Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab tarbiyasi




Download 118.93 Kb.
bet3/11
Sana16.12.2022
Hajmi118.93 Kb.
#35223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Behruz kurs ishi
№ 11. Mavzu 2.04.Kompyuter tarmoqlari va internet-, I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar-fayllar.org, TEXNOLOGIK XARITA O`QUV MASHG`ULOTI OYD, Mustaqil ish reja Innovatsion va uning turlari. Innovatsion loy, Mavzu Matnli masalalarni yechish usullari Reja, Opa-singillar, 1. Badiiy o`qish asoslari....Jo`rayeva Gulbahor, 444348, ИННОВАЦИОННОСТЬ МАЛЫХ И СРЕДНИХ ПРЕДПРИЯТИЙ tek, Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi
2. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab tarbiyasi
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga to’q kishilarning farzandlari o’qishgan. «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan o’qishga undaganlar. Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarning quyi sinflarida Maktablarning yuqori sinflarda til, adabiyot, grammatika, matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya va diniy fanlar Misrda o’qitish, ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning farzandlari ham o’qiganlar. Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. Boshlang’ich maktablarga bolalar 5 -6 yoshdan jalb etilib, harflar o’rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo’lgan. Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan. Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar» da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo’qsa kaltak yeysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi» ,

• Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng «Agella» deb atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7 -18 yoshgacha davom etgan. Shu maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilgan. Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan: sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish sakrash madaniyat nayza otish qisqa so’zlashuv qo’l bilan jang qilish musiqa darsi.


Spartada 18 -20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» guruhda bolalarga harbiy ta’lim ular harbiy xizmatni o’taganlar. Spartada Efeblar qadimgi Yunonistonda balog’atga qizlar tarbiyasi yetgan o’spirinlar alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il bolalar bilan qizlar birga qo’shib o’qitilgan.


Masalan: Vatan dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko’rsatgan mardligi va jasurligi, qaxramonlar haqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi. «Kreptiyalar» da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirilar edi.Afinada esa xayot, tartib, intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi. Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix taraqqiy etgan edi.
Haykaltaroshlik, san’at, me’morchilik Afinada "grammatist", "polestra" "efeb", "gimnasiy", "demos" kabi maktab turlari mavjud edi. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il bolalar maktabga borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — ro’zg’or ishlariga o’rgatilga, xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13 -14 yoshgacha «grammatist» , (savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo’lib, haq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar. O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular 23 yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan. Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan. • «Efeb» maktabida 18 -20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi ham mavjud edi. Aholining ko’pchiligi bolalarini maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o’rgatar edilar.
Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o’zlari xat savod o’rgatganlar. Bu usul ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo’yilar edi.Suqrot er. av. (469 -399 y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o’rganish bo’lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan haqiqatni topishlariga undar edi. U tarbiyada axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi.
Platon er. av. (424 -347) yillarda yashagan. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo’lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo’lishi lozim.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog’i, hukmron guruxlarning manfaatlarini ko’zlamog’i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo’yilgan tarbiyachilar raxbarligida tarbiyalanishini tavsiya etadi. 7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o’qish, yozish, xisob, musiqa va ashula darslari o’rgatiladi. 12 -16 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy mashqlarni o’rgatadigan «Polestra» maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o’qitadigan maktablarda, 18 -20 yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o’rgatiladi. Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so’ng qobiliyatli va iqtidori bo’lgan yigitlar falsafa ilmini o’rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o’taydilar. Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mehnatga nafratni singdirish, quldorlar manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi. Uning pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab chiqqanligidadir.
Arastu av. (384 -322) yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Arastu birinchi bo’lib yoshni davrlarga bo’lish mezonini ishlab chiqishga uringan olimdir. U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0 -7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha; 14 -21 yoshgacha bo’lgan davrlarga bo’ladi. Uning fikricha, bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi, go’dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o’qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya birbiri bilan uzviy bog’langan deb xisoblaydi. U bolalarga boshlang’ich ta’lim berish vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o’qish, yozish, grammatika, rasm va musiqani o’rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o’smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni o’rganishlari lozim deydi. Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga o’xshashi mumkin emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklarning tabiatidan farq qiladi deb xisoblaydi. Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi.
Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi. Demokrit er, av, (460 -370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surgan olim bo’lib, u "Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi" deydi. «Ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni xosil qiladi» deb tarbiya ishida mehnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mehnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib, yoshlarga mehnat tarbiyasi berishning usullarini ko’rsatib berganligidadir.Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji Mark Fabiy Kvintilian – mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi maxsus pedagogik qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan. Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, «Bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O vospitanii oratora» , 1 -qism, 3, 8 -betlar). Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo’ya xattiharakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachipedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi. Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa o’tkir xotira, badiiylikni his etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd etadi.
Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq o’qib chiqiladi, so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi.



Download 118.93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 118.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab tarbiyasi

Download 118.93 Kb.