Mavzu: Intel Core i5 prosessorining arxitekturasi va uning xususiyatlari Reja: Protsessor turlari




Download 74.47 Kb.
bet1/2
Sana04.06.2023
Hajmi74.47 Kb.
#69712
  1   2
Bog'liq
Protsessor turlari. Intel Core i5 protsessori xususiyatlari. Int
extimol 4 mustaqil ish, Taqqoslamalar sistemasi, Yem-xashak ekinlari - Vikipediya, Algoritm va loyihalash 2, 1- Og‘ir beton qorishmalarining tanlash va hisoblash. Beton qorishmasining qulay joylashuvchanlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va sinash., MEROLOGIYA MUSTAQIL ISH, 3-mavzu. Tizimlarni modellashtirish turlarining tasnifi, differentsial psixologiya, Boltayeva Shaxribonu Baxtiyorovna, 2ba596643cbbbc20318224181fa46b28, 12-mavzu Dvigatelning indikator ko’rsatkichlari Reja-fayllar.org, 2 класс 1 четверть (1), BIROVNING YORISAN HAYDAROV SHERZOD, Uyuyyyyy

Mavzu: Intel Core i5 prosessorining arxitekturasi
va uning xususiyatlari

Reja:


  1. Protsessor turlari.

  2. Intel Core i5 protsessori xususiyatlari.

  3. Intel Core i5 protsessorini boshqalaridan farqi.

Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip har xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin. Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir.


Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir. Odatda, bu ma’lumot protsessorning ustida yozilgan bo’ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6 GHz” degan yozuvlar). Protsessorning tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi, lekin, zamonaviy protsessorlarda ko’p yadrolilik ( dual core, quad core) degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o’zida ikkita, to’rtta va eng zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro qanchalik ko’p bo’lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko’p yadroli protsessorlar bir yadroli protsessorlardan ancha qimmat turadi. Hozirda ko’pchilik xaridorlar ikki yadroli protsessorlarni (dual core yoki core2duo) sotib olishmoqda, lekin ikki yadrolik protsessorning ishlash samarasi uning qanday programmalar uchun ishlatilishiga bog’liq. Oddiy ofis kompyuteri uchun ikki yadroli protsessor shart emas, bir yadroli Celeron protsessorlari ham hujjat yozish kabi vazifalarni a’lo darajada bajarishadi, lekin, o’yin o’ynashni yoki videomontaj qilish bilan shug’ullanadigan foydalanuvchi uchun ikki yadroli protsessor qo’l kelishi mumkin. Protsessorning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning brendi, ya’ni qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilganidir. Protsessor ishlab chiqaruvchi ikkita gigant mavjud – Intel va AMD. Bu kompaniyalar va ularning qay birining mahsuloti yaxshiroq ekanligi haqida azaliy munozara bor, men bu munozaraga qo’shilmagan holda, Intel kompaniyasi protsessorlari bizga har jihatdan qulay ekanligini aytib o’tmoqchiman, xolos. Protsessorlarning kesh xotirasi ham asosiy xususiyatlardan biridir. Kesh xotira ham qanchalik katta bo’lsa, shuncha yaxshidir. Zamonaviy protsessorlarda 1mb, 2mb va undan ortiq kesh xotira mavjud.

Download 74.47 Kb.
  1   2




Download 74.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Intel Core i5 prosessorining arxitekturasi va uning xususiyatlari Reja: Protsessor turlari

Download 74.47 Kb.