|
Taqdimot ishlari dasturlari
|
bet | 3/9 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 32,32 Kb. | | #141983 |
Taqdimot ishlari dasturlari
Makintosh va Windows muxitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi (rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko‘paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia vositalarini yanada to‘liq ishlatishga mo‘ljallangan. Bu dasturlar video tovushli fayllarni qulay uzatish (improt qilish), diagrammalarda annimatsiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi .
Yangi turdagi taqdimot dasturlar qatoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (to‘plami) kiradi.
Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to‘plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o‘rgatuvchi o‘quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud .
Power Point dasturida ichki multimedia vositalari bo‘lmasada, bu vositalarni OLE-2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to‘ldirish mumkin.
Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli Кompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to‘laqonli grafik tizimlar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animatsiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko‘rinishlari o‘z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob‘ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat xisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha uch o‘lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
|
| |