• Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati. Reja
  • Dorixona ishini tashkil etish. O‘zbekiston Respubiikasi Sogliqni saqlash vazirligi
  • “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”.
  • “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”
  • Respublikada dori vositalari sotishni tartibga solish to‘g‘risida’’
  • Dori-darmon”
  • Davolashprofilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”
  • “Dori-darmon”
  • Mavzu: Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati




    Download 42.99 Kb.
    bet1/3
    Sana21.02.2023
    Hajmi42.99 Kb.
    #43074
      1   2   3
    Bog'liq
    Кобилов Д 1 самостоятельная работа


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati.

    Farmatsiya fakulteti


    Kasbiy-ta’lim yo’nalishi
    403 guruh talabasi
    Qobilov D

    Toshkent-2021


    Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati.
    Reja:

    1. Dorixona ishini tashkil etish.

    2. Dorixona va farmatsevtika tashkilotlarining ish yuritish jarayonlarining ahamiyati.



    Dorixona ishini tashkil etish.
    O‘zbekiston Respubiikasi Sogliqni saqlash vazirligining asosiy vazifasi Respublika aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilish, davolash ishlarini tashkil qilish, yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish asoslarini yaratish, davolash-profilaktika muassasalari uchun moddiy texnika bazasini yaratish, tibbiyot va farmatsevt kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, aholi o'rtasida sanitariyaepidemiologiya holatini tegishli tartibda barqaror holatda saqlash va ta’minlashni tashkil qilishdan iborat.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan fuqarolaming muhim ijtimoiy huquqlaridan biri sog‘liqni saqlash huquqidir. “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishda SSVning Bosh boshqarmalari, tegishli ilmiy tekshirish institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda, tibbiyot va farmatsevt kadrlar tayyorlash ishlari esa tegishli institutlar va tibbiyot kollejlari tomonidan amalga oshiriladi. Malakali tibbiy xizmatni maxsus tibbiy va farmatsevtika bilimlariga ega, Gippokrat qasamyodini qabul qilgan va yordamga muhtoj har qanday bemorga sidqidildan xizmat qiladigan tibbiyot mutaxassislari amalga oshiradilar. Qonunchilik asosida yetarli malakaga ega bodmagan mutaxassislarning tibbiy va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat etilmaydi. Davlat tomonidan vakolatlangan organlar xususiy sog‘lomlashtirish muassasalarini ochish hamda ularning faoliyati, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi sifati ustidan belgilangan tartibda nazorat olib boradi.
    O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini keng joriy etish va chuqurlashtirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, respublika aholisini dori vositalari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida, Respublika “Dori-darmon” aksionerlik kompaniyasining viloyatlar, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida uning hududiy birlashmalari tashkil etildi. Dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi, asosan, mulkchilik shaklining aksioner, jamoa va xususiy dorixonalariga ruxsat etildi. Bu dorixonalarga dori vositalarini sotishda tegishli tartib - qoidalarga amal qilish, ular bilan savdo qilish qoidalarini ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan. Dori vositalarini sotish O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonun asosida dorixona muassasalari tomonidan olib boriladi va dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.
    Dorixona ishi dorixona amaliyoti uchun xos bolgan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Dorixonalar ishini boshqarish shu qonunga asosan oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslargagina ruxsat etilishi ta’kidlangan. Dorixona dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ulaming sifatini nazorat qilish hamda davolash, kasallikning oldini olishga mo'ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, ma’danli suvlarni, davolash kosmetika mahsulotlarini harid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ulaming shaxobchalari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada dori vositalari sotishni tartibga solish to‘g‘risida’’gi 1994-yil 14-iyuldagi PF - 916 farmonini ijro etish hamda Respublika aholisini dori vositalari, vaksinalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-sonli qarori e’ion qilindi, bunga asosan Respublika dorixona muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlar sotish qoidalari, cheklangan chakana narxlarda sotiladigan va barcha dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bo'lgan eng zarur dori vositalari ro‘yxati tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi “Dori-darmon” AK dorixona muassasalariga, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi SSV ning maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) ga ega bo‘lgan boshqa dorixonalarga ruxsat etiladi. Dorixona muassasalarida dori vositalarini sotishga faqat maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning dorixona muassasalaridan tashqarida - bozorlarda, ko'chada, jamoat joylarida va uyda sotilishi qat’iyan taqiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-iyul 276-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tkazilmagan va vakolatli laboratoriyada sifat bo'yicha nazoratdan o'tmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin emas. Dori vositalarini aholiga vrach retsepti bilan va retseptsiz berish shuningdek, davolash-profilaktika muassasalariga beriladigan dori vositalari ro'yxati va ularni berish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. SSV tomonidan vrachning retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori vositalaridan tashqari, barcha dori vositalari dorixonalardan faqat belgilangan shakllardagi retseptlarga ko‘ra berilishi kerak. Tayyor dori vositalari, berish vitrinasiga vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning narxi ko'rsatilgan holda qo‘yiladi.
    Davolash-profilaktika muassasalari vrachlariga shifoxonada kerakli dori vositalari bo'lmaganda statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarga retsept yozib berishga ruxsat etiladi. Bunda dori naqd pulga sotib olinganligi haqidagi ma’lumot kasallik tarixiga yozib qo'yilishi shart. Maxsus ijtimoiy himoyaga muxtoj bemorlarga bepul retseptlar bo'yicha dori vositalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar. barcha dorixona muassasalaridan beriladi. Dorixona muassasalari tomonidan retseptlar bo'yicha bepul berilgan dori vositalari Vazirlar Mahkamasining “Davolashprofilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1997-yildagi 532-sonli qarorida ambulatoriyada davolashda dori vositalari bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi. Ularga haq to‘lash esa, sogliqni saqlash muassasalari bilan tegishli tartibda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14- yanvardagi 19-sonli va 2000-yil 5-avgustdagi 307-sonli qarorlariga asoslanib, chakana dorixona tarmog‘ida dori vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilashning yagona tartibi joriy etildi. Shunga asoslanib dori vositalari va tibbiyot buyumlari O‘zbekiston Respublikasiga import bo‘yicha yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qat’iy nazar, baza narxiga 20 foizdan ortiq bo‘lmagan, qolgan dori vositalari uchun ulgurji savdoda 20 foiz, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda cheklangan savdo ustamalari qoilanilgan holda shartnomaviy narxlar bo‘yicha ulgurji va chakana savdo tarmog’i orqali sotilishi belgilab qo‘yildi. Ana shu qarorga asoslanib mulkchilik shaklining hamma turidagi dorixonalarda, dorixona filliallarida va qishloq vrachlik punktlari qoshidagi dorixonalarda dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan sanitariya va gigiyena ashyolarini aholiga sotish ushbu belgilangan chakana narxlarda amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston respublikasida dorixonalarni ochish tartibi Dorixona sogiiqni saqlash tizimining ajralmas tarkibiy qismidagi tibbiyot muassasasi bo‘lib, u aholini, davolash-profdaktika muassasalarini (DPM) va boshqa tashkilotlarni uzluksiz ravishda dori vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, bogiov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Dorixonalar, asosan, dori tayyorlash, ta’minot, savdo, moliya va xo‘jalik ishlari bilan shug'ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati vrachlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida va DPM ni talabnomalari asosida dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta miqdordagi ayrim dori vositalarini laboratoriya-qadoqlash ishlari bilan shug‘ullanadilar, ular sifatini nazorat qiladilar va tayyor dori vositalarini aholiga va DPM iga sotadilar.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, respublika Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-sonli qarori asosida - respublika “Dori-darmon” davlat aktsionerlik uyushmasi tashkil etildi, shu qaror asosida mulkchilikning xususiy, jamoa harnda aksioner dorixonalar uyushmasi tashkil etildi. Xuddi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga asosan farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish - dorixona ishini boshqarish oliy ma’lumotli farmatsevtlargagina ruxsat etildi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlarni amalga oshirish va qonun asosida dorixona ochish va tegishli farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun esa maxsus litsenziya olish zarur bo’ladi. Bu litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-oktyabrdagi 477-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom asosida” maxsus ruxsatnoma, litsenziya berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi SSV da tashkil etilgan maxsus hay’at tomonidan beriladigan ruxsatnoma (litsenziya) asosida olib boriladi. Litsenziya hay’ati tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi SSV va Respublika hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa mas’ul yuridik shaxslarning vakillari kiradi. Litsenziya hay’ati - hay’at raisi, a’zolari va texnik guruhidan iborat. Litsenziya hay’ati raisi SSV ining buyrug‘iga asosan tayinlanadi. Hay’at tarkibi va strukturasini, hay’at raisi taqdim etadi va bunga asosan Sogliqni saqlash vaziri chiqargan buyruqga binoan faoliyat ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan qaror va tegishli qonunlarga asosan .litsenziya berish tartibi va shartlari haqida “Nizom” ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyatini ko‘rsatish uchun litsenziya berishning umumiy tartiblari va shartlari belgilanadi. Ushbu tartiblar mulkchilik turidan, qäysi vazirlik yoki tarmoqqa bo‘ysinishidan, qayd etilgan manzilidan qat’iy nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan. Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha yuridik shaxslar, shu jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyati ko‘rsatayotgan chet el vakolatxonalarining ham litsenziyalari bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Litsenziya - bu maxsus hisobdagi hujjat bo‘lib, o‘zining takrorlanmas tartib raqamiga ega. Litsenziya aniq yuridik yoki jismoniy shaxsga beriladi, litsenziyani boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berish man etiladi. Tashkiliy-huquqiy shaklidan, qaysi vazirlik va tarmoqqa tegishligidan, mulkchilik turidan qat’iy nazar, litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish taqiqlanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV litsenziya hay’ati tomonidan farmatsevtika faoliyatining quyidagi turlari uchun litsenziyalar beriladi:
    -tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish va sotish huquqiga ega bo‘ladigan dorixonalarga;
    -vrach retsepti bo‘yicha dori vositalari va steril eritmalar tayyorlab sotish, shuningdek, tayyor dori vositalari va tibbiy ashyolarni sotib olish va sotish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarga;
    - 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni korxona sharoitida ishlab chiqarish va sotish huquqini beradigan yuridik shaxslarga;
    - 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qayd etilgan giyohvand va psixotrop moddalar saqlagan vositalarni sotib olish va sotish huquqiga ega bo'lgan dorixonalarga.
    Litsenziya berish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi. Bu komissiya tarkibi va komissiya to'g'risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ekspert komissiya tarkibiga majburiy tarzda tegishli ixtisosliklar bo'yicha mutaxassislar kiritiladi. Ekspert komissiya yig'ilishi kamida oyiga ikki marta o'tkaziladi. Farmatsevtika faoliyatining mazkur nizomga muvofiq litsenziyalanadigan turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    a) dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
    b) dori vositalari va tibbiyot buyumlari tayyorlash;
    v) dori vositalari va tibbiyot buyumlari yaratish bo'yicha ilmiy - tadqiqot ishlari;
    g) dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish;
    d) dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish;
    e) dori vositalarini ulgurji sotish;
    yo) tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish;
    j) dorivor o‘simliklar, hayvonot va mineral asosga ega bo'lgan xom ashyoni yetishtirish, yig'ish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish.
    Yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini “a” - “yo” kichik bandlarida ko'rsatilgan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga berilishi mumkin, bunda “b” - “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya faqat dorixona muassasalariga beriladi. Mazkur Nizom 3-bandining “a” - “yo” kichik bandlarida ko'rsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini amalga oshirish uchun olingan litsenziya, litsenziatlarga ular ishlab chiqargan va tayyorlagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish huquqini beradi. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan farmatsevtika faoliyati faqat litsenziyada belgilangan faoliyat tun (uning bir qismi) bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Litsenziatda tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filliallar (alohida hududlardagi boiinmalar va obyektlar) mavjud bo'lgan taqdirda, litsenziya berish vaqtida ko'rsatib o'tilgan 'filiallar (alohida hududlardagi bo'linmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashgan joyi ko'rsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.

    Download 42.99 Kb.
      1   2   3




    Download 42.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dorixona va farmatsevtika tashkilotlari ishini tashkil etishda ish yuritish jarayonlarining ahamiyati

    Download 42.99 Kb.