• Ma’lumotlarni yozishda o`zgaruvchilardan foydalanish Belgilangan iboralar va ifodalarni ishlatish uchun dastur O`zgarmaslar uchun
  • Sonlarning butun turlari, haqiqiy turlari va ilmiy birliklar +, -, *, /, va % lar ishtirokida operatsiyalar bajarish
  • 1. C++da oddiy hisoblash dasturini yozish
  • Mavzu: dasturlashning elementar tushunchalari




    Download 3.44 Mb.
    bet1/9
    Sana11.05.2022
    Hajmi3.44 Mb.
    #20906
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    D1-maruza-1
    MOODLE MASOFAVIY TA, Nurmatov Azizbek, Eskez, Ruzolf Diesel enginere, 1. Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning a, ilhom, Реактивный старт в трейдинге (2), algaritm amaliy ish, 54-70 вопросы, BOMDOD NAMOZI, 8 mart tadbir, KO\'CHKILAR, Induksiyon rele, 1674790770 Sayfullayeva Jamila

    1-MA’RUZA
    MAVZU: DASTURLASHNING ELEMENTAR TUSHUNCHALARI

    Reja:

    1. C++da oddiy hisoblash dasturini yozish

    2. Klaviaturadan kiritish orqali o`qitish

    3. Identifikatorlarni o'zgaruvchilar va funksiyalar kabi nom elementlarida qo`llash

    4. Ma’lumotlarni yozishda o`zgaruvchilardan foydalanish

    5. Belgilangan iboralar va ifodalarni ishlatish uchun dastur

    6. O`zgarmaslar uchun “const” kalit so`zi

    7. Raqamli ma'lumotlar turlarini ishlatib, o'zgaruvchilarni e'lon qilish

    8. Sonlarning butun turlari, haqiqiy turlari va ilmiy birliklar

    9. +, -, *, /, va % lar ishtirokida operatsiyalar bajarish

    10. pow(a, b) funksiyasi yordamida darajaga ko`tarish amali

    Kalit so‘zlar:

    • algoritm

    • bo`lish operatori

    • butun tur

    • C-stili

    • dizayn tizimi

    • haqiqiy nuqtali raqam

    • haqiqiy tur

    • identifikator

    • ifodalash

    • ifodani belgilash

    • ikkilik tur

    • increment kod va test

    • increment operator

    • KIN

    • ma’lumot turi

    • o`zgarmas

    • o`zgarmas kalit so`z

    • o`zgaruvchi

    • o`zgaruvchi maydoni

    • o`zgaruvchilarni e’lon qilish

    • oddiy tur

    • operandlar

    • operator

    • operatorni belgilash

    • operatorni taqsimlash

    • postdekrement

    • postinkrement

    • predekrement

    • preinkrement

    • psevdokod

    • qisqa tur

    • so`zma-so`z

    • talablar spesifikatsiyasi

    • tizim tahlili

    • toshish

    • toshmagan

    • UNIX davri

    • uzun tur

    yashirin tur

    1. C++da oddiy hisoblash dasturini yozish
    Key Point. Dastur yozish masalani yechish strategiyasini loyihalashni taqozo etadi va o`sha strategiyani amalga oshirish uchun dasturlash tilidan foydalaniladi.
    Keling, dastlab oddiy masala – doira yuzasini hisoblash masalasini ko`rib chiqamiz. Xo`sh buni bajarish uchun qanday dastur tuzish lozim?
    Dastur yozish mos algoritmni loyihalash va uni dastur buyruqlari yoki kodlariga o`tkazishni talab etadi. Algoritm dastur tarkibidagi ko`rsatmalarning qanday harakatlanishi va bajarilish tartiblarini belgilash orqali masalani yechishni tavsiflaydi. Algoritm dasturchiga dasturlash tilida dastur yozishdan oldin uni rejalashtirishda yordam beradi. Algoritmlar tabiiy tilda yoki psevdokodlar (tabiiy tilning ba’zi dasturlash kodlari bilan kombinatsiyalangan ko`rinishi) orqali tasvirlanadi.
    Doira yuzini hisoblash algoritmini quyidagicha tasvirlash mumkin:

    1. Doira radiusini kiritish;

    2. Doira yuzini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

    yuza = radius * radius * π

    1. Yuzani ko`rsatish

    Dastur foydalanuvchi tomonidan klaviatura orqali kiritilgan radiusni o`qishi kerak. Bunda ikki muhim bosqich bajariladi:

    • radiusni o`qish

    • radiusni dasturga yozish

    Keling endi natijani hisoblash jarayonini ko`rib chiqamiz. Radius qiymatini olish uchun uchun dasturda o`zgaruvchi deb nomlanuvchi belgini e’lon qilish talab etadi.
    Kichik o`lchamdagi x va y o`zgaruvchi nomlaridan ko`ra ob’yektni to`liq tavsiflovchi nomlarni: radius uchun radius nomini, yuza uchun yuza nomini qo`llaymiz. Kompilyator radius va yuza larni tushunishi uchun ularni ma’lumot turlari sifatida ko`rsatish kerak. O`zgaruvchida turli xil ma’lumotlar – butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki biror bir boshqa ma’lumot turi yozilishi mumkin. Bu o`zgaruvchilarni e’lon qilish deb tushuniladi. C++ tili butun sonlar, haqiqiy sonlar, belgilar va mantiqiy qiymatlarni tanib olish uchun elementar ma’lumot turlarini qo`llaydi. Bu turlar sodda ma’lumot turlari yoki fundamental turlar deb nom olgan.
    radius va yuza ni ikki karra aniqlikdagi (double-precision) nuqtali-haqiqiy sonlar turida e’lon qilamiz. Dasturda bu quyidagicha ifodalanishi mumkin:
    int main()
    {
    double radius;
    double area;
    // Step 1: Read in radius
    // Step 2: Compute area
    // Step 3: Display the area
    }
    Dastur radius va yuza ni o`zgaruvchi sifatida e’lon qiladi. Oldindan qabul qilingan double so`zi radius va yuza ni kompyuterga nuqtali-haqiqiy sonlar turi sifatida kiritib yozadi.
    Dastlabki qadam foydalanuvchini doira radiusini kiritishga undashdan boshlanadi. Foydalanuvchini qanday qilib qisqacha axborot orqali biror ish bajarishga undashni keyinroq ko`rib chiqamiz. Hozir muhimi, o`zgaruvchini ishlatishni o`rganish. Dasturda yozilgan kod talablariga ko`ra radius ga raqamli qiymat berish mumkin, keyinchalik dasturga foydalanuvchini undovchi axborotni joylashtirish uchun sozlashlar kiritsa bo`ladi.
    Keyingi qadam – yuza ni hisoblash. Bunda kiritilgan qiymatlar asosida quyidagicha formula bo`yicha hisoblash bajariladi:
    yuza=radius * radius * 3.14159
    So`nggi qadamda hisoblangan natija (yuza)ni cout << yuza buyrug`idan foydalanib, konsol oynada ko`rsatish amalga oshiriladi.
    Dasturning to`1iq qismi 2.1-ro`yxatda keltirilgan.


    2.1-ro`yxat. Yuzanihisoblash.cpp

    1 #include


    2 using namespace std;
    3
    4 int main()
    5 {
    6 double radius;
    7 double area;
    8
    9 // 1-qadam: radius ni o`qish
    10 radius = 20;
    11
    12 // 2-qadam: yuza ni hisoblash
    13 area = radius * radius * 3.14159;
    14
    15 // 3-qadam: yuza ni ko`rsatish
    16 cout << "Yuza = " << area << endl;
    17
    18 return 0;
    19 }


    Natija:

    Yuza = 1256.64

    radius va yuza kabi o`zgaruvchilar xotira joyiga o`xshaydi. Har bir o`zgaruvchi o`z nomiga, turiga, o`lchamiga va qiymatiga ega. Dasturning 6-satrida radius double qiymat qabul qila olishi keltirilgan. Qiymat esa biz tomonimizda berilmaguncha qabul qilinmaydi. 10-satrda radiusga 20 qiymat berilgan. Xuddi shunday, 7-satrda yuzaning turi ko`rsatilgan va 13-satrda uning qiymati hisoblangan. Agar 10-satrni izoh satri sifatida belgilasak, dastur kompilyatsiya bo`ladi, lekin kutilgan natija bermaydi. Chunki radius qiymat qabul qilmagan bo`ladi.
    Dasturning 16-qatori “Doira yuzi” satrini, unga o`zgaruvchining qiymatini va “ga teng”satrini konsolga chiqaradi. O`zgaruvchi nomi yuza qo`shtirnoqsiz yoziladi. Agar u qo`shtirnoq bilan yozilsa, o`zgaruvchi qiymat emas, balki yuza satrini konsolga chiqarilgan bo`lardi.
    Nazorat: 2.1. Quyidagi kodning natijasini yozib ko`rsating:
    double yuza = 5.2;
    cout << “yuza”;
    cout << yuza;


    Download 3.44 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3.44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dasturlashning elementar tushunchalari

    Download 3.44 Mb.