Mavzu: Elektrolitik dissotsatsiyalanish nazariyasi




Download 222.67 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi222.67 Kb.
#55198
Bog'liq
Abubakirov sanjar Analitik kimyo
116336 2 - variant, Grammar for kids, 1, 7 маъруза, Gaz balonli avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimini tuzil, Yalpi talab yalpi taklif rag’batlantirish yo’llari, Nitrat kislota ishlab chiqarish Reja-fayllar.org, ПРАКТИЧЕСКАЯ РАБОТА№1

Mavzu:Elektrolitik dissotsatsiyalanish nazariyasi

Bajardi:Abubakirov.S.N

Tekshirdi:Bekmurodova.M.

Reja: 1)Elektrolitik dissotsiyalanish 2) Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiyalanishi 3) Elektrolitik dissotsiya mexanizmi, dissotsiyalanish darajasi, kuchli, kuchsiz elektrolitlar

Barcha moddalar elektr toki taʻsiriga munosabatiga koʻra ikki guruhga: elektr tokini oʻtkazadigan va elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalarga boʻlinadi. Keyinchalik ayrim murakkab moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazishi aniqlandi. Bu hodisalar mukammal oʻrganilib, eritmalari elektr tokini oʻtkazadigan moddalarni elektrolitlar, eritmalari elektr tokini oʻtkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deb ataladigan boʻldi.

Nima uchun ayrim moddalarning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadiyu, boshqa moddalar har holatda ham elektr tokini oʻtkazmaydi degan savol tugʻiladi. Bu savolga 1887-yil S. Arrenius javob topdi va shunga koʻra oʻz nazariyasini yaratdi: 

1)Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi. 2)Elektrolitlarning suvda erib ionlarga ajralish hodisasi elektrolitik dissosatsiya deyiladi. Qand, efir, spirt va boshqa suvda eriganda ionlarga dissotsiyalanmaydi, ajralmaydi. 3)Elektr toki ta’sirida musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlangan ionlar anotga tomon harakatlanadi. 4)Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deyiladi. 5)Dissotsiyalanish – qaytar jarayon, molekulalarning ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni ham sodir boʻladi.

Elektrolit moddalar eritmalarining elektr tokini oʻtkazishini tushunish uchun avvalo moddalarning tuzilishini va ulardagi kimyoviy bogʻlanish tabiatini eslash zarur. Qattiq holdagi osh tuzi elektr tokini oʻtkazmaydi, lekin uning suvdagi eritmasi elektr tokini oʻtkazadi, chunki eritmada zaryadlangan zarrachalar – ionlar hosil boʻladi. Eritmalarga elektr toki ulangan elektrodlar tushurilganida musbat zaryadli ionlar elektr manbayining manfiy qutibi (katod) tomon tortiladi, manfiy zaryadli ionlar esa elektr manbayining manfiy qutibi (anod) tomon tortiladi.Shunga koʻra ular kationlar,anionlar deyiladi. 

Kislotalar. Suvda yaxshi eriydigan kislotalar kuchli elektrolit hisoblanadi. Elektrolitik dissotsiya nuqtai nazaridan: kislotalar – murakkab modda boʻlib dissotsiyalanadigan kation sifatida vadorod ionlari, anion sifatida turli kislota qoldiqlari hosil qiladigan ekektrolitlardir. Kislota tarkibidagi vodorodning miqdoriga qarab,vodorod ioni bitta boʻlsa dissotsiyalanish bir bosqichda, vodorodning miqdori ikta boʻlsa dissotsiyalanish ikki bosqichda, vodorodning miqdori uchta boʻlsa dissotsiyalanish uch bosqichda boradi. Vodorod ionlari eritmaga kislotali muhit beradi.

Elektrolitik dissotsiyalanish nuqtai nazaridan asoslar-murakkab modda boʻlib dissotsiyalanganida kation sifatida metall ionlari, anion sifatida gidroksil ionlari hosil qiladigan elektrolitlardir. Gidroksil ionlari eritmada ishqoriy muhit hosil qiladi. NaOH→Na++OH–; Ca(OH)2→Ca+2+2OH– Suvda yaxshi eriydigan asoslar-ishqorlarning eritmalari ionlarga toʻliq disosasiyalanadi, dissotsiyalanganida anion sifatida faqat gidroksil ionlari hosil boʻladi.

Moddalar suvda erib elektr tokini oʻtkazishiga sabab, suv molekulalari qutbli boʻladi, biror tuzning kislotali suvga tushganida uning kislotadagi ionlar kislotali suvga tushganida uning sirtidagi ionlar suvning qutubli molekulalarni oʻziga toptadi. Natijada suvning tortilib turgan molekulalarini harakatda boʻlgan boshqa molekulalar tortib turadi. Shu tufayli suvga tushgan kristallar asta-sekin suvda eriydi va erkin xarakat qiladigan ionlar hosil boʻladi. Bu ionlar tartibsiz xarakatda boʻladi, ular bir-biri bilan toʻqnashib, birikishi va molekulalar hosil qilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda:Bu kabi masalar kimyo fanini o’rganuvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga va dissotsalanish darajasini,dissotsalanishga konsentratsiyaga oid masalarni tushunishda yordam beradi deb hisoblayman.Bu esa mavzuni o’zlashtirish samardorligini oshiradi va ta’lim sifati yaxshilashga xizmat qiladi.


Download 222.67 Kb.




Download 222.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektrolitik dissotsatsiyalanish nazariyasi

Download 222.67 Kb.