Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari




Download 57,35 Kb.
bet1/13
Sana05.02.2024
Hajmi57,35 Kb.
#151823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari-fayllar.org (1)


Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari


  1. Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari

Ekologiya so`zi grekcha bo`lib, «oykos» - uy, yashash joyi, «logos» - fan demakdir. Bu so`zlarni keng ma'noda tushunish zarur. Atamaning fanga kiritilishidan hozirgacha o`tgan davr mobaynida uni turli mutaxassislar turlicha izohlab kelmoqdalar. Rus olimi akademik S. Shvarts: men ekologiya fani to`g`risida yuz xil fikr aytishim mumkin va ularning barchasi ozmi-ko`pmi to`g`ri bo`lib chiqadi, degan edi.


Darhaqiqat bu tushunchani kengaytirishda, ekologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida ko`pgina olimlar hissa qo`shdilar. Ingliz olimlaridan CH. Elton populyatsion ekologiya nazariyasini yaratgan bo`lsa, rus olimi V.N. Sukachev biogeotsenozlar tushunchasini asosladi. Shuningdek rus olimlaridan K.F. Rulye zoobiologiya faniga, A.N. Beketov esa fitogeografiya faniga asos soldi. Ekologiya fani tarixida ayniqsa CH. Darvinning evolyutsion ta'limoti hamda akademik V. I. Vernadskiyning biosfera to`g`risidagi ta'limoti tub burilish yasadi.
Shunday qilib, ekologiya fani to`g`risidagi tasavvurlar tobora kengayib bordi. Xulosa qilib aytganda ekologiya biologiya fanlarining rivojlanishidan kelib chiqqan yangi tarmoq bo`lib, u biologik makrotizimlar ya'ni populyatsiyalar va biotsenozlar darajasidagi organizmlarning bir-birilari bilan va atrof muhit bilan bog`lanishlari to`g`risidagi fandir. Uning predmeti–bunday bog`lanishlarning zamon va makonga qarab o`zgarib borishni o`rganish ya'ni atrof muhitdagi tabiiy muvozanatni monitoring qilishdan iboratdir.
Ekologiya fanining vazifalari uning ma'nosi singari keng bo`lib, Yer yuzidagi tiriklik jarayonlarining qanday kechayotganligini o`rganib borish, fan va texnika rivojlangan hozirgi sharoitda industrial jamiyat kishisining tabiatga ta'sirini o`rganish va uni boshqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun ekologik meyorlashtirish tizimini yaratish zarur. Ekologik meyorlashtirish-bu atrof muhitga antropogen ta'sirning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lib meyorini belgilashdir. Mazkur nazariyani rus olimi S. Shvarts ishlab chiqib, qo`llash uchun taklif qilgan. Ekologik meyorlashtirilishning yo`lga qo`yilishi yashash muhitidagi tabiiy muvozanatni saqlab qolib, inson uchun noqulay ekologik vaziyat vujudga kelishining oldini oladi.

Download 57,35 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 57,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari

Download 57,35 Kb.