Mavzu: Favqulotlarda vaziyatlarda aholiga tibbiy yordamni tashkil etish




Download 21.6 Kb.
Sana20.05.2023
Hajmi21.6 Kb.
#62316
Bog'liq
Favqulotlarda vaziyatlarda aholiga tibbiy yordamni tashkil etish.
empty2, empty3, ochiq dars 7b, 11-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ, 64533, DOCTYPE html, BI reja

Mavzu: Favqulotlarda vaziyatlarda aholiga tibbiy yordamni tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatishni tashkil etish yanada dolzarb masala hisoblanadi. Chunki favqulodda vaziyatlar sodir boʼlgandan soʼnggi birinchi soatlar butun diqqat eʼtibor jabrlanganlar hayotini saqlab qolishga qaratiladi. Tibbiy taʼminot masalasida — jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish ishlarini tashkil qilish masalasida kechikishlarga, sustkashliklarga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi. Favqulodda vaziyat sodir boʼlgandan soʼnggi birinchi soatlarda hammaning diqqat eʼtibori jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatishga qaratilishi, buning uchun zarur boʼlgan barcha kuch va vositalar favqulodda vaziyat joyiga safarbar qilinishi lozim. Oʼtgan davr mobaynida favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarga imkon darajasida tez va sifatli tibbiy yordam koʼrsatish ishlarini tashkil qilish borasida koʼplab izlanishlar olib borildi.
1999-2005 yillar davomida sogʼliqni saqlash tizimini islohot qilishga moʼljallangan dastur doirasida “Halokatlar tibbiyoti” xizmati yoʼlga qoʼyildi. Buning uchun poytaxtimizda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy Markazi, viloyatlarda uning filiallari, tumanlarda esa sub filiallari ochilib, u yaxlit bir tizimga — shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga aylantirildi. Bu tizim tez tibbiy brigadalari va sanitar aviatsiya funktsional tizimlari bilan kuchaytirildi. Natijada tuman markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʼlimlarida har xil toifadagi shifokorlar, jumladan, jarroh, reanimatolog, terapevt kabi mutaxassislarning doimiy navbatchiligi tashkil etildi va ular tomonidan sutkaning hohlagan paytida jabrlanuvchilarga tibbiy yordam koʼrsatish imkoni paydo boʼldi. Shoshilinch yordam xizmati tashkil etilguniga qadar esa bunday sharoit mavjud emas edi. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyat hududiga obʼektlarning ishchi xizmatchilarini, aholini, oʼquvchi va talabalarini (ularning kuch va vositalarini) jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Jabrlanuvchilarni favqulodda vaziyat hududidan kasalxonagacha yetkazib borish, kasalxonada tibbiy yordamni davom ettirish va oxirigacha davolash ishlarini oʼz ichiga oladi. Bu bosqichda asosiy vazifa tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatiladi. Biroq bu bosqichda ham jabrlanganlarni tashish uchun tibbiy mashinalar yetarli boʼlmaganda ularga qoʼshimcha transport vositalari (avtobus, yuk mashinasi, yengil mashina va h.) ajratish lozim boʼladi. Ushbu mashinalar esa iqtisodiyot obʼektlaridan olinadi. Favqulodda vaziyat sharoitida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish ularning ogʼirlik darajasiga qarab amalga oshiriladi, yaʼni tibbiy yordam avval ogʼirlarga keyin nisbatan yengillarga koʼrsatilishi lozim. Shunday qilib yuqorida keltirilganlarga asoslanib quyidagicha yakuniy xulosa chiqarishimiz mumkin:
1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida aholiga tibbiy yordamni tashkil qilish faqatgina tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatilmasdan bu tadbirga barcha xizmatlar, shu jumladan iqtisodiyot obʼektlari kuch va vositalari jalb etiladi. Bu xizmatlarni jalb etish ishlari hokimiyat, uning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha shtablari yoki komissiyalari zimmasiga yuklatiladi
2. Bizning mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch yordam xizmati doirasida va bu doiradan tashqari jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish ishlariga jalb etiladigan koʼplab tibbiy brigadalar tashkil etilgan va bu brigadalar favqulodda vaziyat joyiga shu tuman va viloyat brigadalaridan tashqari qoʼshni tumanlardan, qoʼshni viloyatlardan, respublikadan, zarurat boʼlsa bir necha viloyatdan jalb etilishi mumkin.
3. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordamni oʼz vaqtida boshlash va samarali tibbiy yordam koʼrsatish masʼuliyati obʼektlar fuqaro muhofazasi xodimlari zimmasiga koʼplab vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalar oldindan sanitar drujina yoki sanitar postlar tashkil qilish, ularni tibbiy vositalar bilan taʼminlash va imkon darajasida koʼp ishchi xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga oʼrgatishdan iborat boʼladi.
4. Jabrlanuvchilarga tibbiy yordamni tashkil qilish va ular hayotini saqlab qolish boʼyicha barcha tadbirlarning toʼgʼri tashkil etilishi va samaradorligi FV hududiga tibbiy kuch va vositalarning tezlik bilan olib kirilishiga, toʼgʼri saralanishiga yaʼni, birinchi navbatda kim kasalxonaga joʼnatilishini aniqlab olishga va zudlik bilan evakuatsiya qilishga bogʼliq.
5. Favqulodda vaziyatlar sharoitida tibbiy yordamning samaradorligi imkon darajasida koʼp kishilarning birinchi tibbiy yordam qoidalarini bilishlariga bogʼliq boʼladi. Shuning uchun ishchi-xodimlarni, talabalarni va aholini oldindan birinchi tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga oʼqitish muhim ahamiyatga ega.
Download 21.6 Kb.




Download 21.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Favqulotlarda vaziyatlarda aholiga tibbiy yordamni tashkil etish

Download 21.6 Kb.