• 2.K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi
  • Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrlarda pedagogika fani. Ya. A. Komenskiy va K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi Kirish




    Download 118.93 Kb.
    bet10/11
    Sana16.12.2022
    Hajmi118.93 Kb.
    #35223
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Behruz kurs ishi
    № 11. Mavzu 2.04.Kompyuter tarmoqlari va internet-, I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar-fayllar.org, TEXNOLOGIK XARITA O`QUV MASHG`ULOTI OYD, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, Mavzu Matnli masalalarni yechish usullari Reja, Opa-singillar, 1. Badiiy o`qish asoslari....Jo`rayeva Gulbahor, 444348, ИННОВАЦИОННОСТЬ МАЛЫХ И СРЕДНИХ ПРЕДПРИЯТИЙ tek, Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi
    Intizomni tarbiyalash vositalari:
    1. Maktabning xamma soxasida doimiy shaxsiy namuna kursatish;
    2. Tushuntirish, pand-nasixat;
    3. Tanbex berish;
    4. Jazo berish.
    Yukoridagi vositalardan yana bir muximrogi ukituvchilar samimiy kayfiyati,
    yaxshi namunasi, shirin suzi, samimiyati va ochik, kungilligi bilan
    tarbiyalanuvchilarni tarbiyalasa kuyilgan maksadga albatta erishadi.
    12
    Komenskiy pedagogik merosini urganish xar bir ukituvchi uchun kuyidagi
    muammolarni xal kilishga yordam beradi: pedagogika ilmiy-nazariy asoslari,
    didaktika olamidagi sir-asrorlar — ta’lim-tarbiya tizimi, ta’lim mazmuni, dars-sinf
    tartib-koidalari, axlokiy tarbiya masalalari, ukituvchi — shaxsi.
    Komenskiy merosi jaxrn pedagogika fani rivojlanishida yulchi yulduzdir.


    2.K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi
    Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib, pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik gʻoyasi — tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan. Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim omillaridan biri sifatida qaragan. Ushinskiy ning axloq va axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson tarbiya predmeti sifatida" degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan. Maktabda ona tili darsiga katta ahamiyat berdi. Uning "Bolalar dunyosi va xrestomatiya", (1861), "Ona tili" (1864) kabi darsliklari mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv kitoblaridir.[1]
    Ushinskiy “Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Chunonchi, sezgilarning fiziologik asoslari: xotira, idrok, nutq, tafakkur kabi psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi yoritilgan. Bu asarda psixik hodisalarning ro'y berishi haqida xulosalar chiqariladi. K. D. Ushinskiy pedagogik tizimga xalqchillik prinsipini asos qilib olgan. Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi degan iborani xalqning barcha bolalarini maktabda o'qitish, ona tilini ta`limning asosi qilib olish, bolalarga o'z vatanlari tarixidan, geografiyasidan, tabiatidan keng bilim berish deb bildi. Xalq ruhi bilan sug'orilgan tarbiya bolalarga vatanga muhabbat, vatan oldidagi burchlarini sezish hissini o'stirish va butun kuchlarini vatan, xalq xizmatiga qaratilgan bo'lishi lozim. • Ushinskiy kishi kamolga yetgan bo’lishi uchun uning aqliy, jismoniy va axloqiy o’sishi bir-biriga uyg’un bo’lishi kerak deb bildi.
    Ushinskiyning fikricha axloqiy tarbiyaning vositalari qo’yidagilar: 1. Ta`lim; 2. O'qituvchining shaxsiy namunasi yoshlar qalbiga quyosh nuridek ta`sir etadi. 3. E`tiqod bolalarda-e`tiqodni tarbiyalamay turib ular qalbini rivojlantirib bo'lmaydi. 4. O'qituvchining mohirligi bilan munosabatda bo'lishi (pedagogik odob). 5. Ogohlantirish. 6. Qiziqtirish va jazolash. Ushinskiy insonning to'g'ri rivojlanishida zarur shart mehnat deb biladi. Mehnat moddiy boylik yaratadi, insonning aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan takomillashtiriladi, qadr-qimmatini oshiradi. U jismoniy mehnat bilan aqliy mehnatning birlashtirilishini talab qildi. “O'qish ham mehnatdir va mehnat bo'lib qoladi, ammo to'la ma`noli mehnat bo'lishi lozim” – deb hisoblaydi. Ushinskiyning fikricha ta`lim tamoyillari quyidagilar: 1) ta’lim bolalarning kuchi etadigan bo'lishi; 2) izchillik; 3) ko'rsatmalilik; 4) puxta va mustahkamlilik. Ushinskiy ko'rsatmalilik prinspini kishining yoshi va psixologiyasidagi xususiyatlar nuqtai nazaridan asosladi. U ko'rsatmali vositalariga suratlar, kolleksiyalar, modellar va hokozolarni kiritgan.
    K. D. Ushinskiy o'qitish prinsipiga asoslangan holda boshlang'ich ta`limga doir darsliklar ham tuzdi: 1. Ona tili darsligi – bu alifbedan boshlanadi, bunda bolalarning fikrini o'stirish va tasavvurlarini kengaytirish ko'zda tutilgan. 2. Bolalar dunyosi darsligi – bu 3 -4 sinfga mo'ljallangan bo'lib, bunda bolalarga geografiya va tabiyotdan boshlangich ma`lumot berishi ko'zda tutilgan. Ushinskiy ta`lim jarayonida ikkita bosqich borligini ko'rsatdi: birinchidan, bolalar o'qituvchining rahbarligi bilan buyum yoki hodisani kuzatadilar va shu buyum yoki hodisa xaqida umumiy tushuncha xosil qiladilar. Buning o'zi uchga bo'linadi: 1. Bolalar o’qituvchining rahbarligida buyum yoki hodisani bevosita o'zlashtiradilar. 2. O’qituvchining rahbarligida o'rganilayotgan buyum yoki hodisa to'g'risida olgan tasavvurlarini bir-biridan ajratadi, farq qiladi, solishtirib ko'radilar ular to'g'risida tushuncha xosil qiladilar. 3. O’qituvchi o'zi izoh berib, bolalar olgan tushunchalarni to'ldiradi, asosiy jihatlarini ikkinchi darajali jihatlardan ayirib, tushunchalarni bir tizimga soladi.
    Xulosa
    Inson yaratilishi, paydo bo’lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, hayot kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko’rinishlaridanoq tarbiya bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tug’ildi, desak biz tarbiyani faqatbir tomonini, ya’ni boshqalarni yana hamxususiylashtirib, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda hamtor qaralgan bo’ladi. Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o’ziga qaratilgandir. Harbir kishi doimo hamaqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi. Ayrim kishilar bu fikrga qo’shilmasliklari mumkin. Chunki bunda jamiyatdagi o’rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, etishmovchiliklar bor ekan-da, degan xulosa chiqarmasligi kerak. Chunki olamning moddiy-ma’naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy - ma’naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorligini ta’minlash imkoniyatlari, uning aqliy-axloqiy, jismoniy rivoji, o’sishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.

    Tabiatdagi, jamiyatdgi muammolar insoniyatni ma’naviy-aqliy rivojlanishiga yo’naltirib unga õziningyangi-yangi xazinalarini ochib beraveradi.


    Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko’nikmalar hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.

    Pedagogika fani o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Asosiy pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o’qitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda, biz va insoniyatni ilmiy bilimlar hayot uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish qobiliyatlarini o’stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz.



    Download 118.93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 118.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrlarda pedagogika fani. Ya. A. Komenskiy va K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi Kirish

    Download 118.93 Kb.