Mavzu: Fosfat xomashyolaridan efk ishlab chiqarish. Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (efk) olish uchun 93% LI sulfat kislota ishlatish afzaldir




Download 140 Kb.
bet1/3
Sana18.05.2023
Hajmi140 Kb.
#61192
  1   2   3
Bog'liq
EPK ishlab chiqarish texnalogiyasi
Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslari (N.Yusupbekov)

Mavzu: Fosfat xomashyolaridan EFK ishlab chiqarish. Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (EFK) olish uchun 93% li sulfat kislota ishlatish afzaldir. Bunda texnologik jarayondagi suv balansi yaxshilanadi – gipsning yuvilishini ko’p miqdordagi suv bilan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Natijada chiqindiga chiqariluvchi fosfogips bilan yo’qotiladigan fosfat kislota va zararsizlantirish lozim bo’lgan oqava suvlar miqdori kamayadi.

Kislota konsentratsiyasining oshirilishi olinadigan fosfat kislotadagi P2O5 miqdorini o’zgartirmaydi, gips kristallanishining maqbul sharoiti orqali oldindan belgilanadi. Yanada yuqoriroq konsentratsiyali sulfat kislota ishlatilganda issiqlik ajralishi (suyultirish issiqligini ortishi hisobiga) keskin ortadi, uni esa sistemadan ajratib olish talab etiladi. Digidratli usulda fosfat kislota olishda fosfat xom ashyosi tarkibidagi barcha ftorning (asosan SiF4 tarzida) 3-5% igina gazli faza bilan ajraladi, taxminan 80%i EFKga, 15-17%i esa fosfogipsga o’tadi. Sovutish usuli va ventilyatorning uzatishga bog’liq holda ekstraktordan ajratib olinadigan gaz tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi, ftor hisobida 0,2-2,5 g/m3 ni tashkil etadi. Ekstraksiya sexida o’rnatilgan absorbtsiya sistemalari, asosan, chiqindi gazlarini tozalash uchun mo’ljallangan, bunda hosil bo’ladigan H2SiF6 ning kuchsiz eritmalari neytrallash stansiyalariga yuboriladi yoki fosfogipsni yuvish uchun ishlatiladi

Tabiiy fosfatlardan ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish ko’rsatkichlari analitik ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi: P2O5 ning texnologik unumi (Kunum,%), ya’ni P2O5 ning xom ashyodan fosfat kislotaga o’tish darajasi apatitni qayta ishlashda – 95-96% ni va turli fosforitlar uchun – 71-94% ni tashkil qiladi. U P2O5 ning eritmaga ajralish koeffitsenti (Kajr., %) dan 2-3% ga kichikdir. Buni fosfogipsni fosfat kislotadan yuvilishining to’la bo’lmasligi bilan izohlanadi: yuvilish koeffitsienti (Kyuvish, %) odatda 97-99% ni tashkil etadi. Vaholanki: Kunum = Kajr.۰Kyuvish/100 ga teng. Ekstraktsiyalashning digidratli usulida kislotaga P2O5 ning mahsulotli (xo’jalik) unumi 93-95% ni tashkil etadi, shunga mos ravishda 1 t P2O5 li mahsulotga 2,73-2,65 t apatit (1075-1045 kg P2O5) va 2,48-2,45 t (CaO ni bog’lash uchun stexiometrik me’yordagi, ya’ni 1 t apatitga 0,915 t) 100% li sulfat kislota sarflanadi. Fosforitlarni qayta ishlashdagi sarf koeffitsentlari apatitlarni qayta ishlashdagiga nisbatan: fosfat bo’yicha 1,5-2,3 marta; fosfat tarkibidagi P2O5 bo’yicha 1,02-1,27 marta; sulfat kislota bo’yicha 1,2-1,7 marta kattaroqdir. Xom ashyo harajatlari EFK ishlab chiqarish umumiy harajatlarining 70-80% ni tashkil etadi.


Download 140 Kb.
  1   2   3




Download 140 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Fosfat xomashyolaridan efk ishlab chiqarish. Fosforitlardan ekstraktsion fosfat kislota (efk) olish uchun 93% LI sulfat kislota ishlatish afzaldir

Download 140 Kb.