Mavzu: Elektr maydon kuchi. Potensiallar farqi Elektr maydon




Download 121.59 Kb.
bet4/4
Sana20.01.2024
Hajmi121.59 Kb.
#142003
1   2   3   4
Bog'liq
art2
Экотуризм, 1671776320, 20YB-26, c4b14b7d-95ae-44ff-b5d4-4fe39acc2772, 01.Ариза, 5 mavzu, Холмирзаев хикоялари, Yo\'nalishga kirishdan mustaqil ish, 7 ma\'ruza Ehtimolning klassik tarifi Geometrik ehtimollik , Hujjat (29), 2-hisob-grafik-ishi, 2, QAYTA, Tok-transformatorlarni-ishlatish
ekvipotensial sirt deyiladi.
Nuqtaviy zaryadning ekvipotensial sirti zaryad atrofida konsentrik aylanalar shaklida joylashadi maydon kuch chiziqlari ekvipotensial sirtga doimo perpendikulyar bo‘ladi. Elektr maydon kuchlanganligi va potensiallar ayirmasi orasida quyidagi munosabat mavjud.

Elektr potensialni ekvipotensial chiziqlarni yoki uch o‘lchamda – ekvipotensial sirtlarni tasvirlab grafik ifodalash mumkin. Ekvipotensial sirtning hamma nuqtalariga bir xil to‘g‘ri keladi. Boshqachva aytganda, bu sirtning ixtiyoriy ikkita nuqtasi orasidagi potensiallar farqi nolga teng, va bir nuqtadan boshqa nuqtaga zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish nolga teng. Ekvipotensial sirt ixtiyoriy nuqtada elektr maydon kuchlanganligi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Agar bunday bo‘lmaganda edi (ya’ni sirtga parallel bo‘lgan E komponenta mavjud bo‘lganda edi), u holda bu E komponentaga qarama-qarshi yo‘nalishda sirt bo‘ylab zaryadni ko‘chirish uchun ish bajarish kerak bo‘lar edi, bu esa ekvipotensial sirt haqidagi farazimizga zid keladi.


Elektr maydon kuch chiziqlari ekvipotensial sirtga perpendikulyar ekanligi agar kuch chiziqlarining joylashishi ma’lum bo‘lsa, ekvipotensial sirtlarni chizishga yordam beradi.
ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI

Elektrlangan jism atrofida fazoda elektr maydon mavjud bo`ladi. Elektr maydon materiyaning moddadan farqli bo`lgan bir turidir. Elektr maydonga kiritilgan zaryadga shu elektr maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch elektr kuchi deb ataladi, Elektr maydonning asosiy xossalari —elektr zaryadiga bu maydonning biror kuch bilan ta`sir qilishidir. Zaryadga ko`rsatilgan ta`sirga qarab maydonning borligini, uning fazodagi taqsimoti aniqlanadi. Qo`zg`almas zaryadning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi. Elektrostatik maydonni faqat elektr zaryadlari hosil qiladi.

Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo`yilgan zaryadga ta`sir etuvchi kuchning bu zaryadga nisbati maydonning har bir nuqtasida zaryadga bog`liq emas va maydon xarakteristikasi deb hisoblanishi mumkin. Bu xarakteristika maydon kuchlanganligi deyiladi:



Maydon kuchlanganligi nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta`sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbatiga tengdir. vektorning yo`nalishi musbat zaryadga ta`sir etadigan kuch yo`nalishi bilan bir xil bo`lib, manfiy zaryadga ta`sir etadigan kuchga qarama- qarshidir.
Elektrostatik maydonni hosil qiluvchi q nuqtaviy zaryad bilan q0 sinov zaryadi orasidagi Kulon ta`sir kuchini hisobga olsak, quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:


Nuqtaviy zaryad maydonining zaryaldan r masofadagi kuchlanganlik moduli:

Agar q>0 bo`lsa, maydonning har qanday nuqtadagi kuchlanganlik vektori shu nuqtani zaryad bilan tutashtiruvchi to`g`ri chiziqda zaryaddan chiqadigan yo`nalishda bo`ladi. Agar q<0 bo`lsa, kuchlanganlik vektori bu nuqtani zaryad bilan tutashtiruvchi to`g`ri chiziqda zaryadga kiradigan yo`nalishda bo`ladi.
Elektr maydonning kuchlanganliklari geometrik ravishda qo`shiladi. Maydonlar superpozitsiya prinsipining ta`rifi: Agar har xil zaryadli zarralar fazoning ma`lum bir nuqtasida kuchlanganliklari El, ye2, ..., yep bo`lgan maydonlar hosil qilsa, maydonning bu nuqtadagi natijaviy kuchlanganligi quyidagiga teng bo`ladi:
E=E1+E2...+En.
Kuchlanganligi fazoning hamma nuqtalarida bir xil bo`lgan elektr maydon bir jinsli maydon deyiladi. Elektr maydonning kuch chiziqlari yopiq emas, ular musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryadda tugaydi. Elektr maydonni kuchlanganlik chiziqlari orqali tasvirlash mumkin. Bu chiziqlarni qisqacha qilib, E chiziqlari deyish mumkin. Kuchlanganlik chiziqlari shunday o`tkazilishi kerakki, ularning har bir nuqtasiga o`tkazilgan urinma ye vektor yo`nalishiga mos kelsin.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. J.Kamolov I.Ismoilov – “Elektr va magnetizm”- 2007y

  2. SAIDAXMEDOVA ZAMIRA –“Fizika(Elektr va magnetism”-2019

  3. S. Orifjonov – “Fizika”

  4. www.hozir.org axborot sayti

  5. www.ciberleleinka.ru online kutubxonasi

Download 121.59 Kb.
1   2   3   4




Download 121.59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektr maydon kuchi. Potensiallar farqi Elektr maydon

Download 121.59 Kb.