O‘zbekiston Respublikasi davlat metrologik xizmati tuzilmasi
O‘zstandart Agentligi boshqaradigan
davlat metrologik xizmatiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shaharidagi davlat
metrologik xizmat idoralari kiradi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi.
Davlat metrologik xizmatga O‘zstandart Agentligi rahbarlik qiladi.
O‘zstandart Agentligi nomidan milliy idora vakolatlariga quydagilar kiradi:
– metrologiya sohasida, metrologik faoliyatni hududlararo va tarmoqlararo
muvofiqlashtirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va asrash qoidalarini o‘rnatish
va ularning xalqaro darajada taqqoslanishini ta’minlash;
– o‘lchashlar vositalariga, metodlariga va natijalariga
umumiy metrologik
talablarni belgilash;
– davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
– metrologik masalalar bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida majburiy kuchga ega bo‘lgan
hujjatlarni boshqa davlat boshqaruv idoralari bilan birgalikda qabul qilish;
– metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasida xalqaro shartnomalariga rioya qilinishini tekshirish; – xalqaro tashkilotlarning metrologiya masalalari bo‘yicha
faoliyatida qatnashish;
– O‘z O‘BTT ning ishini va rivojlanishini, xalqaro o‘lchashlar tizimi va
boshqa mamlakatlarning o‘lchashlar tizimlari bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlash;
– iste’molchilarning huquqlarini, insonlarning sog‘ligi va xavfsizligini, atrof
muhitni va davlat manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy
ta’sirlaridan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 05.08.2004 №373 Qarori bilan tasdiqlangan.
Davlat metrologik xizmatiga quyidagilar ham kiradi:
– Milliy etalonlar markazi;
– Metrologik xizmat Bosh markazi;
– Standart namunalar Bosh markazi;
– Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti
(SMS ITI) Malaka oshirish markazi (MOM) bilan birga;
– sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlarining (SSM) ning metrologik
laboratoriyalari;
– standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB);
– Axborot-ma’lumotnoma markazi.
Milliy etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi etalon zahirasini
rivojlantirish va mukammallashtirish, kattaliklar birliklarining
davlat etalonlarini
yaratish, saqlash va qo‘llanish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
Metrologik xizmat Bosh markazining vazifalari SMS ITI ga yuklatilgan
bo‘lib, o‘lchashlar birliligini ta’minlash ilmiy-metodik, texnik-iqtisodiy, tashkiliy,
me’yoriy asoslarini yaratadi, metrologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malaka
oshirish ishlarini bajaradi.
Standart
namunalar Bosh markazi, buning vazifalari ham SMS ITI ga
yuklatilgan, moddalar va materialllar tarkibi va xossalarining standart namunalari
davlat xizmatiga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, yuridik
shaxslarning standart
namunalarini chiqarish va qo‘llanish tartibi bo‘yicha faoliyatlarini
muvofiqlashtiradi, mamlakatimizda chiqariladigan davlat standart namunalarini
ekspertiza qilish va attestatlashni amalga oshiradi.
Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Markaz, hududiy SSM ning
metrologik
laboratoriyalari, hududiy SMB o‘lchashlar birliligini ta’minlash
bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati
qo‘llaniladigan sohada metrologik tekshiruv va nazoratni O’z DSt 8.002:2002 “O‘z
O‘DT. Metrologik tekshiruv va nazorat. Asosiy nizomlar” bo‘yicha o‘tkazadi.
Axborot-ma’lumotnoma markazi me’yoriy hujjatlar jamg‘armasini saqlaydi
va O‘z O‘BTT qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlaydi.