Mavzu: Elektron o‘quv-metodik va dasturiy ta’minot Amaliy mashg’ulotdan maqsad




Download 248.33 Kb.
bet1/2
Sana24.05.2022
Hajmi248.33 Kb.
#21754
  1   2
Bog'liq
amaliy - 11 6- semestr
Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, Hisobot.doc 1-semestr, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi

Amaliy mashg’ulot №11
Mavzu: Elektron o‘quv-metodik va dasturiy ta’minot
Amaliy mashg’ulotdan maqsad:informatika fanidan elektron o‘quv-metodik va dasturiy ta’minotni o’rganish.


Topshiriqlar:

1. Elektron o’quv-metodik va dasturiy ta‘minot haqida ma’lumot bering


2. 5 – sinf uchun elektron o’quv-metodik vosita tayyorlang: klaviaturani o’rganish masqlari

Informatika o‘qitish metodikasi fanini «Informatika» o‘quv predmetini o‘qitish uchun o‘quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotini tadqiq etish hamda ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir qismi sifatida qarash mumkin.


Informatika o‘qitish metodikasi o‘quv-metodik ta’minot uchun o’z oldiga quyidagilarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi:

  1. O‘quvchilar uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish;

  2. O‘qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratish.

O‘quv-metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar shu jumladan ularning elektron ko‘rinishdagi variantlarini o‘z ichiga oladi. O‘quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi me’yoriy hujjatlarni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan joriy qilingan uslubiy materiallar hamda me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
O‘quv-metodik ta’minotning zamonaviy tashkil etuvchilaridan biri elektron o‘quv–metodik materiallardir. Elektron o‘quv-metodik materiallarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
- elektron ma’lumotnomalar;
- elektron o‘quv qo‘llanmalar;
- elektron darsliklar;
- elektron ensiklopediyalar va boshqalar.
Informatika o‘qitish metodikasida dasturiy ta’minot sohasida quyidagilarni amalga oshiradi: yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, muayyan dasturiy muhsulotlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini asoslab berish kabilar.
Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy dasturlari va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga yordam beradigan pedagogik dasturlar majmuasidan tashkil topadi.
Bazaviy dasturlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

  • klaviatura trenajyori;

  • dasturlash tillari;

  • Ofis dasturlari;

  • Matn muharrirlari;

  • Elektron jadvallar;

  • Grafik muharrirlar;

  • Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari;

  • Tarmoqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan dasturlar va boshqalar.

  • Pedagogik dasturiy vositalarga quyidagilarni misol qilish mumkin:

  • o‘quv-o‘yin dasturlari;

  • o‘rgatuvchi va mashq qildiruvchi dasturlar;

  • test dasturlari;

  • elektron o‘quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy vositalar;

  • ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar.

Informatika o‘qitish metodikasi tashkiliy ta’minot sohasida pedagogik dasturiy vositalar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida samarali qo‘llash masalalarini hal etadi.
Informatika o‘qitish metodikasi texnik ta’minot sohasida quyidagi masalalarni hal etadi:

  • o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni tanlashni iqtisodiy asoslash;

  • kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash.

Informatika fani tez rivojlanib borayotgan fan hisoblanadi.
Keyingi o‘n yil ichida informatikaga juda ko‘p yangi tushunchalar kiritildi, yangi nazariyalar paydo bo‘ldi, yangi kompyuterlar va ularning qurilmalari yaratildi. Shuning uchun o‘quv kursining mazmuni va tuzilishi doimo yangilab turilishi lozim.
Informatikaning rivojlanish tarixi va asosiy g’oyasining shakllanish jarayonlarini o‘rganish uchun tarixiy materiallardan foydalanish lozim.
Shunda informatika fani o‘quvchilar ko‘z oldida qotib qolgan va shakllanib bo‘lgan fan sifatida emas, balki rivojlanishda, ijodiy yaratuvchanlik jarayonida namoyon bo‘ladi.
Informatika fanidan ta’lim berishda uning boshqa fanlardan farqli tomonlaridan biri dars jarayoni ko‘proq ko‘rgazmali va amaliy ko‘rinishlarda olib borilishidir. Dars jarayonida quyidagi asosiy qoidalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

  • Informatika kursidagi turli mavzularning o‘zaro aloqalarini ko‘rsatuvchi sxemalar, plakatlar, klasterlardan foydalanish;

  • O‘zlashtirilgan mavzularni takrorlash va takomillashtirish;

  • Oldingi o‘tilgan materiallarni batafsil takrorlash;

  • Yangi materiallarni tushuntirishda u bilan oddiy, sodda va tabiiy aloqada bo‘ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarni qo‘shmaslik;

  • O‘quvchilarning o‘z fikrini bayon qilish usuli va shakllarini doimo kuzatib borish;

  • Har bir bo‘lim so‘ngida umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchi darslarni o‘tkazish.

Dars jarayonida ko‘gazmali vositalarni namoyish qilishda hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan videoproektor qurilmasidan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Videoproektor yordamida kompyuter ekranidagi tasvirlarni katta ekranga proeksiyalash iishlarini amalga oshirish mumkin.



Download 248.33 Kb.
  1   2




Download 248.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektron o‘quv-metodik va dasturiy ta’minot Amaliy mashg’ulotdan maqsad

Download 248.33 Kb.