• Germaniya iqtisodiyoti sektorlarining rivojlanish tendensiyalari
  • -rasm. Germaniya umumiy qarzi(YaIMning foiziga nisbatan)




    Download 1.88 Mb.
    bet7/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.88 Mb.
    #60061
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
    Bog'liq
    Reja Kirish-fayllar.org
    БАЁН, Konchilik ishi va metallurgiya, MATEMATIKA 11-SINF 2023, formula 9 geometrya, Презентация1, brend, Sayfullayeva Sabina Ibragim qizi
    2-rasm. Germaniya umumiy qarzi(YaIMning foiziga nisbatan)6
    Davlatning tashqi qarzi YaIM miqdorining 63.9%ini tashkil etadi(2017). Agar buni pul ko’rinishida ifodalaydigan bo’lsak, tahminan 2.6trln AQSH dollariga teng bo’ladi. 2016-yilda esa bu ko’rsatgich 67.9%ga teng bo’lgan. Bu albatta tashqi qarzining asta-sekin kamayayotganidan dalolatdir.
    Aholi soni 80 mlndan oshiqdir. Ularning 77,3%i shaharlarda yashashadi. Urbanizatsiya darajasi esa 0,27%ga tengdir. Aholi eng ko’p istiqomat qiladigan shaharlar Berlin, Gamburg, Munich va Kologn shaharlaridir. Aholi soni mlntadan oshiq shaharlar unchalik ham ko’p emas.
    Mamlakatning ta’lim tizimiga keladihan bo’lsak, Germaniya Federatsiyasida ta’lim tizimi havas qilgulik darajada ajoyibdir. O’ziga xos jihati shundaki, bu yerda hattoki oliy ta’lim tizimi ham majburiydir va nemis tilini biladigan chet ellliklar ham bu imkoniyatdan bemalol foydalanishi mumkin. Oliygohlardagi o’qish davomiyligi 4-6yilni tashkil etadi.

    Germaniya iqtisodiyoti sektorlarining rivojlanish tendensiyalari
    Yevropa dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan regionlaridan biridir. Shuning uchun ham uning hudidida dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan ko`pgina mamlakatlarning joylashganligi bejiz emas. Bunday mamlakatlar qatoriga «sakkizlik» davlatlari GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir navbatda Ispaniya, Shveysariya, Avstriya, Shvetsiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va boshqalar kiradi. Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar ichida o'zining ulkan iqtisodiy salohiyat va rivojlanganlik darajasiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi keskin ajralib turadi.
    Germaniya urbanizatsiya darajasinihoyatda yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib, zamonaviy ilmiy-texnologik asosida industriallashgan davlatdir.
    GFR dunyo mamlakatlari ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri.
    YaIM va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha AQSH va Yaponiyadan so’ng 3-o’rinda turadi. Tashqi savdo aylanmasining hajmi bo’yicha jahonda 2-o’rinda turadi. Germaniyaning Yevropa va jahon xo’jaligidagi muhim ahamiyatini buning yuqori sifatli mahsulot chiqarishiga qaratilgan sanoat belgilaydi.
    Jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning (YAMM) 7-8 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 27-28 foizi GFRga to‘g‘ri kelmoqda. Germaniya aholisining 27-28 foizi asosan mamlakatning sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida mamlakatning sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida yashashib, mamlakat YAMMning 23-24 foizini ishlab chiqarmoqda.
    Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Mineral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va
    marganes rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, uran, kaliy tuzi, gilmoya va h.k. kiradi. GFR iqtisodiyotida mashinasozlik sanoati yuqori darajada rivojlangan sohadir. Mashinasozlik sanoatida, ayniqsa, metalni qayta ishlash sohasida, metallurgiya, elektrotexnika, konchilik, to‘qimachilik sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jalik, mashinasozlik tarmoqlari keng rivojlangan.
    Telekommunikatsiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, mexanika va optik apparatlarni ishlab chiqarish sohalari ham mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.7

    GFR dunyodagi yetarli darajada foydali qazilmalar, qulay agroiqlimiy


    xususiyatlarga ega bo’lmasada, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida «nemis
    mo’’jizasi»ga erishgan mamlakat. Bunday iqtisodiy mo’’jizaga erishishda iqtisodiy
    o’sishning qator omillari – ilmiy-texnika progresssi yutuqlaridan samarali
    foydalanish, «inson kapitalining» yuqori malakaviy sifati va oqilona ichki iqtisodiy
    siyosat muhim rol o’ynadi:
    Germaniya XIX asrdan boshlangan ilmiy va texnik bilimlarga asoslangan

    jahon andozalaridagi kimyo, optik fizika, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa


    sohalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot an’analariga egadir;
    Ilmiy-tadqiqotlardagi yutuq va marralar tufayli Germaniya kompaniyalari
    raqobatda ustunlik qilishiga, sanoat firmalari YeI va boshqa Yevropa
    mamlakatlarini birgalikda olganda ham ko’p patent va litsenziyalarga egaligi
    (ammo Amerika va Yaponiya firmalaridan orqada);
    YaIMda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar (3%
    atrofida) ko’lami jihatdan dunyodagi beshlikka kirishi (Yaponiya singari urushdan
    keyingi yillarda o’zida ilmiy-tadqiqotlarga ko’p mablag’ sarflamay xorij
    bozorlaridan texnologiyalarning katta qismi sotib olingan), keyingi o’n yillikda
    davlat fundamental tadqiqotlar, YeI doirasida davlatlararo ilmiy-tadqiqot, kichik
    biznesda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstuktorlik ishlariga sarflanadigan
    mablag’larning katta qismini o’z zimmasiga oldi va mamlakat ichki salohiyatini
    kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro bozorda nemis tovarlarining yuqori
    raqobatbardoshliligini ta’minlamoqda;
    GFR uchun yuqori intelektual «inson kapitali» xos bo’lib, bu aholining

    ma’lumot darajasi, kasbiy-malakaviy tarkibi, ijtimoiy tarkibi, salomatlik darajasi,


    yangiliklarni, murakkab zamonaviy yuksak texnologiyalarni juda tez o’zlashtirishi
    va o’ta ijrochilik mahorati bilan ajralib turishi;
    ITI sharoitida mehnatning intellektuallashuvi va ishchi-xodimlarning

    mutaxassisligi, ma’lumotiga bo’lgan talabning kuchayishi (yuqori malakali


    ishchilar hissasi dunyo bo’yicha yuqori bo’lib, 50% ni tashkil qiladi), o’rta va oliy
    ta’lim, sog’liqni saqlash, kasbiy ta’limga e’tiborning ortib borishi;
    Germaniyada urushdan keyingi neoliberalizm kontseptsiyasi asosida
    «sotsial bozor xo’jaligi», fashistik totalitar iqtisodiyotning muqobili sifatida
    shakllandi. Bu kontseptsiya iqtisodiyot vaziri, so’ngra federal kantsler L.Erxard
    tomonidan amalga oshirildi. Bu kontseptsiya asosida «Freyburg maktabi» olimlari
    V.Oyken va V.Repkening «ordoliberalizm», qaysiki erkin bozor iqtisodiyoti
    tarafdorlari va A.Myuller-Armak va boshqalarning «sotsial bozor iqtisodiyoti»
    ta’limotlari yotadi va bu ta’limotlarning mamlakat ichki iqtisodiy siyosatiga asos
    qilib olinishi;
    ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, erkin raqobat va erkin

    narxlar asosida ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish negizida aholi


    ehtiyojlarini to’laroq qondirish;
    davlatning iqtisodiyotdagi faol roli, qaysiki, fuqarolarning iqtisodiy

    erkinligini ta’minlash, pul muomalasini tashkillash va ma’sulligini olish, iqtisodiy


    inqirozlarga qarshi kurashish, sotsial adolatni, raqobat uchun teng sharoitni
    ta’minlash va iqtisodiyotdagi monopolizmga yo’l qo’ymaslik tamoyillaridir.
    XX asrning 50-yillari oxirida GFRda yuqori turmush tarzi ta’minlandi. 80-
    yillardan boshlab iqtisodiy o’sishning intensiv yo’llari amalga oshirilmoqda.
    Bugungi kunda GFR iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos – postindustrial
    jamiyatdir (informatsion jamiyat). Ayni vaqtda, Germaniya tarixiy-iqtisodiy
    rivojlanish bilan bog’liq boshqa mamlakatlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega:
    Mamlakatning industriallashuvi keyinroq (boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan) ya’ni, 1871 yil Germaniya birlashgandan so’ng boshlandi va XX asr boshlarida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha Angliyadan o’tib ketdi (ayniqsa, kimyo va elektrotexnika sohasida). Germaniya iqtisodiyoti uchun
    «o’ta industrlashuv» xos bo’lib, milliy iqtisodiyotda sanoatning hissasi 39%
    atrofida.
    Ikkinchi jahon urushidan keyin GFR ikkiga bo’lingan holda sanoatda
    tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Ishlov beruvchi sanoatda – kimyo va neftьkimyo, mashinasozlik, va metallni qayta ishlash, elektrotexnika, avtomobilsozlik, aniq mexanika va optika, aholiga keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalqaro bozor va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga moslashdi.
    Investitsiya yo’nalishlari o’zgardi va 80% kapital qo’yilmalar modernizatsiyalash va jihozlarni yangilashga, 20% quvvatlarni kengaytirishga qaratildi.
    Germaniya tovarlari yuqori raqobatbardoshliligining asosi
    mahsulotlarning doimiy yangilanishidir. Natijada, yetakchi sanoat kontsernlarining
    ilmiy-tadqiqotlar asosidagi doimiy yangi mahsulotlari (tibbiyot texnikasi, doridarmonlar va boshq.) xalqaro bozorda asosiy o’rin egallasa, an’anaviy eksport
    tarmoqlari ham bir qator texnik yutuqlar ta’sirida yetakchilikka ega bo’lmoqda-ki,
    bu tashqi iqtisodiy aloqalarda ustunlikka olib kelmoqda.
    Germaniya iqtisodiyoti ko’p ukladli bo’lib Germaniyadagi «sotsial bozor
    xo’jaligi» sog’lom raqobat, tadbirkorlik erkinliklari va xo’jalik faoliyati kafolatiga
    asoslanadi. Bu tamoyil asosiy qonunda (GFR Konstitutsiyasi) belgilab qo’yilgan.
    Raqobatni qo’llab-quvvatlash antimonopol qonunchili, kichik va o’rta
    tadbirkorlikni (kichik biznes) qo’llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.
    Kichik biznes (10 kishidan 500 kishigacha) barcha firmalarning 99,8%
    tashkil qiladi. Bunga 2/3 qism ishchi va 4/5 qism shogirdlar o’rni to’g’ri keladi.
    Kichik biznesga YaIM 46%, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning 50%, yalpi
    investitsiyaning 44%, tovarlar eksportining 40% to’g’ri keladi. Xizmat ko’rsatish
    sohalarida 35% kichik firmalar faoliyat ko’rsatadi. Davlat tomonidan kichik
    biznesni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishning (xatto innovatsion sohalarda
    ham) butun boshli tizimi yaratilgan.8


    Download 1.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Germaniya umumiy qarzi(YaIMning foiziga nisbatan)

    Download 1.88 Mb.