• E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
  • Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizm




    Download 3.02 Mb.
    Sana10.02.2023
    Hajmi3.02 Mb.
    #41767
    Bog'liq
    Diniy
    Abdulla Qahhor. O\'tmishdan ertaklar (qissa), elektron raqamli imzodan foydalanish, 2222222222, portal.guldu.uz-Geometriya. Geometrik yasash metodlari

    O`zbekiston Finlandiya pedagogika instituti
    Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi
    Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizm
    Bajardi: S.Yaxshiboyeva
    O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
    Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
    Hozirgi kunda Iroq va suriya davlatlari hududida qariyb 8,5 million kishi terrorchi guruhlar to‘liq nazorat o‘rnatgan hududda, har qanday fuqaroviy huquq va erkinliklardan marhum bo‘lgan holda kun kechirishga majbur bo‘lmoqda. Terrorchilar ushbu mamlakatlarda ommaviy qatl, garovdagilarni qiynab o‘ldirish, xotin-qizlarni ayollarni zo‘rlash yoki ularni qul qilib sotish kabi jirkanch va qabih ishlarga qul urib, o‘zlarini e’tiqodi puch, imonsiz kimsalar ekanliklarini namoyon etmoqda. Yuzlab ziyoratgohlar, shia musulmonlarining masjidlari, xristianlarning cherkov va monastirlari, maktab va kutubxonalar vayron qilindi
    IROQ
    SURIYA
    Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “IShID (Iroq va Shom islom davlati)”, “Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash-Sham” (Suriya), “al-Qoida”, “al-Jihod al-Islomiy”, “at-Takfir va-l-Hijra” (Misr), “Abu Sayyaf” (Filippin), “Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), “Qurolli islomiy harakat” (Jazoir), “Boko haram” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, “O‘zbekiston islomiy harakati” Tolbion (Afg‘oniston, Pokiston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
    ISHID
    Jabha an-Nusra
    al-Qoida
    Lashkari jihod
    Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
    Xizbut tahrir
    E`TIBORINGIZ UCHUN
    RAXMAT!
    Download 3.02 Mb.




    Download 3.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizm

    Download 3.02 Mb.