Mavzu: Fizalogiya fani, rivojlanish,tibbiyotda axamiyati. Fizalogik tekshiruv usuli. Fiziologiya




Download 24.84 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi24.84 Kb.
#22493
Bog'liq
1mavzuWord (4)
1234567, kiber 2, 6-cинфлар учун-hozir.org, klastir, file 15649, Falsafa asoslari, LOGISTIK TIZIMLAR, مرفق (1), Mavzu Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari-fayllar.org, Yol barakat qoidalar 150-test, buxgalteriya savollar 1, Reja Shaxsni kasbiy kamoloti-hozir.org, referat

Mavzu:Fizalogiya fani, rivojlanish,tibbiyotda axamiyati. Fizalogik tekshiruv usuli.

Fiziologiya (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga. javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi.
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi.
Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya, miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi.
F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum. Gippokrat ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati toʻgʻrisida xabar beriladi. Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan. U. nerv sistemasi, yurak va boshqa organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab organizmlar har xil sistemalarining anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy, M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilishi natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl hayvonlar hayotida havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda kislorodning ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi (1649); uning bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa, F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy elektrofiziologiyaga asos solindi.
19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar funksiyasini batafsil oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati mexanizmini oʻrganishga asos solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va oʻtkazuvchanlik funksiyalari toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari); eshitish va koʻrish taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va yuraktomir faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish faoliyatining fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari ochib beridsi (nemis olimi R.Geydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari kashf qilindi va fiziologik funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar); qonning transport va himoya funksiyasi koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi (gomeostaz) va uning mexanizmlari toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar, I.I.Mechnikov).
20-asrda fiziologik eksperimentlarda elektron kuchaytirgichlar, katodli ossillograflar, elektron mikroskop va boshqalardan foydalanish tufayli fiziologik funksiyalarni tadqiq qilish imkoniyatlari kengaydi. Buning natijasida hujayrada kechadigan va organizm barcha funksiyasi asosini tashkil etadigan jarayonlarni bevosita oʻrganish mumkin boʻldi. Xususan, tashqi qoʻzgʻatuvchilar retsepsiyasining hujayra mexanizmi, nerv impulslarining paydo boʻlishi va tarqalishi, sinaptik oʻtkazish va tormozlanish tabiati; muskul qisqarishi va sekretsiya mexanizmlari aniklandi; retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga uzatiladigan signallarning kodlanishi va uzatilishi, nerv markaziga yetib keladigan axborotning har xil darajada qayta ishlanishi ochib berildi. I.P.Pavlov va shogirdlari shartli reflektorlik va ong asosini tashkil etadigan, bosh miya oliy boʻlimlarida kechadigan nerv jarayonlari umumiy qonuniyatlarini koʻrsatib berishdi. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasini oʻrganish tufayli F.ning mustaqil soxasi — endokrinologiya paydo boʻldi. Gormonlar va mediatorlar tarkibi aniqlanib, koʻpchilik gormonlar va ular taʼsirini tormozlovchi moddalarning sintezlanishi zamonaviy farmakologiyaning asosi boʻldi. Nafas olish, yuraktomir, ekskretor va boshqa sistemalar funksiyasining hujayra va sistema mexanizmlari ham batafsil oʻrganildi. A.M.Ugolov va shogirdlari tomonidan oziq moddalarning ichak membranasida hazm boʻlishi mexanizmi ochib berildi.
Zamonaviy F.da odam va hayvonlarning psixik faoliyati mexanizmini oʻrganishga katta eʼtibor berilmokda. Bu muammoni hal etishda bosh miya yarimsharlari funksiyasini batafsil oʻrganish, shartli reflekslar nozik neyronal mexanizmlarini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega. Hozirgi uyqu, emotsional va eksperimental nevrozlar mexanizmi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli sensor sistemalarning axborotni qabul qilishi, uzatishi va qayta ishlashini oʻrganishda olingan maʼlumotlar nutqning shakllanishi, uni tushunib olish, koʻrilgan obrazlar va eshitilgan tovush signallarini farklash mexanizmini bilishga yordam beradi. Odam turmushi va mehnat sharoitiga turli ekstremal omillar (emotsional stress, iqlim va boshqalar) taʼsirini va muxit sharoitiga organizm moslashuvini tadqiq qilish ham bugungi F.ning vazifasiga kiradi. Miya xotira funksiyasiga taklid qiladigan modellarning yaratilishi zamonaviy F.ning eng soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi.
Oʻzbekistonda F. sohasidagi tadqiqotlar A.Yu.Yunusov, B.O. Toshmuhamedov, I.V.Danilov, A.I.Izrael, A.S. Shatalina, Z.T.Tursunov va boshqa nomi bilan bogʻliq. F. sohasidagi asosiy tadqiqotlar oʻta noqulay sharoitga organizmning moslashuvi muammolarini oʻrganishga oid. Issiq iqlim sharoiti gipodinamika (kam harakat), giperdinamika (koʻp harakat), ogʻriq, yetarli ovqatlanmaslik va boshqa omillarning ovqatning ichakda hazm boʻlishiga taʼsiri mexanizmining ochib berilishi muhim tadqiqotlardan hisoblanadi (K.R.Rahimov, B.Z.Zaripov, Sh. Q. Qurbonov, B.A. Sodiqov, E.S.Mahmudov va boshqalar). Bir qancha ishlarda oʻt suyukligining oziq moddalarga taʼsiri (U.Z.Qodirov), ichakdagi gidrolitik va transport sistemasi rivojlanishining ona va bola gormonal holati bilan bogʻlikligi koʻrsatib berildi (L.S.Qoʻchqorova). Keyingi yillarda F. sohasida oʻzbek tilida bir qancha darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratildi (U.Z.Qodirov, Sh.Q.Qurbonov, K.T. Almatov, Q. Sodiqov va boshqalar). Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi . Reja . 1. Fiziologiya fani uning tibbiyotda tutgan o'rni . 2. Organizmni a'zolar sistemasi va alohida a'zolar to'qimalar , hujayraning hayotiy faoliyatini o'rganish . 3. Fanga hissa qo'shgan olimlar V.M Bexterov , P.A. Zagorskiy , Kladviy Galen , I.P.Pavlov , V.P. Varobyov . 1. Fiziologiya fani tirik organizm , undagi a'zolar , to'qimalar , xujayralar va xujayra tarkibiy elementlarining xayot faoliyati ( funktsiyasi ) jarayonlarini , organizmning tashqi muxit bilan munosabatini o'rgatadi . Fiziologiya funktsiyalarning turda va individda rivojlanishini , ularning doimo o'zgaruvchan tashki sharoitiga moslanishini o'rganadi . Odam organizmi funktsiyalarini chuqur o'rganish va shu tariqa faol ta'sir ko'rsatib , ularni zaruriy tomonga yonaltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir . Fiziologiya bu stabil bo'lgan , bir - biri bilan boglangan bir qancha fanlarga bo'linadi . Fiziologiyani avvalo umumiy va xususiy solishtirma va evolyutsion , shuningdek , ixtisoslashgan ( yoki amaliy ) va odam fiziologiyalariga bulish mumkin . Umumiy fiziologiya - muxit ta'siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini , har bir organizmga xos bo'lgan hayotiy jarayonlarni urganadi . Xususiy fiziologiya - tukimalar ( muskul , nerv va b . ) , a'zolar ( miya , yurak , buyrak va b . ) , tizimlar ( xazm , qon aylanish , nafas va b . ) funksiyalarini o'rganadi . Solishtirma fiziologiya - har xil turlarga mansub bo'lgan organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funtsiyasining o'ziga xosligini o'rganadi . Evolyutsion fiziologiya - funktsiyalarni tur va individda rivojlanishqonuniyatlarini o'rganadi . Ixtisoslashgan ( eki amaliy ) fiziologiya ixtisosiga , bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm funksiyalarining o'zgarish qonuniyatlarini o'rganadi . Qishloq xo'jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba'zan odam fiziologiyasining ayrim kismlari ( aviatsion , kosmik , suv osti fiziologiyalari va b . ) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bulishi mumkin . Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bogliq Organizmda ro'y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funksiyalarning buzilganligini tushunish , kasalliklarni davolashning turri yo'llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin . Masalan , qon guruhlarining kashf qilinishi , qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos bo'ladi . Tibbiyot ham o'z navbatida fiziologiyaga g'oyat ko'p imkoniyatlarni yaratib berdi . Odamning turli kasalliklarini o'rganish ko'upchilik normal fiziologik jarayonlar mexanizmini tushunishga va ba'zi a'zolar funktsiyasini aniqlashga yordam beradi , 2. Organizmning tashkil topishi molekulyar ( viruslar ) , hujayra , to'qima , a'zo , a'zolar tizimi darajasida bo'lishi mumkin . Organizm rivojlanishning qaysi flziologik tinch holatdan qo‘zg‘alishho!atigao‘taoladi. Lekin «qo‘zg‘aluvchan to‘qima!an> atamasi faqat nerv, mushakva bez to‘qima!ariga nisbatan maxsus qo‘llaniladi, chunki bu to‘qimalarda qo‘zg‘alishhujayra membranasi bo‘ylab tarqaladigan elektr impulsining yuzaga chiqishi bilanbirga davom etadi.Qo ‘zg'aluvchanlik deb, tirik hujayraning berilgan ta’sirlarga qo‘zg‘alish bilanbirga javob berilishi tushuniladi. Qo ‘zg ‘alish - berilgan ta’sirlarga to‘qimalamingxususiy (nerv to‘qimasidan impulslaming o‘tishi, mushakning qisqarishi, bezlamingshira ajratishi) va umumiy reaksiyalar (harakat potensialining generatsiyasi,metabolitik o‘zgarishlar) bilan javob berishi orqali namoyon boMadi.Tirik to‘qima!arda yuzaga keladigan elektr hodisalari, «hayvon elektri» haqidagi
ta’limot XVIII asming ikkinchi yarmida vujudga keldi.L. Galvani «Muskul harakatidagi elektr kuchlari to‘g ‘risidagi traktat» asarida(1791-y.) bu ta’limot haqida ma’lumot berdi. Galvani elektr mashinasi uchqunlariningflziologik ta’siri, shuningdek, momaqaldiroq vaqtida chaqmoq chaqqanida atmosferaelektrining ta’sirinio‘rganish bilan shug‘u!lanib,o‘ztajribalarida baqaning umurtqa pog‘onasi bilan birlashgan keyingi oyoq preparatidan foydalandi. Galvani ana shu preparatni hayvonning temir panjarasiga mis ilmoq bilan osib, baqa oyog‘i shamolda tebrangan vaqtda uning muskuliari panjaraga har gal tekkanda qisqarishiga e’tibor berdi. Galvani shunga asoslanib, baqaning orqa miyasida vujudga kelgan metal o‘tkazgichlar (ilmoq va ayvon panjarasi) orqali oyoq muskullariga o‘tadigan«hayvon elektri» oyoqning tortib olinishiga sabab bo‘lgan, deb xulosa chiqardi.Galvani tajribalarini A. Volta 1792-yilda takrorladi va Galvani tasvirlagan hodisa«hayvon elektri» emasligini, Galvani tajribasi baqaning orqa miyasida emas, balkiturli m etallar- mis va ruhdan hosil bo‘lgan zanjir tok manbayi ekanligini ko‘rsatibberdi. Voltaninge'tirozlariga javoban, Galvani endi metallardan foydalanmay tajribaqildi. Baqaning orqa oyoq terisi shilib olinsa, so‘ngra quymich nervining ildizlariorqa miyadan chiqqan joyga yaqin shu nerv qirqilsa va son bo‘yIab boldirgachaajratilsa, boldiming ochilgan muskullariga o‘sha nerv tashlansa, bu muskuilarqisqarishini ko‘rsatib berdi (Galvanining ikkinchi tajribasi). E. Dyubua-Reymonbu tajribani «nerv-muskul fiziologiyasining chin asosiy tajribasi», deb atadi.XIX asming 20-yillaridagalvanometr va boshqa elektr oMchash asboblari ixtiroqilingandan so‘ng, fiziologlar tirik to‘qimalarda yuzaga keladigan elektr toklamimaxsus fizikasboblaryordamida aniq o ‘lchash imkoniga ega boMdilar.Muskulning tashqi yuzasi ichki qismiga nisbatan m usbat zaryadli ekanligini vapotensiallaming tinchlik holatiga xos bo‘Igan bu farqi qo‘zg‘alish paytidakeskinkamayishini K. Matteuchi (1838-y.) multiplikatoryordamida birinchi martako‘rsatibberdi. Matteuchi «ikkilamchi qisqarish» degan tajribani o ‘tkazdi; qisqarayotganmuskulga ¡kkinchi nerv-musku! preparatining nervi tekkizilsa, bu preparatning
muskuli ham qisqaradi. Matteuchi tajribasi shu bilan izohlanadiki, qo‘zg‘alish paytida muskulda ro‘y beruvchi harakat potensiallari birinchi muskulga tegib turgan nervni qo‘zg‘atadigan darajada kuchli boMadi, bu esa ikkinchi muskulning ham qisqarishiga sabab bo‘ladi.Tirik to‘qimalardagi elektrik hodisalari haqidagi ta’limotni XIX asming 40-50- yillarida E. Dyubua-Reymon, L. Germán, Yu. Bemshteyn va boshqalar ham mukammal 0‘rgandilar va qo‘zg‘aluvchan to‘qimaíarda yuzaga chiqadigan elektrik hodisalar hujayra membranasining elektrik xossalariga batamom bog‘liq ekanligini to‘la-to‘kis isbotladilar. H u jay ra m em b ra n a sin in g tuzilishi va asosiy xossalari. Zamonaviytasavvuriarga ko‘ra, biologik membrana- barcha tirik hujayralaming tashqi qavatini hosil qiladi. Membrananing o‘ziga xos belgisi, bu ulaming doimo yopiq maydonnihosil qilib turishidir. M embrananing bunday mikroskopik tuzilishi muhimñinksiyalami amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.1. To 'siq (barer) fu n k siy a si-membrana bu mexanizm yordamida konsentratsiongradiyentlami yuzaga chiqaradi va o ‘z navbatida erkin diffuziyalanishga to‘sqinlik qiladi. Bunday sharoitda membrana elektrogenez mexanizmlarida ishtirok etadi. Bularga tinchlik potensialini hosil bo‘lish mexanizmi, harakat potensialininggeneratsiyasi, bioelektrik impulslarining bir xil va har xil tabiatli qo‘zg‘aluvchan tuzilmalarda tarqalish mexanizm lari kiradi.2. Boshqarish funksiyasi - bu fimksiyaning mohiyati shundan iboratki, hujayra tashqarisidagi biologik faol moddalaming retsepsiyasi natijasida membranadagi fermentlar faolligining ortishi va ikkilamchi mesenjerlar mexanizmining ishga tushirishi hisobiga hujayra ichi suyuqligi tarkibini va reaksiyalarini boshqarib turadi.3. Noelektrik tashqi stimullaming (retseptorlarda) elektrik signallarga aylanishi.4. Neyromediatorlarning sinoptik oxirlariga ajralishi.Z am onaviy e le k tro n m ikroskop yordam ida aniqlanishicha hujayra membranasining qalinligi (6-12nm). Kimyoviy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, membrane asosan lipidiar va oqsillardan tuzilgan, ulaming miqdori turli hujayralarda turlichadir.Hujayra m embranasidagi molekular mexanizmlami o ‘rganilishning qiyinligi shundaki, hujayra membranasi tozalab yoki ajratilib olinganida uning funksiyasi
buziladi. Hozirgi vaqtda hujayra membranasining bir necha modellari mavjud bo‘lib,bulardan eng ko‘p tarqalgani suyuq-qurama modelidir. Bu modelga ko‘ra, membrana - ikki qavat fosfolipid molekulalardan tashkíl topgan. Molekulalami gidrofobqismi ichkariga vagidrofil oxirlari esasuv fazasi tomon yo‘na!gan bo‘ladi. Bunday tizimning ikki fazaga boMinishiga, ya’ni hujayra ichi va tashqarisigajudamos keladi.Fosfolipid qavatga gfobulyar oqsillar kirib turadi va chekka gidrofil qismlari suv fazasiga yo‘nalgan b o ‘lib, bular integrativ oqsillar deyiladi va turli funksiyalami, jum ladan retseptor, fermentativ, ion kanallarini hosil qilishda, molekula va ionlaming tashilishida ishtirok etadi. Ion kanallarining tuzilishi va funksiyalari. N a \ K*, Ca2+,CI' ionlari hujayra ichigavatashqarisigamaxsus suyuqlik bilan toMgan kanallarorqalio‘tadi. juda kichik boMib (diametri 0,5-0,7 nm), hisoblar shuni ko'rsatadiki, kanallaming umumiy yuzasi membrana umumiy yuzasining juda oz qismini tashkil qiladi.Hozirgi vaqtda har xil ionlar uchun turli ko‘rinishdagi kanallar mavjudligiisbotlangan. Ulaming ayrimlariga o‘ta xususiy, ayrimlari esa asosiy iondan tashqari, boshqa ionlami ham o‘tkazishi mumkin. Ion kanaüari membrananing ikki muhiro xossasini ta’minlaydi: bular selektivlik va o‘tkazuvchanlikdÍr.SelektivUkyoki tanlab o'tkazishni kanaldagi o‘ziga xos oqsil tizimlari amalga oshiradi. Ko‘pgina kanallarda ionlaming o ‘tkazilishi membrana potensialining kattaligiga bogMiq bo‘ladi. Kanallar o'zining funksional xarakteriga ko‘ra bir xil tabiatli emas, bu asosan kanalning kiradigan va chiqadigan sohasiga joylashgan oqsil tizimlarga bogiiq boMadi. Ion kanallarining ishlash jarayonini natriy kanali misolidako'rib chiqamiz. Taxmin qilishlaricha, nisbiy tinchlik holatida natriy kanali yopiq bo‘ladi. Hujayra membranasi depolyarizatsiyasining ma’lum darajasida faollashtiruvchi darvozalamingochilishi kuzatiladi va hujayra ichigaNa* ning kirishi kuchayadi, m-darvozalar ochilganidan bir necha millisekundlardan so‘ng, h-darvozalaming yopilishi kuzatiladi, bu darvozalar natriy kanallarining chiqish joyida boMadigan inaktivatsiya darvozalaridir. Hujayra membranasida inaktivatsiya hodisasi ju d a tez ro ‘y beradi va in ak tiv atsiy a darajasidepolyarizatsiyalovchi ta’simi kattaligiga va ta’sir etish vaqtiga bogiiq boMadi.
^ Bundan tashqari, kalsiy kanallari faoliyati ham katta qiziqish uyg‘otadi. Odatda,ko‘pgina holatlarda membrana ¡chiga kiruvchi kalsiy oqimi yetarli kattalikka ega bo Imaganligi sababli, hujayramembranasida depolyarizatsiyani chaqira olmaydi.Ko pgina holatlarda hujayra ichiga tushgan kalsiy «messenjer» yoki ikkilamchi tashuvchi vazifasini bajaradi. Natriy ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida kelib chiqqan hujayra membranasining depolyarizatsiyasi kalsiy kanallarini faollashtiradi. Kalsiy kanallarining inaktivatsiyasi birmuncha murakkabjarayondir. Bir tomondan, hujayra ichida erkin kalsiy konsentratsiyasining ortishi kalsiy kanallarining inaktivatsiyasiga olib keladi. Ikkinchí tomonidan esa, hujayra sitoplazmasi oqsillari kalsiyni o‘ziga biriktiradilar, bu o‘znavbatida kalsiy oqimini uzoq muddat bir xil kattalikda ushlab turishiga imkon beradi. Bu vaqtda natriy oqimi butunlay sekinlashadi. Yurak hujayralari faoliyatida kalsiy kanallarining ahamiyatijuda muhimdir.Tinchlik potensialí. Tinchlik holatida hujayraning ichki yuzasi tashqi yuzasiga msbatan manfiy potensialga ega. Tinch holatda bo‘lgan nervhujayrasi membrane potensialí taxminan 70-95 mV ga tengdir. Xodchkin va Xaksli nazariyalariga muvofiq, membrana potensialiningkattaligi birnechaomillargabog‘l¡q:harxil ionlar uchun hujayra membranasining selektiv o'tkazuvchanligi, hujayra sitoplazmasi va sirtida ionlar konsentratsiyasi har xil bo'lishiga, (ionlarassimmetriyasi), ionlar faol transportini ishlash prinsipiga vah. k. Lekin bu omillar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.Bu potensiailar farqi tinchlik potensialí yoki membrana potensialí deb ataladi. Tinchlik potensialini faqat mikroelektrodlar yordamida aniqlash mumkin, bu elektrodlar hujayra ichidagi potensiallami sezishga mo‘ljallangan. Mikroelektrod - shisha naychadan cho‘zib yasalgan ingichka kapillar, ya’ni kichik tomizgichdan ¡borat. Kichik tomizgich uchining diametri taxminan 0,5 mk. Kichik tomizgichga tuz eritmasi (3 M KSI) to‘ldiriladi, eritmaga esa metall elektrod botiriladi va o‘zgarmas tokning kuchaytirgichi ossillograf bilan birlashtiriladi. Mikroelektrod hujayrani qoplovchi membranasini teshib o‘tishi bilanoq, ossillograf nuri boshlang‘ich holatdan darhol pastga burilib, yangi sathda qaror topadí va hujayraning yuzasi bilan protoplazmasi o‘rtas¡dagi potensiallar o ‘zgarishini ko‘rsatadi. Hujayra membranasiga mikroelektrod shikast yetkazilmasdan kiritilsa, hujayra bir necha soatgacha faoliyat ko‘rsata oladi.Tinchlikpotensialining kelib chiqish mexanizmi. Tinchlik potensiali tabiatini tushuntirishda turli nazariyalarga murojaat etiladi. Bu muammo haqida hozirgi tasavvurlami birinchi bolib, yaratganlardan biri V. Yu. Chagovesdir. U 1896-yilda «Bioelektrik jarayonlarining ion tabiati» haqidagi fikmi bayon qildi va shu potensiallaming kelib chiqishini izohlash uchun elektrolitik dissotsiya nazariyasini tatbiq etishga urinib ko'rdi. K eyinchalik Yu. Bernshteyn «M em brana-ion nazariyasi»ni o!g‘a surdi. Bu nazariyani A. Xodckin va A. Xaksli (1952-y.)takomillashtirib, tajribalarida isbotlab berdilar. Hozirgi kunda bu nazariyani ko'pchilikolimlare’tirofetadilar. Membrana-ion nazariyasiga muvofiq, potensiallar hujayraningichida va sirtida «K+, Na+, Cl» ionlari konsentratsiyasining har xilligidan va membrana bu ionlaming turlicha o‘tkazuvchanIigidan kelib chiqadi. Nerv va muskul hujayralariníng sirtidagi suyuqlikka nisbatan protoplazmasida kaliy ionlari 20-50 baravar ko‘proq, natriy ionlari 8-10 baravar kamroq va xlor ionlari esa 50 baravar kamdir. Bu holatning sababi shundaki, hujayra membranasi qo‘zg‘almagan paytida kaliy ionlarini yaxshi o‘tkazadi va aksincha natriy ionlarini yomon o'tkazadi. Bu natriy va kaliy izotoplari yordamida o‘tkazilgan tajribada isbotlangan.Membrana potensialining kelib chiqish mexanizmim Bemshteyn-Xodchkin nazariyasi bo‘yicha quyidagi m odel-tajribada ko'rib chiqamiz. Sun’iy yarim o’tkazuvchan membrana bilan ajratilgan idishning o‘ng yarmiga konsentrlangan K2 C 04 eritmasi to‘ldiriladi, chap yarmiga esa kamroq konsentratsiyali kaliy sulfat eritmasi solinadi. Idishning ajratib turgan membrana teshiklari musbat zaryadli K1 ionlarini bemalol o'tkazadi, lekin manfiy zaryadli C04~ ionlarini o ‘tkazmaydi.Konsentratsiya gradiyenti (tafovut) borligi sababli K* ionlari membrana orqali idishning o ‘ng yarmidan chap yarmiga diffuzlanib bemalol o‘ta boshlaydi. Bunga qarama-qarshi oMaroq, membrana orqali o‘ta olmagan manfiy zaryadli ionlar, ya’ni S O / ionlar membranasining o‘ng yuzasida to'plana boshlaydi. Ular manfiy zaryadi bilan K ionlarini elektrostatik yo‘l bilan ushlab turadi. Buning natijasida membrana qutblanadi; uning ikki yuzasi o‘rtasidagi potensiallar farqi yuzaga chiqadi.
Download 24.84 Kb.




Download 24.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Fizalogiya fani, rivojlanish,tibbiyotda axamiyati. Fizalogik tekshiruv usuli. Fiziologiya

Download 24.84 Kb.