• Kurs ishining tuzilishi va tarkibiy qismlari
  • I bob. Eng qadimgi davrlarda XIX asrlarda pedagogika fanining rivojlanishi 1. Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
  • Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrlarda pedagogika fani. Ya. A. Komenskiy va K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi Kirish




    Download 118.93 Kb.
    bet2/11
    Sana16.12.2022
    Hajmi118.93 Kb.
    #35223
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Behruz kurs ishi
    № 11. Mavzu 2.04.Kompyuter tarmoqlari va internet-, I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar-fayllar.org, TEXNOLOGIK XARITA O`QUV MASHG`ULOTI OYD, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, Mavzu Matnli masalalarni yechish usullari Reja, Opa-singillar, 1. Badiiy o`qish asoslari....Jo`rayeva Gulbahor, 444348, ИННОВАЦИОННОСТЬ МАЛЫХ И СРЕДНИХ ПРЕДПРИЯТИЙ tek, Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi
    Kurs ishining maqsadi: Eng qadimgi davrlarda XIX asrlarda pedagogika fanining rivojlanishi, Ya.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini o’rganish;
    Kurs ishining vazifalari:
    - Pedagogika tarixining maqsad va vazifalari tahlili;
    - Eng qadimgi davrlardan XIX asrlarda pedagogika fani. Ya.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi haqida o’rganish;
    - Ya.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosining amaliy faoliyatda tutgan o’rnini ko’rib chiqish;
    Kurs ishi o’quv-metodologik va monografik adabiyotlar, matbuot nashrlari, qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan.
    Kurs ishining tuzilishi va tarkibiy qismlari: ishning tarkibi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
    Kirish qismida mavzuning dolzarbligi hamda tadqiqotning maqsad va vazifalari o’z aksini topgan.
    I bobda eng qadimgi davrlarda XIX asrlarda pedagogika fanining rivojlanishi aks etgan.
    II bobda Ya.A.Komenskiy va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi yoritilgan.
    Xulosa qismida kurs ishining natijalari umumlashtirilgan va pedagogika va pedagogik tafakkurini rivojlantirish sohasida O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida xotima o’rnida aytib o’tilgan.


    I bob. Eng qadimgi davrlarda XIX asrlarda pedagogika fanining rivojlanishi
    1. Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
    Insonni dunyoga kelishi, faqattug’ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug’ilgandan keyin o’z zamonasining taraqqiyotidarajasiga ko’tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod õziningyashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tug’ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda o’zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo’la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqidabilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi. Pedagogika atamasi hamqadimiy bo’lib, “bola etaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydogogos” so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (bola etaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o’qitilgan va pedagoglikni o’ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
    Pedagogika fanining maqsadi: Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun xolatdagi muammolarini xal kilish; Talim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dune talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini etiborga olib, talim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilgor tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash; Uzluksiz talim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini xal kilish; Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ni amalga oshirish;
    Pedagogika fanining vazifalari: Sharq va Garbda xalq yaratgan xalq ogzaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, marifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilgor goyalarini organib, tahlil qilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini organish; Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash; Pedagogikadagi talim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish; Talim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan boglab, bolajak oqituvchilarga orgatish;
    Yosh davrlari pedagogikasi mazkur guruhlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy-tashkiliy ishlarning qonuniyligini tadqiq etadi hamda eng avvalo ularni tarbiyalanuvchilarning oquv muassasalari shart-sharoitlarida amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi; Katta yoshdagilar pedagogikasida oliy oquv yurti shart-sharoitlarida yoshlarni tarbiyalashning nazariy masalalari va metodikasini ishlab chiqadigan pedagogika tarmogi sifatida oliy oquv yurti pedagogikasining shakllanayotganligi, uning aniqlashib borayotganligi kozga tashlanadi; Milliy armiyamiz uchun mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy oquv yurtlarida yoshlarga talim berish hamda tarbiyalash muammolari bilan harbiy pedagogika sohasi shugullanadi; Bulardan tashqari oila pedagogikasi bugungi kundagi dolzarb vazifalardan birini tashkil etib, oilalarda, oila markazlarida, mahallalarda, jamoat tashkilotlarida, oila-nikoh muassasalarida amalga oshirilayotgan tadbirlarda namoyon boladi; 
    Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Asosiy pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o’qitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda, biz va insoniyatni ilmiy bilimlar hayot uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish qobiliyatlarini o’stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Ta’lim o’z darajasi va vazifasiga qarab maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limi, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limdan iborat bo’lib, ular uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi. Kelajakdagi ixtisosligidan qat’iy nazar, har bir kishi uchun bilim ko’nikma va malakalarni umumiy o’rta ta’lim maktablarda beradi. Kasb egallash uchun zarur bilim ko’nikma va malakalarni oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga qarashli o’quv yurtlarida oladilar. Ta’lim maxsus tayyorgarlik ko’rgan, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar rahbarligida amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir.

    Ta’lim pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o’quvchi-talabalarning (bilim olish, o’qish) faoliyatlaridan iborat qo’shaloq jarayondir.

    Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning natijasida ularni ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir.
    Bulardan tashqari difektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika hamshakllandi va maxsus o’quv maskanlarida o’qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (soqov bolalarni o’qitish va tarbiyalashda), tiflopedagogika(ko’zi ojiz bolalarni o’qitish), oligofrenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish) logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o’qitish) masalalari bilan shug’ullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog’i sifatida aniq fanlarni o’qitish va o’rganishning qonuniyatlari o’rganuvchi uslubiyot fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Harbir fanni o’qitishnig o’ziga xos yo’l-usullari mavjuddir. Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslub deb atashlari hambejiz emas. Hozirgi kunda o’quv yurtlarida tarix o’qitish, matematika o’qitish, til o’qitish uslubiyoti fani o’qitilmoqda.

    Keyingi yillarda, oila pedagogikasi, kasb-hunar ta’lim pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmoqda. Pedagogika umumiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi bilan uzviy bog’langan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixikasining o’zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning psixik rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o’rganish lozim. Shundagina samarali ta’sir ko’rsata oladi.


    "Pеdagogika fanining prеdmеti o’qitishning, ta'lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning mеtodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma'naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kеlib chiqadi. Olamning moddiy-ma'naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy-ma'naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan uzviy bog’liq.



    Download 118.93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 118.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrlarda pedagogika fani. Ya. A. Komenskiy va K. D. Ushinskiyning pedagogik merosi Kirish

    Download 118.93 Kb.