|
Mavzu: Daraxtsimon malumotlar tuzilmasi
|
Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 96,78 Kb. | | #110650 |
Bog'liq Eshmatov Omadbekning Malumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan
Eshmatov Omadbekning Malumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Daraxtsimon malumotlar tuzilmasi
Reja:
1.Daraxtsimon ko’rinishidagi malumotlar
2.Binar daraxtlarni qurish
3.Xulosa
Uzellar (elementlar) va ularing munosabatlaridan iborat elementlar to’pla-mining ierarxik tuzilmasiga daraxtsimon malumotlar tuzilmasi deyiladi.Daraxt- bu shunday chiziqsiz bog’langan malumotlar tuzilmasiki,u quyidagi belgilar bilan tav-siflanadi:daraxtda shunday biita element borki unga boshqa elementlardan murojat yo’q.Bu element daraxt ildizi deyiladi.Daraxtda ixtiyoriy element chekli sondagi ko’rsatgichlar yordamida boshqa tugunlarga murojat qilish mumkin.Daraxtning har bir elementi faqat o’zidan oldingi kelgan bitta element bilan bog’langan.
Binar daraxtda har bir tugun element ko’pi bilan 2 ta shox chiqadi. Daraxtlarni xotirada tasvirlashda uning ildizini ko’rsatuvchi ko’rsatgich berilishi kerak.daraxtlarni kompyuter hotirasida tasvirlanishiga ko’ra har bir element to’rtta maydonga ega yozuv shaklida bo’ladi,yani kalit maydon information maydon, ushbu element o’rnida va chapida joylashgan elementlarning xotirasidagi adreslari saqlanadigon maydonlar. Shuni esda tutish lozimki daraxt hosil qilinayotganda otaga nisbatan chap tomondagi o’g’il qiymati kichik kalitga , o’ng tomondagi o’g’il esa kata qiymatli kalitda ega bo’ladi.Har safar daraxtga yangi element kelib qo’shilayotganda u avvalambor daraxt ildizi bilan solishtiriladi.Agar element Ildizi kalit qiymatidan kichik bo’lsa ,uning uning chap shoxiga aks xolda o’ng shoxiga o’tadi.Agar o’tib ketilgan shoxda tugun mavjud bo’lsa ushbu tugun bilan ham solishtirish amalga oshiriladi.Aks xolda yani u shoxda tugun mavjud bo’lmasa , bu element shu tugunga joylashtiriladi.
Masalan:daraxt qiymatlar quyidagi qiymatlarga ega bo’lsa 6,21,48,49,52 86,101
1.1-rasm. Binar daraxt ko’rinishi
Natijada O’ng va chap qism daraxtlari bir xil bosqichli tartinlangan binary daraxt hosil qidik.Agar daraxtning o’ng va chap qism daraxtlari bosqichlarining farqi birdan kichik bo’lsa , bunday daraxt idel muvozanatlangan daraxt deyiladi.Yuqori-da hosil qilgan binary daraxtimiz ideal muvozanatlanga daraxtga misol bo’ladi. Daraxtni muvozanatlash algoritmini sal keyinroq ko’rib chiqamiz. Undan oldin binar daraxtni yaratish algoritmini o’rganamiz.
|
| |