• Fotoelektrik datchiklar
  • Mavzu: Datchiklar haqida umumiy




    Download 4.79 Mb.
    bet8/12
    Sana19.05.2022
    Hajmi4.79 Mb.
    #21459
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Mavzu Datchiklar haqida umumiy
    Python dasturlash tili (1)
    Induksion datchiklar
    Induksion datchiklarning ish prinsipi elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan bo‘ladi, ya‘ni magnit oqimi o‘zgartirilayotgan konturda EYUK ҳosil bo‘ladi:

    Induksion datchiklar 3 hil ko‘rinishga ega: 1. Cho‘lg‘amli 2. Ferromagnit detali xarakatlanuvchi 3. Тaxogeneratorli Induksion datchiklar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida keng qo‘llaniladi. Don o‘rish kombayni bunkeri og‘irligini induksion datchiklar orqali uzluksiz nazo-rat qilish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.


    Uning ishlash prinsipi quyidagicha: Bunkerni (1) donni to‘lishi va uning og‘irligini o‘zgarishi natijasida prujina (2) siqiladi. Magnitlanmagan po‘lat o‘zak (3) ketma-ket ulangan cho‘lg‘amlardan (W1 va W2 ) iborat g‘altak (4) ichida xarakatlana boshlaydi. Bu ikkita cho‘lg‘amlar ko‘prik sxemaning (5) ikki qo‘shni yelkasini tashkil etadi. Sxemadagi ko‘prikning bitta diagonaliga o‘lchov asbobi ulangan, ikkinchisiga esa maxsus ta‘minlash blokidan o‘zgaruvchan kuchlanish uzatiladi.

    1-rasm Don o‘rish kombayni bunkeri og‘irligini induksion datchiklar orqali uzluksiz nazorat qilish sxemasi




    Fotoelektrik datchiklar
    Fotoelektrik datchiklar guruxiga kiruvchi fotodiodlar va ventilli fotoelementlarning ish prinsipi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan bo‘ladi. Ichki fotoelektrik effekt urug‘lik oqimi ta‘sirida erkin elektronlar o‘zining energetik holatini o‘zgartirib, moddaning o‘zida qolishi xodisasi bilan xarakterlanadi. Bunda modda ichida ko‘cha oladigan erkin zaryadlar hosil bo‘ladi. Erkin zaryadlar modda ichida ko‘chganda fotoelektr yurituvchi kuchlarni hosil qi-ladi (ichki fotoeffektli fotoelementlar shu prinsipda qurilgan) yoki elektr o‘tkazuvchanlikni o‘zgartiradi (fotoqarshiliklar shu prinsipda qurilgan). Ichki fotoeffektli fotoelementlar ko‘pincha ventilli fotoelementlar deb ata-ladi. Selenli fotoelementlar eng ko‘p tarqalgan fotoelementlar hisoblanadi. Selenli fotoelementning tuzilishi va sxemasi 2a-rasmda, uning xarakteristikasi esa 2b-rasmda ko‘rsatilgan.



    2-rasm. Fotoelement va uning tavsifnomasi.


    Element (2,a-rasm) yupqa oltin qatlami 1, berkituvchi qatlam 2, selenli qatlam 3 va po‘lat taglik 4 dan iborat. Selenning oltin bilan chegarasida berkituvchi qatlam hosil bo‘ladi; bu qatlam detektorlik xususiyatiga ega bo‘lib, yorug‘lik oqimi bilan urib chiqarilgan elektronlarning orqaga qaytishiga imkon bermaydi. Yorug‘lik oqimi oltin qatlamidan o‘tib, ventilli fotoeffekt hosil qiladi, shunda el-ektronlar yoritilgan qatlamdan yoritilmagan (izolyatsion berkituvchi qatlam bilan
    ajratilgan) qatlamga o‘tadi.

    Download 4.79 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 4.79 Mb.