Mavzu: Chizmachilik fanida murakkablashtirish masalalar tizimi Reja




Download 1.49 Mb.
bet3/7
Sana03.06.2022
Hajmi1.49 Mb.
#22807
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gulbaxor tayyorlangan 100 foiz
zbekistonda-ra-amli-i-tisodiyotni-shakllantirish-sharoitida-ra-amli-tadbirkorlikni-rivozhlantirishning-y-nalishlari, Organik kimyo (A.Abdusamatov, R.Mirzayev, R.Ziyayev), Maqola 1 sinf o\'quvchilarini uzunlik o\'lchov birliklari bilan tanishtirish, Zulfiya, lex, dars ishlanma, “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi” fanidan yakuniy baholash savollari11, Statistika-1 mavzu, Marketing savollar, Сотиш сиёсати, 9 mavzu tavakkalchilik (2), 5-практ.занятие, 5-amaliy dars, 3-amaliy dars
Tutashma,variantlar . .Ko‘pincha detallar va boshqa buyumlarda, ularni tashkil qiluvchi sirtlar 
o‘zaro silliq, ravon tutashgan bo‘ladi. Lekin detal va buyumlarning chizmalarini bajarganda ularning konturlari chiziladi. Shu sababdan sirtlar orasidagi 
birlashmalarni chiziqlar orasidagi tutashmalar sifatida ko‘ramiz (12.1-rasm). 
Tutashmani uchta elementi mavjud: tutashma radiusi (R), tutashma markazi (O), 

tutashish (yoki o‘tish) nuqtalari (1).


Tutashma deb bir chiziqning ikkinchi bir chiziqqa bevosita yoki aylana yoyi 
vositasida silliq, ravon o‘tishiga aytiladi.



 

12.1-rasm 



12.2-rasm, a da o‘zaro o‘tkir burchak hosil qiluvchi AB va BC to‘g‘ri 


chiziqlar berilgan. Ularni berilgan R radiusda tutashtirilishi talab qilingan bo‘lsin. 
Buning uchun AB va BC to‘g‘ri chiziqlarga ulardan R masofada parallel 
to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazamiz. Ularning kesishuv nuqtasini O bilan belgilaymiz. O nuqta AB va BC to‘g‘ri chiziqlardan R mm masofada joylashgan nuqta bo‘lib, u tutashma markazi deb ataladi. O nuqtadan AB va BC to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular o‘tkazib, ularda 1 va 2 nuqtalarni belgilaymiz. 1 va 2 tutashuv (o‘tish) nuqtalari deyiladi. Endi O markazdan sirkulda R radius bilan 1 va 2 nuqtani birlashtiruvchi yoyni chizamiz. 
12.2-rasm, b da shu jarayon o‘zaro o‘tmas burchak ABC hosil qiluvchi to‘g‘ri 
chiziqlari uchun bajarilgan. Yasashlar o‘zaro o‘tkir burchak hosil qiluvchi
to‘g‘ri chiziqlar tutashmasidan farq qilmaydi. Bu yasashlarni o‘quvchining o‘ziga havola qilamiz. 
12.2-rasm 
12.2-rasm, c da o‘zaro to‘g‘ri burchak ABC hosil qilgan ikki to‘g‘ri 
chiziqlarni berilgan R radius yoy bilan tutashtirish ko‘rsatilgan. Bu holda yuqorida 
ko‘rsatilgan usuldan farqli o‘laroq, tutashmani faqat sirkul yordamida amalga 
oshirish ham mumkin. 
Burchakning B uchidan tutashma radiusiga teng R bilan yoy chizamiz va 
uning tomonlarini kesgan nuqtalarni 1 va 2 bilan belgilaymiz. Endi radiusni 
o‘zgartirmasdan 1 va 2 markazlardan yoylar chizamiz. Ularning kesishgan O 


47 
nuqtasi tutashmaning markazi bo‘ladi. O markazdan R radius bilan tutashma yoyini 
o‘tkazib yasashlarni yakunlaymiz (12.2-rasm, d). 
12.3-rasm, a da o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa l ga teng m 
va n to‘g‘ri chiziqlarni bitta aylana yoyi yordamida tutashtirish ko‘rsatilgan. 
Bunday holda m va n ga perpendikular to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz. Uning to‘g‘ri chiziqlar bilan kesishgan nuqtasini 1 va 2 bilan belgilaymiz. 12 ga 
bo‘lib O tutashma markazini ayniqlaymiz. O markazdan R=12:2 radius bilan yoy chizib yasashlarni yakunlaymiz.
 
a) 12.3-rasm b) 
Tutashtirilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar ikki yoydan iborat bo‘lib (3.29-rasm, 
b), ulardan biri 1 va 3 nuqtalar orqali, ikkinchisi esa 3 va 2 nuqtalar orqali o‘tadi. 
Shunga ko‘ra 13 va 32 to‘g‘ri chiziq kesmalarini tegishlicha teng ikkiga bo‘luvchi 
va ularga perpendikular bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. 1 va 2 nuqtalardan 
shu m va n to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular bo‘lgan chiziqlar chiqariladi. Bu 
to‘g‘ri chiziqlar tegishlicha o‘zaro kesishib, O va O
1
nuqtalarni hosil qiladi. Bu 
nuqtalar tutashmani tuzuvchi yoylarning markazlari bo‘ladi. O nuqtadan O1 radius 
bilan birinchi yoy, O
1
nuqtadan esa O
1
2 radius bilan ikkinchi yoy chiziladi. Bu 
yoylarning har ikkalasi berilgan 3 nuqta orqali o‘tadi. Agarda tutashma nuqtalari 1 
va 2 ni birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq parallel to‘g‘ri chiziqlarga 45

 burchak ostida 
qiya o‘tgan bo‘lsa, tutashma radiuslari yig‘indisi parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi 
masofaga teng va tutashma yoyi aylananing choragini tashkil qiladi. Yasash usuli 
juda oson. 





Download 1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Chizmachilik fanida murakkablashtirish masalalar tizimi Reja

Download 1.49 Mb.