|
Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot iste'moli madaniyatini tarbiyalashning zarurati
|
bet | 3/3 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 50,5 Kb. | | #126268 |
Bog'liq Ijtimoiy tarmoqlarda diniy axborot iste\'moli madaniyatini tarbiyalashning zarurati.1. Ikkinchi muhim jihat shundaki, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi manfaatlardan kelib chiqib tarqatilayotgan ma`lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda targ`ib-tashviq etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o`ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu esa, turli geosiyosiy manfaatlar doirasidagi axborot xurujlari ta`sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligi ta`minlanishining muhim sharti hisoblanadi.Buning uchun, kishilarda axborot iste`moli madaniyatini yuksak darajada shakllantirishga erishish zarur. Shundagina ma`lumotlarga ko`r-ko`rona ergashish, ularni noto`g`ri talqin etishning oldi olinadi. eng muhimi esa, axborot iste`moli madaniyatiga ega inson, jamiyat, xalq va millat g`arazli manfaatlar doirasidagi geoaxborotlar ta`siriga tushib qolmaydi. Albatta, axborot iste`moli madaniyatining shakllanishi murakkab jarayon bo`lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tizimli ravishda sa`y-harakatlarni olib borishni taqozo etadi. Axborot iste`moli madaniyati ham madaniyatning boshqa shakllari kabi bir qator funktsiyalarni bajaradi. Kommunikativ, regulyativ (tartibga solish), axborot, aksiologik (baholash) kabi funktsiyalar shular jumlasidandir. Biz tahlil etayotgan muammo doirasida axborot iste`moli madaniyatining aksiologik funktsiyasi alohida ahamiyatga ega. Masalan, Internet orqali juda ko`p ijobiy ma`lumotlar bilan birga, Sharq madaniyatiga, xususan, kishilarimiz xulqu odobiga salbiy ta`sir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani, tabiiyki, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz g`oyaviy tarbiyasiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Axborot iste`moli madaniyatini shakllantirish orqaligina bunday ta`sirlarning oldini olish mumkin. Shuningdek, «biz ba`zan G`arb madaniyati to`xtovsiz kirib kelayotgani haqida taassuf bilan gapiramiz. Bu shunday kuchli oqimki, unga qarshi chiqish juda mushkul. Buning faqat bitta yo`li bor. U ham bo`lsa, Internetga o`zimizga mos bo`lgan ma`lumotlarni o`z vaqtida kiritishdan iborat»2. amma gap, mazkur muhim resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishida.Boshqacha aytganda, tarmoqdan illat qidirish bilan ovvora bo`lmasdan, uning imkoniyatlaridan yurtimiz shon-shuhratini dunyo miqyosida keng yoyish yo`lida foydalanish maqsadga muvofiq. CHunki, Internet virtual, ammo, ob`ektiv hodisadir. Uning hayotimizga kirib kelishini nazorat qilib bo`lmaydi. Odamlarimizni Internet tizimidan uzoqroq tutishga intilish emas, balki, undan oqilona foydalanishga o`rgatish, axborot iste`moli madaniyatini yuksaltirishga harakat qilishimiz to`g`ri bo`ladi. Zero, kishilarda axborot iste`moli madaniyati shakllangan bo`lsa, milliy qadriyatlarimizga zid bo`lgan xabar, ma`lumotlarni ...baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o`z qarashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol’ o`ynaydi. Lekin, aksariyat hollarda bunday paytda, ayniqsa, baholanilayotgan hodisa o`zga madaniyatga tegishli bo`lsa, o`zimiz mansub bo`lgan madaniyat ruhimizga singdirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo`ladi va butun bo`y-basti bilan o`zligini namoyon qiladi... madaniyatning baholash funktsiyasi tufayli tanlanish sodir bo`ladi, madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi ayniylik, o`ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta`minlanadi 3.Shuning uchun, hozirgi davrda aholimiz, ayniqsa yoshlarimizning axborot uzatishning zamonaviy texnikasi va texnologiyasini mukammal darajada o`zlashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |