanada aniq tasavvur qila bilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
    Chizmachilikdan topshiriqlarni bajarish jarayonida fazoviy tasavvurlarning to`plangan fikrlari asosida yangi fazoviy tasvirlarni – tasavvur qilish orqali xayolan yaratish bilan uzviy bog`liqdir.
    Yaqqol ko`rinib turibdiki, yetarli rivojlanmagan fazoviy tasavvurlarsiz o`quvchilarning chizmachilik fanini o`rganish murakkablashadi.

    O`qituvchining chizmachilik fanining murakkab mavzulari bo`yicha o`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik xatolarni yaxshi bilish o`zi uchun ham, o`quvchilar uchun ham dars jarayonini sezilarli ravishda osonlashtiradi. Agar o`qituvchi o`quvchilar yo`l qo`yadigan tipik xatolarni oldindan bilsa, u hamisha ham o`quvchilar tezroq va kam yo`qotishlar(vaqt va sarflanadigan mehnat) bilan murakkab mavzularni oson o`zlashtirishlariga imkon beruvchi metodik usullarni topa oladi.



    Tutashma haqida ma`lumot

    Download 1.49 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Chizmachilik fanida murakkablashtirish masalalar tizimi Reja

    Download 1.49 Mb.