• 1-rasm. Germaniyaning budjet holati(foizlarda). 5
  • Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari




    Download 1.88 Mb.
    bet6/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.88 Mb.
    #60061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Reja Kirish-fayllar.org
    БАЁН, Konchilik ishi va metallurgiya, MATEMATIKA 11-SINF 2023, formula 9 geometrya, Презентация1, brend, Sayfullayeva Sabina Ibragim qizi
    Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
    Germaniya YaIM qiymati bo’yicha dunyoda 5-o’rinni, Yevropada esa 1-o’rinni egallaydi. YaIM miqdori 2017-yilda 4.199 trln AQSH dollarini, 2016-yilda 4.099 trln. AQSH dollarini tashkil etgan. YaIMning o’rtacha yillik o’sishi esa 2.5%ga teng bo’lgan(2017). Aholi jon boshiga 50800 AQSH dollaridan to’g’ri kelgan. YaIM tarkibining 0.7%ini qishloq xo’jaligi, 30,7 %ini sanoat, 68,6 %ini esa xizmatlar sohasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlariga kartoshka, bug’doy, shakar, karam, mevalar, sut mahsulotlari va chorva mahsulotlari kiradi. Sanoat sohasining asosiy tarmoqlariga esa mashinasozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, kemasozlik, tekstil, farmasevtika va kimyoviy dorilar ishlab chiqarish, temir va po’lat ishlab chiqarish kiradi. Po’lat va temir ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o’rinda turadi, shu bilan birga texnik jihatdan ham bu soha o’ta yuksak taraqqiy etgan.(2-ilovaga qarang)
    Ishchi kuchi soni 45.9 mln ga teng. Ularning 1.4%i qishloq xo’jaligi sohasida, 24,2%i sanoat sohasida, 74,3%i xizmatlar sohasida faoliyat olib boradi. Ishsizlik ko’rsatkichi 3.8 %. Shunisi ajablanarliki, Germaniya Federatsiyasidagi ishsizlik ko’rsatkichi hattoki moliyaviy inqiroz vaqtida ham nisbatan past ko’rsatkichlarni qayd etgan. Aholining “kambag’allik chizig’i”dan pastda joylashgan qismi 16.7%ni tashkil etadi.

    Budjet tarkibiga keladigan bo’lsak, 2017-yilgi holatga ko’ra, daromadlar 1.665 trln AQSH dollarni, xarajatlar esa 1.619 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatgichlardan ko’rishimiz mumkinki, budjet tarkibidagi daromadlar miqdori xarajatlar miqdorini bemalol qoplay olgan va yil yakunida profitsit holatda chiqqan.





    1-rasm. Germaniyaning budjet holati(foizlarda).5
    Soliq to’lovlari YaIMning 45%ini tashkil etadi. Germaniyada korporativ soliq 25%ni, qo’shilgan qiymat solig’i 19%ni(ba’zi mahsulotlar uchun 7%li soliq mavjud) tashkil etadi. Yana bir qiziq tomoni shundaki, Germaniyada oylik ish haqining 8%i miqdorida cherkov solig’i ham undiriladi. Aks holda, cherkov soliq to’lamagan odam uchun cho’qinish, nikohdan o’tish va dafn marosimini o’tkazishga ruxsat bermaydi.
    Bu davlatdagi inflatsiya ko’rsatgichi 2017-yilgi holarga ko’ra 1,7 %ni tashkil etgan. Bu оesa bizning yurtimizdagi inflatsiyadan 8 – 9 barobar kam degani.
    Davlat eksporti 1.434 trln AQSH dollarini, importi esa 1.322 trln AQSH dollarini tashkil etdi(2017). Eksport tarkibinineft va gaz, oziq-ovqat, transport jihozlari, rezina va plastik mahsulotlar; import tarkibini esa mashinalar, ma’lumotlar bian ishlovchi texnikalar, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, elektr jihozlari tashkil etadi.





    Download 1.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

    Download 1.88 Mb.