• 4.Elektr uskunalari ekspluatatsiyada elektr energiyani tejash
  • Qishloq va suv xo’jaligi transformator podstantsiyalari ekspluatatsiyasi




    Download 4.21 Mb.
    bet6/6
    Sana16.02.2022
    Hajmi4.21 Mb.
    #17635
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    taqdimot Zilolaxon Malaka ishi
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA
    Qishloq va suv xo’jaligi transformator podstantsiyalari ekspluatatsiyasi
  • Qishloq va suv xo’jaligi korxonalari va aholi yashash punktlaridagi transformantorlar ekspluatatsiyasining o’ziga xos tomonlaridan biri fazalar nosimmetriyasidir. Bir fazali iste’molchilarni fazalaroro to’g’ri taqsimlash va ularning ish grafiklarini hisobga olish nosimmetriya holatini yaxshilashi mumkin. Transformatorning quvvati oshgan sari uning nosimmetriyasi ham kamaya boradi
    • Elektr energetika tizimida elektr energiyasi isroflarini kamaytirish har bir energetik korxonaning eng asosiy muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda energosistemada ishlab chiqarilgan elektr energiyaning qariyib 20 foizga yaqini iste’molchilarga yetib bormasdan o’tkazgichlarda isrof bo’lmoqda Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq davlatimizning energetika siyosati mamlakat energetikasini rivojlantirish, uning xavfsizligini ta’minlash, takomillashtirish hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratib kelinmoqda. Yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanish sharoitida davlat siyosati energetika strategiyasining asosiy yo’nalishlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, aniq maqsadlarni nazarda tutadi. SHu maqsadlarni hisobga olgan holda energetikani rivojlantirish strategiyasinining omillari belgilangan. Jumladan, elektr ta’minoti tizimi va ist’molchilari tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan elektr uskunalardan samarali foydalanish mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada oshirishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda respublikaning mavjud ishlab chiqarish quvvati 12,9 GVt ni tashkil etadi, shundan: IES-11 ming MVt yoki 84,7%; GES-1,85 ming MVt yoki 14,3%; blok stantsiyalari va izolyatsiyalangan stantsiyalar -133 MVt dan ortiq yoki 1% (1.1-rasm)
    • . Zamonaviy tejamkor elektr energiya bloklarining quvvati 2825 MVt yoki IES umumiy quvvatining 25,6% tashkil etadi. 2019 yilda respublika ichida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 89,6% IES tomonidan ishlab chiqarilgan. SHu bilan birga, yagona elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlarida energobloklarning umumiy quvvati 8,6 ming MVt ni tashkil etdi. Gidroenergetika 42 GES, shu jumladan umumiy quvvati 1,68 GVt (umumiy GES quvvatining 90,8%) bo’lgan 12 ta katta, 0,25 GVt (13,5%) umumiy quvvati 28 KGES va 0,5 MVt bo’lgan 2 ta mikro GESlarni o’z ichiga oladi. Suv oqimi bo’ylab quvvati 532 MVt (4 ta katta – 317 MVt va 26 KGES– 215 MVt) bo’lgan 30 ta gidro elektr stantsiyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Suv omborlarida umumiy quvvati 1,4 GVt bo’lgan 10 ta GES mavjud. Respublikaning gidro potentsialidan foydalanish darajasi 27% tashkil yetadi.
    • 1.2-rasm. GESlarning tuzilishi
    • Respublika bo’yicha elektr energiyasini taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berish quyidagilarni o’z ichiga oluvchi 0,4-110 kVt taqsimlash tarmoqlari orqali amalga oshiriladi: PS 35-110 kV - 1626 dona, umumiy quvvati - 20 421 MVA; EUL 35-110 kV - 28 642 km; TP - 75 534 dona, umumiy quvvati - 13 933 MVA; EUL 0,4-10 kV - 223 987 km. SHu bilan birga, elektr tarmoqlari ob’ektlarining asosiy qismi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Jumladan, asosiy va taqsimlovchi tarmoqlarning 66%, podstantsiyalarning 74% va transformator punktlarining 50% dan ortig’i 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu esa elektr energiyasini taqsimlash va yetkazib berishda texnologik yo’qotish darajasining oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Magistral tarmoqlarda elektr energiyasining texnologik yo’qotishlar o’rtacha 2,72%, taqsimlovchi tarmoqlarda 12,47% tashkil etadi.
    •  
    • Xulosa
    • Hozirgi kunda Respublikamizda mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi rivojlangan davlatlarni ushbu ko’rsatkichlariga nisbatan bir necha marta ko’pligi eksportga tayyor mahsulotga nisbatan xom-ashyo chiqarish samaraliroq bo’lishini tahminlamoqda. Energiya resurslarni tejash orqali mahsulot tannarxini kamaytirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotimizni tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishni asosiy omillaridan biridir. Butun dunyoda, shu jumladan Respublikamizda energoresurslarni qimmatlashib borishi xalq xo’jaligini barcha sohalarida energiya tejamkorlik masalasini ilgari suradi. Ko’pgina ishlab chiqarish sohalarida mahsulot tannarxini asosiy tashkil etuvchilaridan biri energiyaga to’lovlar tashkil etadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan energiya sarfini kamaytirish mahsulotni tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshiradi. Bu vazifani hal qilishning asosiy yo’nalishlari bu: yuqori samaradorlikka ega bo’lgan texnologik mashinalarni qo’llash, energiyani yetkazib beruvchi ratsional tizimni qo’llash va energiyadan foydalanish jarayonlarini avtomatlashtirish. Birinchi yo’nalishda asosan texnologlar shug’ullangani uchun, energetiklarni asosiy vazifalari ikkinchi va uchinchi yo’nalishlar bo’lib qoladi. Ikkinchi masala asosan energiya tahminoti tizimi elementlarini va energiyani uzatish 5 sxemasini to’g’ri tanlashni o’z ichiga oladi. Uchinchi masala elektr energiya sifatini nazorat qilish, elektr tahminoti tizimini ishonchligini oshirish, istemol rejimlarini optimallash va intensivlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
    • Foydalanilgan adabiyotlar
    • Raxmatov A. Elektr tarmoqlarda elektr energiya isroflarini aniqlash. // “Irrigatsiya va Melioratsiya” jurnali. – Toshkent, 2016. –
    • №1. -B.37-40 2. Raxmatov A., Toshpulatov N. Problemы energosberejeniya v nasosnыx stantsiyax //“Irrigatsiya va Melioratsiya” jurnali. – Toshkent, 2015. - №1. -B.55-58
    • Isakov A.J., Ochilov D.M. Increase of operation efficiency and electrical equipment // “Irrigatsiya va Melioratsiya” jurnali. – Toshkent, 2019. - №3(17). Pp.51-54.
    • Isakov A. Potential for Introducing Renewable Energy Sources in the Agroindustrial Complex // Applied Solar Energy (ISSN 0003-701X), – USA, 2010. – Volume 46, - № 1. - Pp.77-79.
    • Isaqov A.J., Raxmatov A.D. Elektr uskunalarining ishlatish samaradorligini oshirish. // Energiya va resurs tejash muammolari. –Toshkent. 2009.

    Download 4.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 4.21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qishloq va suv xo’jaligi transformator podstantsiyalari ekspluatatsiyasi

    Download 4.21 Mb.