• I.4 Interaktiv electron doska
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Mavzu: Interaktiv texnologiyalar asosida Informatikani o’qitish




    Download 1.23 Mb.
    bet1/19
    Sana07.02.2023
    Hajmi1.23 Mb.
    #41357
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    MUYASSAR
    3 - laboratoriya, 6-amaliy mashg\'ulot, Документ Microsoft Word (2), anketa, Murodaliyeva Shaxnoza, DINSHUNOSLIK FANI. MUST. ISH MAVz


    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
    INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI
    SIRTQI TALIM YUNALISHI
    4-BOSQICH 219S-GURUH TALABASI
    ABDURAXMATOVA MUYASSARNING
    INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
    KURS ISHI
    Mavzu: Interaktiv texnologiyalar asosida
    Informatikani o’qitish

    BAJARDI_____________________________


    TEKSHIRDI___________________________ imzo_________


    TERMIZ 2022


    Mundarija
    Kirish
    I.BOB Ta’lim jarayonida kompyuter va texnik vositalardan foydalanish
    I.1 O‘qitishning multimedia vositalari
    I.3 LCD proektorlarining ko’rsatkichlari.

    I.4 Interaktiv electron doska


    II. Bob Ta’limda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish
    II.1 Interfaol elektron doskalardan o’qitishda foydalanish
    II.2 “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari foydalanib o‘tiladigan dars ishlanmasi.

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




    Kirish
    Ishning dolzarbligi. Axborotlar miqdorining keng ko’lamda ortib borayotganligi ta’lim jarayonida yangidan-yangi talablar qo’ymoqda. Axborotlarni o’zlashtirish va ulardan ta’lim jarayonida yetarlicha hamda samarali foydalanish uchun qulay vositalardan foydalanishga zarurat tug’ilmoqda. Bugungi texnologiyada yuz berayotgan inqilobiy o’zgarishlar aynan axborotlardan ta’lim jarayonida yetarlicha foydalanishni ta’minlashda kompyuter va texnik vositalarni qo’llanishga olib keldi. Bugungi kunda ta’lim jarayoniga kompyuter va texnik vositalarning jadal kirib kelayotganligi, biroq ulardan foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasi hali lozim darajada emasligi tabiiy holdir. Mutaxassislarning islohotlar bilan mutanosibligi ta’minlanishini inobatga olish lozim.
    Uzluksiz ta’lim-chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uning turli komponentlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi.
    Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu borada, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashmoqda. Hozirda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanmoqda. Bu esa, pedagoglarning o’z mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvni talab etadi. Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari hayotga tadbiq qilinilayotgan bir paytda, talim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun o’qitishning texnik vositalarini yangi avlodini qollash o’qitish texnologiyasini yanada tezroq rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.
    Ta’lim tizimining bugungi vazifasi-talaba (o’quvchi, tinglovchi)larni kun sayin ko’payib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida uning mazmunini jadalashgan holda o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun ta’limda o’qitishning zamonaviy texnik vositalarini qo’llash zarur.
    Ta’lim tizimida o’qitishning texnik vositalarini qo’llash muammolariga bag’ishlangan ko’plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.Hozirgi kunda ham olib borilayotganligi haqida turli axborot vositalarida bayon qilinmoqda. O’qitishning zamonaviy texnik vositalaridan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin, degan masala bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
    O’quv yurtlari o’quv jarayonida o’qitishning texnik vositalarini
    qo’llash borasidagi ilmiy tadqiqotlar N.M. SHaxmayev[4],L.P.Preessman[8], E.L.Belkin[5], L.M. Yoqubov[13], SHmargun N. I. [10] va boshqalar tomonidan olib borilgan.
    Lekin zamonaviy texnik vositalarini qo’llash uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’nlarida qo’llash borasidagi ilmiy tadqiqotlar yetarlicha o’rganilmagan.
    Hozirgi kunda o’qitishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish uning mazmun mohiyatini bilish juda muhimdir. Uning ta’limda qo’llanilishi esa o’quv jarayonini samaradorligini oshirish yo’llaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda ishning muammosi dolzarb hisoblanadi.

    Download 1.23 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Interaktiv texnologiyalar asosida Informatikani o’qitish

    Download 1.23 Mb.