Mavzu: Ikki qanotlilar turkumi Dars maqsadi




Download 81 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi81 Kb.
#22259
Bog'liq
ikki qanotlilar
Eshonqulov Islom mus ish 2chi, 7PNucLDhJlsHXBHzHmYRy1Pfo1a52KVVqv90Nd5M, Болалик даврлари(1маъруза), 1axCtmwsYNsxcn24sYm97LM9ias7uHm7JdVfvwJw, portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti, Adobe Photoshop dasturi interfeysi. Reja-fayllar.org, 2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvch, Adabiyoti universiteti-fayllar.org, 8 ASOS1, yuridik-2-must-ish, Bir to`g`ri chiziqda yotuvchi to`rtta nuqtaning murakkab nisbati, wepik-analyzing-spectral-linewidth-a-comprehensive-study-on-its-impact-and-measurement-techniques-20231215060819CZQU, Argon lazerlari-fayllar.org, portal.guldu.uz-Лазер маъруза

Mavzu: Ikki qanotlilar turkumi
Dars maqsadi:
l) ta'limiy-O'quvchilarga hasharotlarning tabiatda tarqalishi ularning foydali va zararli turlari haqida o’quvchilarga tushuincha berish.
2) tarbiyaviy-Tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.Axloqiy, iqtisodiy, estetik ,ekologik tarbiya berish
3) rivojlantiruvchi-ta'limiy savodxonligini oshirish. Darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmasini rivojlantirish
Darsda shakllantiriladigan kompetensiya;axborotlar bilan ishlash,kommunikativ,fanga oid tayanch kompetensiya ,o'z-o'zini rivojlantirish,ijtimoiy faol fuqarolik.
Dars shiori: Tabiatni-asraylik
Metod:Og'zaki bayon qilish . Didaktik o`yin ,aqliy hujum, Biologik diktant Vinn diagrammasi, Moychechak yoki so’ligan yaroq o’yini.
Shakl: Savol-javob, individual ishlash, guruhlarda ishlash.
Baholash: 5 imkoniyat asosida rag'batlantirish:
Sinfdagi o'quvchida o'quv qurollarining mavjudligi - 1 ball
Uyga vazifani bajarganligi- 1 ball
Yangi mavzuni ochishdagi ishtiroki- 1 ball
Mustahkamlash qismidagi ishtiroki- 1 ball
Rasm chizish qobiliyati uchun -1 ball
Darsning borishi:
Tashkiliy qism(3 d)
O'tgan mavzu yuzasidan takrorlash (15d)
Yangi mavzu(12d)
Mustahkamlash(10 d)
Yakuniy qism:Baholash va uyga vazifa berish(5 d)

Tashkiliy qism O'qituvchi sinfga kirib, navbatchini, undan davomatni so'raydi. Keyin o'tgan soatdagi mavzu va uyga vazifani aniqlaydi. O'qituvchi darsni kun yangiligi bilan boshlaydi va qish mavzusiga bag`ishlangan she’rni ifodali o`qib o`quvchilar kayfiyatini ko`tarib dars jarayonini boshlaydi. O`quvchilarni “Asalarilar”,”Ninachilar”, “Xonqizi”nomlari ostida uch guruhga ajratadi. Har bir shart mobaynida o'quvchilarni "ofarin" "barakalla" "harakat qil"tarqatmalari bilan rag`batlantirib boradi.


II.O'tgan mavzu yuzasidan takrorlash
O`tgan mavzuni takrorlash uchun”o’tkan mavzuni so’rash” vaDonishmand ukki testklari,Biologik diktant vinn diagrammasi, Kartochkali savollar shartlardan foydalaniladi .
1- “Rasmni izohlang” Bunda ikki guruga ham qushning rasmi beriladi ular qushning tashqi qismlarini izohlab aytib berishlari kerak.
Kaptarning tashqi tuzilishi:
1-………… : 2 - ………… : 3 - ………….. : 4 - ………… : 5 - …………….. :
6 – ………………. : 7 - ………….: 8 - ……………. : 9 - ………………..
10 - ……………….. : 11 - ………………...

To`g`ri javoblar


. Kaptarning tashqi tuzilishi:
bosh: 2 - bo'yin: 3 - qanot: 4 - dum: 5 – ustki tumshuq: 6 – o`tki tumshuq: 7 - til: 8 - burun teshigi: 9 - quloq teshigi. 10 - barmoqlar: 11 - ilik

2-“Topqirlik mashqi”


Bunda har bir guruhga bittadan tarqatma beriladi bunda birorta mavzuga taalluqli so`z yashiringan bo`lib, shu so`zni topishlari va so`z asosidagi har bir harfga tegishli bo`lgan so`zlarni topib yozishlari kerak . Har bir yozilgan so`zni izohlab berishlari shart .

1-guruh uchun
O`yla,izla,fikrla,tushun,izohla
.


A

L

I




D

R

G’

O

CH

I
Q Bunda qaldig`och so`zi hosil bo`ladi
A – arxeopteriks(eng qadimgi qush )
L – laylak(jufti uzoq yillar saqlanib qoladi)
D-dum(bel va dumg`aza suyaklari harakatsiz birikib dum suyagini hosil qiladi)
I-ilik(qush tanasini yer yuzasidan dast ko`tarib turishiga va qo`nayotgan qushning tanasiga beriladigan zarbani kamaytirishga imkon berib )
R- rang(rang ajratish qobiliyati qushlarda yaxshi rivojlangan )
G`- g`oz(xonadonlarda qo`riqchi sifatida foydalaniladi)
O- oyoq(qushlarning oyoq bo`g`imlari orqali paylar o`tgan)
CH- chumchuqsimonlar (qushlar sinfini deyarli yarmini tashkil etadi)
O`yla,izla,fikrla,tushun,izohla
II- guruh uchun



O`



K

K

A

P

T

A

R
K Bunda ko`k kaptar so`zi hosil bo`ladi O`- o`rdak(yerga uya quradi) K-kaptar(qadimda pochtachi vazifasini bajargan) K- kayra(yalang`och qoyalarga uya quradi) A- arxeopteriks(eng qadimgi qush) P- pat( qushlarning pati kontur qoplag`ich , qoqish boshqarish ,momiq par bo`linadi) T- to`ti(ayrim so`z va iboralarni takrorlay oladi) A- ara(to`tiqush turi) R- refleks(qushlardagi tuxum qo`yish jo`ja ochish,juft tanlash shartsiz reflaks ya’ni instinkt hisoblanadi)
3- Zanjirlar ketma-ketligi
Bu shartda har bir o`quvchiga alohida tarqatmalar beriladi. Birinchi tarqatmada faqat savol yozilga bo`lib u raqamlanadi ,ikkinchi tarqatmadan boshlab raqam yozilmaydi va savolning javobi va yana bitta qo`shimcha savol beriladi. Birinchi raqamli savol yozilgan tarqatmani o`quvchi o`qigandan keyin javob kimda bo`lsa o`sha o`quvchi javobini o`qiydi va o`zining tarqatmasidagi savolni yo`llaydi shu tariqa zanjirdagi savollar ketma-ketligi davom etadi.Agar savolga noto`g`ri javob berilsa zanjir uziladi va jarima tarqatmasi beriladi.

I-“Qaldirg`och” guruhi


1. Qushlarning yuragi.....
J: 4ta kamerali, 2 ta bo`lmacha ,2 ta qorincha
S: Kaptar uchganida yuragi minutiga necha marta qisqaradi ?
J: 550
S: Qushlarning qanot kamari qanday suyaklardan tashkil topgan.
J: 3 juft: ko`krak tirgak, ko`krak va o`mrov.
S: Qushlarning ko`zi nima uchun o`tkir bo`ladi ?
J:O`rta miyadagi ko`rish do`mbog`i yaxshi rivojlangani uchun
S:Qaysi qushlar so`zlarni takrorlay oladi ?
J: qarg`a, mayna ,qorayaloq, to`ti
S:Qaysi qushlarning jufti bir mavsum davomida saqlanadi ?
J:chumchuqsimonlar ,musichalar
S:Qushlarning nafas olish organlari
J: O`pka va havo pufaklari
S: Qaysi qushlar daraxt kovagiga uya quradi ?
J:Qizilishton, chittak ,o`rmon qushlari
S:Qaysi qushlar uya qurmaydi ?
J:O`rdak va turna
S: Jo`ja ochadigan qushlarning jish bola ochadigan qushlardan farqi
J: Tanasi par bilan qoplangan ,ko`zi ochiq,tuxumdan chiqqandan so`ng onasiga ergashib ketadi
S:Chug`urchuqlarning nasliga g`amxo`rlik qilishi qanday
J:Xavf tug`ilganda ovozini boricha shovqin solib qushlarni yordamga chaqiradi
S:Jish bola ochadigan qushlarga xos xususiyat
J:Ko`zi yumuq , quloq teshigi yopiq ,yalang`och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan
S:Qaysi qushlar novda va butoqlardan kosasimon uya quradi ?
J: musicha ,laylak ,kaptar ,go`ngqarg`a

II-“Ko`k kaptar” guruhi


1.Qushlarni o`rganuvchi fan bu …..
J:Ornitologiya
S:Ko`k kaptarning yuragi tinch turganda necha marta uradi ?
J:165 marta
S:Ko`k kaptar tinch turganda 1 minutda necha marta nafas oladi ?
J: 26 marta
S: Qaysi qush tuxumni boshqa qushlar uyasiga tashlab ketadi ?
J: Kakku, musicha
S:Arxeopteriksning qaysi xususiyatlari sudralib yuruvchilarnikiga o`xshash bo`ladi
J: Jag`lari,tishlshlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumuning bo`lishi bilan
S: Qaysi qushlar yerga uya quradi ?
J:Karqurlar,qurlar
S:Qaysi qush tuxumini yalang`och qoyaga qo`yib bosib yotadi ?
J: Kayra
S:Qushlarning qaysi muskuli qisqarganda qanotlar tushiriladi ?
J: katta ko`krak muskullari
S: Kontur patlar vazifasiga ko`ra qanday patlarga ajratiladi
J:kontur qoplag`ich , qoqish boshqarish ,momiq par
S:Qushlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
J:Ko’zi,rangni yaxshi ajratadi,eshitish
S:Qushlarning tan abo`shlig`ini qaysi o`rganlar tashkil etadi ?
J:Ko`krak qafasi va chanoq suyaklar , ichki organlar tashkil etadi
S:Issiq qonli hayvonlar nima deyiladi ?
J: Gomoyoterimlar

Yangi mavzu slaydlar yordamida tushuntirib beriladi


Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlarni o'troq, ko'chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo'lish mumkin.
O'troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna o'troq qushlar deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g'amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug' va hasharotlarni daraxt po'stlog'i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo'yadi. Oziq taqchil bo'ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi.
Ko'chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini o'zgartirib tuiadigan qushlar ko'chib yurivchi qushlar deyiladi. Go ngqarg'a, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kam, oziq mo'lroq bo'lgan joylarga uchib ketadi.
Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlayd.
Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och. bulbul, zaig'aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo'l bo'lishiga qaramasdan uchib ketadi. O'rdak. g'oz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi; o'sha yo'ldan o'z vataniga qaytadi.
Qushlaring uchib ketish sabablari. Qushlaming uchib ketishi ularning yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlaming bahorda o'z vatanlariga uchib kelishi ko'payish instinkti bilan bog'liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlaming qishlo\ joyiga uchib ketishi uchun signal bo'ladi. Qushlaming uchib ketishi va uchib kelishi tug'ma ins inkt hisoblanadi.
Qushlaming uchib ketish yo'lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlaming yo'l topishida quyoshga qarab mo'ljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki ko'pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduzlarga qarab yo'l topishi aniqlangan. Ayrim qushlar Yer magnit maydonining o'zgarishini qabul qilishi ham mumkin.
Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va umr ko'rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog'iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzdga yuborishi kerak Halqalash tufayli O'rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi- Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg'ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahlkamlash uchun biologik diktantdan foydalaniladi, bunda har bir o`quvchiga tarqatma tarzida yozilgan biologic diktant beriladi va javoblari juftlari yordamida tekshiriladi.
Biologik diktant
Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlarni ……. , ko'chib yuruvchi va …………… guruhlarga bo'lish mumkin.
Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, ……….. , ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna …………. qushlar deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g'amlaydi. ……………lar yoz oxirida urug' va hasharotlarni daraxt po'stlog'i yoriqlariga va shoxlardagi …………. lar orasiga yashirib qo'yadi. Oziq taqchil bo'ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi.
Yil fasllariga qarab joyini o'zgartirib tuiadigan qushlar ……………… qushlar deyiladi.
Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi; o'sha yo'ldan o'z vataniga qaytadi.
Biologik diktant javoblari : o`troq,uchib ketuvchi,musicha ,kaklik,o`tiroq,chug`urchuq,liyshanik,ko`chmanchi.
V Xulosalash.O'qituvchi darsni xulosalaydi Ya'ni o'quvchilarning yutuqlari ,kamchiliklari bundan keying i o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi
VI .Baholash (Yuqoridagi imkoniyatlar asosida)har bir shart mobaynida jarima va rag`bat tarqatmalari hisoblanib g`olib guruh aniqlanadi.
VII.Uyga vazifa : Mavzuni o`qib kelish va qushlar haqida she’r yod olish.
Download 81 Kb.




Download 81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ikki qanotlilar turkumi Dars maqsadi

Download 81 Kb.