Mavzu: Innovatsion texnologiyalar asosida rivojlanishning uslubiy asoslari




Download 23,44 Kb.
Sana22.01.2024
Hajmi23,44 Kb.
#142899
Bog'liq
amaliy 1
\'TALIS , bsat-3-kurs-kunduzgi, davlatjon logistika, Media Malika , SHAXS – TAFAKKUR Малика , 1-Mavzu Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi ha, Mustaqil ish Mavzu Parallel hisoblash uchun mo ljallangan masal, Тест савол жавоблари билан, konultatsiya, haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari, 2-mavzu tarqatma, 66-70, 39426, IChJA ma\'ruza, amaliy 4

Mavzu: Innovatsion texnologiyalar asosida rivojlanishning uslubiy asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida
mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish
bosqichiga kirganligini eʼtirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk
kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion gʻoyalar asosida boshlashimiz kerak.
Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yoʻliga oʻtishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi gʻoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”[1].
Yangilanayotgan Oʻzbekistonda barcha jabhalarda yangilik, izlanish va yangicha fikrlar va zamon talablariga mos ravishda faoliyat olib borish eng muhim masaladir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu
davrda yangi fikr, yangi g’oya va albatta innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 24-iyulda “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tegishli huquqiy zaminni yaratish borasidagi muhim qadam boʻldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada jadallashtiruvchi yangi gʻoya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish hamda hayotga joriy etilishining ishochli huquqiy mexanizmlarini mustahkamlab benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.Qonunda ifodalangan taʼrifga, koʻra innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qoʻllanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlaydigan yangi ishlanma. Innovatsion faoliyat esa, yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning oʻtkazilishi va amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha faoliyatdir.
“Innovastiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va
ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan. Turli olimlar, ayniqsa xorijliklar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R.Foster, B.Tviss, Y.Shumpeter,E.Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarningn o’ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o’zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.[2]
Innovatsiya- yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan mahsulot, xizmat
yoki jarayon."Innovatsiya" atamasi lotincha "novatio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "yangilanish" (yoki "o'zgarish") degan ma'noni anglatadi. Bunda "in" prefiksi, lotincha "yo'nalishda" deb tarjima qilinadi, agar tom ma'noda tarjima qilinadigan bo'lsa "Innovatsiya" - "o'zgarish tomon” deya tushunish mumkin."Innovatsiya" tushunchasi "yangilik", "kashfiyot", "ixtiro" so'zlari bilan sinonimlik hosil qiladi va ular ma'no jihatidan farq qilsa-da, har holda, bu tushunchalarning barchasi natija - ijodiy faoliyat, ijodkorlik bilan bog'liqdir. Shu bilan birga, mutaxasislarning fikricha,
agar ijodkorlik yangi g'oyalarni ilgari surishni nazarda tutsa, u holda innovatsiyaning o'ziga xos belgisi uni amalda amalga oshirishdir.[3]
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi.
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: Ilm-fan – bu maʼlum mablagʻlarni bilimlar va gʻoyalarga aylantirish. Innovatsiyalar – bu bilimlar va gʻoyalarni– bu yangi konsepsiyani yaratish demak. Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib koʻrsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Yangilik - bu intellektual faoliyat natijasidir; bu yangi strategiya, biznesning yangi modeli, yangi tashkiliy tuzilma, yangi marketing usuli, yangi jarayon, yangi texnologiya, yangi mahsulot yoki ularning maʼlum birikmasi. "Innovatsiya" so'zi va yuqorida sanab o'tilgan tushunchalardan asosiy farqi shundaki, u amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha qiymat yaratadi. Bunday yondashuvda innovatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgunga qadar va natija bergunga qadar yangilik emas. Innovatsiya- amalga oshirilayotgan jarayonlar, mehnat "mahsuloti", faoliyatni tashkil etish strategiyasining ham tubdan, ham bosqichmabosqich o’zgarishini anglatishi mumkin. Shunday qilib, innovatsiya har xil nuqtai nazardan - texnologiya, iqtisodiy rivojlanish, siyosiy muammolar, pedagogic jarayonning o'zgarishi va boshqalar bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. Innovatsiya kontseptsiyasining o'zi birinchi marta XIX asr ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'lgan [4]. Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Jozef Alois Shumpeter (1883-1950) hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga ko'ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra, joriy etilgan har qanday yangi
texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi. Y.A.Shumpeter o'zining «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911) nomli kitobida birinchi bo’lib "yangi kombinatsiyalar" (ya'ni innovatsion muammolar) masalalarini ko'rib chiqdi va yangilikning to'liq tavsifini berdi. Keyinchalik "yangi kombinatsiya" atamasi o'zgartirilib “innovatsiya” holatiga keltirildi.
Download 23,44 Kb.




Download 23,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Innovatsion texnologiyalar asosida rivojlanishning uslubiy asoslari

Download 23,44 Kb.