• An’anaviy tasnif
  • Informatika o’qitish metodikasi fanini o‘qitishdan maqsadi




    Download 46 Kb.
    bet2/3
    Sana29.10.2022
    Hajmi46 Kb.
    #28497
    1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tend
    Dars jadval, Тилшунослик NAZARIYASI majmua 222, 1665378806 2, mta4, Reyimberdiyev Sanjar 311 21 guruh Diskret tuzilmalar 1 amaliy ish, Документ Microsoft Office Word, Гр раҳбари иш режа, file, Kitob 7321 uzsmart.uz, 1. Ikki o lchovli integral, uning xossalari, geometrik va mexani, Назарий машғулот №86, Назарий машғулот №85, randomized, Simonova IF
    Informatika o’qitish metodikasi fanini o‘qitishdan maqsadi: Bo’lajak o’qituvchilarda informatikani o’qitishda paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishni tarbiyalash, mustaqil o’quv jarayonining, uslubiy ijodiyotning ko’nikmalarini shakillantirish, muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish, klassifikatsiyalashning asosiy shakllarini ishlab chiqish masalalarini tushuntirish, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, o’quvchilarning yoshiga qarab alohida pedagogik uslublarning qo’llanilish samarasini tushuntirish, tekshirish va ko’rib chiqish kabilardan iboratdir.
    Informatika o’qitish metodikasi kursi bo’lajak informatika o’qituvchisini umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limida o’qitiladigan “Informatika” va «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlarini o’qitishda, kelgusi kasbiy tayyorgarligida kursni o’qitishning mazmun va shakllarini tanlash tamoyillarini, boshqa predmetlar bilan o’zaro aloqasini tushuntirishda, mahalliy tarmoq orqali kompyuter va dasturlarni malakali ishlata olish usullarini egallashida yordam beradi.
    Mazkur kursni o’qitish davomida ilg’or innovatsion va pedagogik texnologiyalaridan, interektiv usullardan foydalaniladi.
    Informatika o’qitish metodikasi kursini o’zlashtirish uchun o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Ma’ruza, amaliy-seminar darslarda mos ravishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
    Bundan tashqari, informatikani o’qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to’g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to’g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o’quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar.
    Informatika o’qitish metodikasi kursining xususiyatlaridan biri talabalarni ushbu kursning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko’nikmalarini egallashning usul va yo’llarini belgilash masalasidir. Bularga o’quv materialini o’rganish usullari hamda zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.
    O‘qitishning maqsadi va vazifalari o‘qitish metodini yagona ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan o`rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o‘qitish maqsadlariga erishiladi. O‘qitish metodlari ko‘p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko‘plab tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo‘yicha jamlanadi.

    1. An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.


    1   2   3




    Download 46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika o’qitish metodikasi fanini o‘qitishdan maqsadi

    Download 46 Kb.