• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
  • Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.
  • Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati.
  • 10 - modul. Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari
  • Harakat malakalarining tashkil topish qonuniyatlari.
  • Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari




    Download 148.84 Kb.
    bet1/7
    Sana17.03.2023
    Hajmi148.84 Kb.
    #45907
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTLARIDA QO\'LLANILADIGAN JISMONIY TARBIYA METODLARI


    MAVZU: JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARIDA QO'LLANILADIGAN JISMONIY TARBIYA METODLARI
    REJA
    Kirish
    1.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.
    2.Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati.
    3.Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.
    4.Kuch qobiliyatini tarbiyalash.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid masalalarga e’tibor qaratilgan. Yurtimizda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini kamol toptirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Jismoniy tarbiya va sport insonlarni har tomonlama jismoniy rivojlanishida asosiy vositalardan hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport darslarini samaradorligini ta’minlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy KIRISH 4 sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Hozirda ayniqsa, bolalarni go‘daklikdan boshlab ommaviy va mustaqil jismoniy mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog‘lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur. Ushbu darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, asosiy tushinchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash metodlari, jismoniy sifatlarning umumiy tavsifi va ularni rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish haqida ma’lumotlar berilgan. Darslik 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan

    1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari.


    Metodlarni tanlashga umumiy talablar: ilmiy asoslanganligi; o‘qitishni qo‘yilgan vazifalariga ularning mosligi; o‘qitish printsplariga, o‘quv materialini o‘ziga xosligiga, o‘quvchilarning shaxsiy va guruhli tayyorligiga jismoniy madaniyat o‘qituvchisining (tarbiyachining) individual xususiyatlari va imkoniyatlariga, mashg‘ulotlar sharoitlariga mos kelishi. So‘z, ko‘rgazmalilik, o‘yin, musobaqa va aylanma trenirovka metodlaridan foydalanishni ahamiyati, so‘zning mazmuniy vazifasidan foydalanish metodikasi va jismoniy tarbiyada terminologiya muammosi, so‘zning emotsional vazifasidan foydalanish metodikasi. Ko‘rgazmali qabul qilish metodlari (uning ahamiyati, turlari va ularni qo‘llash metodikasi); o‘qitishning amaliy metodlari (o‘yin, musobaqa va qat`iy tartiblashtirilgan mashqlar metodlari); turli yoshdagi guruhlarda metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
    O‘yin metodi O‘yin metodining boshqa metodlardan farqi shundaki bu metod eng qadimgi zamondan beri kelayotgan metoddir. Ya’niy insonni madaniyati bilan birga rivojlanib kelgan. O‘yin metodi faqat voleybol, futbol, basketbol, qo‘l to‘pi bilan birga olib bormasdan jismoniy mashqlarning xammasida xam qo‘llaniladi. 37 O‘yin metodi orqali o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishi mumkin. o‘yin metodi biror maqsadga erishishda, o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullanishini, talabchanligini shug‘ullanuvchilarning xulq atvorini va emotsional holatini shakllantirishda foydalaniladi. Bu metod yuklamani dozirovkasini chegaralashda foydalaniladi (mashg‘ulotlar o‘yin qoidasi bo‘yicha o‘tkaziladi). O‘yin metodi harakat faoliyatini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Musobaqa metodi - bu xam o‘yin metodiga o‘xshash, lekin bu kichik, o‘rta va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida xam olib boriladi. (mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida, maktabda, ishlab chiqish korxonalarida). Musobaqa metodidan foydalanganda o‘kuvchilarning kuchini tekshirishimiz yoki yuqori natijaga erishishini ko‘rsatuvchi metoddir. Tanbex berish formasidagi pedagogik ta’sir etish shug‘ullanuvchilarda salbiy xis tug‘ular uygotib, yaramas ishlarni takrorlanishiga qarshilik ko‘rsatishga dv’vat etishi kerak. Agar shug‘ullanuvchilar tarbiyachining tanbex berishiga qarshilik bildirsalar, u xolda ularga nisbatan majbur etish va jazolash choralari qo‘llanilishi mumkin. 2.4. Aqliy tarbiya metodlari Jismoniy tarbiya prostessida muhokama yuritish shug‘ullanuvchilarni aniq fikrlashga, umumiy qoidalar xaqiqatlar ishlab chiqishga, xamda shularga muvofiq va jismoniy tarbiya soxasida muayyan tushunchalarni shakillantirishga o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya prostessida muhokama yuritish ko‘nikmasi asta-sekin bilan ortib boradi. Harakat amallariga o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilardan so‘rash ularning mustaqil ravishda kuzatishlari va taqqoslashlari orqali ularda muxokama yuritish malakasi xosil qilinadi. Shug‘ullanuvchilarda umumiy rivojlanish ortgan sari ulardagi harakat tajribalari va maxsus bilimlar boyib borgan sari, taxlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy baho berish va boshqa metodlar hamda aqliy tarbiya usullaridan foydalaniladi. 38 2.5. Mulohaza va fikrlash metodlari Bu metodlarning asosini bajaradigan harakat faoliyatini o‘zicha fikrlash va muloxaza qilish tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya tizmida bajariladigan mashqning asosiy fazalarini o‘zicha fikrlash, tahlid qilish, ruhan bajarish katta ahamiyatga ega. Albatta shug‘ullanuvchilarning mustaqilligi ularning bilish faolligi asosan o‘qituvchi izohini tinglash bilan cheklanadi. Shug‘ullanuvchilar juda kam darajada o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatadilar, juda kam mustaqil mulohaza yuritadilar. Shu sababli jismoniy tarbiya darsida og‘zaki tushuntirishdan keyin shug‘ullanuvchilarning mustaqil va amaliy faoliyatiga asoslangan turli xil mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2.6. Aylanma mashg‘ulot Aylanma mashg‘ulot kompleksiga asosiy va yordamchi sport gimnastikasi, sportning boshqa ba’zi turlaridan olingan, yaxshilab o‘rganilgan va texnik jihatdan uncha mrakkab bo‘lmagan harakatlar kiritiladi.
    2. Harakatlarga o‘rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O‘rgatish bosqichlarining asosiy yo‘nalishi va xususiyati.
    Boshlang‘ich tushunchalar: harakatlanish mahorati, harakatlar ko‘nikmasi, harakatlar malakasi va ko‘nikmlarining ahamiyati, ko‘nikma va malaka harakatni bajarishning turli darajalari sifatida va tushunish vazifasi sifatida; ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
    Dastlabki o‘rgatish bosqichi: xatti-harakatlar bilan tanishish: vazifalari, harakat haqida tasavvurini shakllantirish jarayonida (o‘qitish masalalarini tushunib etish, masalalar loyihasini tuzish, harakatni bajarishga urinish); o‘qitish metodlaridan foydalanish.
    Chuqurlashtirib o‘rgatish bosqichi: harakatlanish mahoratini yuzaga keltirish va takomillashtirish bosqichi (harakatlanish faoliyati, masalalari o‘ziga xos belgilari); o‘qitish metodlaridan foydalanish xususiyatlari; harakatlar xatolarini olidini olish va tuzatish, harakatlanish xatolarini mohiyatini tushunish, xatolarini guruhlarga ajratish, xatolar paydo bo‘lishi sabablari anglash va uning oldini olish choralari, xatolarini tuzatish usullari, harakatlar samaraliligini baholash mezoni (ahamiyatini alohida va umumiy baholash); o‘qitish printsplarini amalga oshirishning o‘ziga xosliklari.
    Mustahkamlash va takomillashtirish bosqichi: yuksak darajadagi harakatni bajarish mahoratini tashkil etilishi vazifalari (harakat vazifasining o‘ziga xos belgilari), o‘qitish metodidan foydalanishning xususiyatlari, takrorlashlar muammosi (oddiy takrorlash va variantli takrorlash, takrorlashlar soni, takrorlashlarni vaqt bo‘yicha taqsimlash) haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 10 - modul. Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari
    Tezlik chidamliligini rivojlantirish. Tezlik chidamliligi to‘g‘risida davriy tavsifga ega bo‘lgan mashqlarga (yugurish, yurish, suzish, eshkak eshish va h.k.) nisbatan gapirish qabul qilingan. Ularning har biri turli tezlikda bajarilishi mumkin. Harakatni belgilangan tezlikda boshqalarga nisbatan uzoqroq saqlay olgan sportchi chidamli hisoblanadi. Tabiiyki, mashqlarning turi va davomiyligi tezlikka bog‘liq: u qanchalik yuqori bo‘lsa, harakat davomiyligi shuncha qisqa bo‘ladi va 129 aksincha. Masalan, maksimal tezlikda yugurish davomiy bo‘lmaydi. U bir necha o‘n sekund davom etishi mumkin va bu vaqtda 100–200 m dan uzoq bo‘lmagan masofalar bosib o‘tiladi. Agar odam uzoq masofaga yuguradigan bo‘lsa, u tezligini pasaytiradi. Turli masofalarga yugurish bo‘yicha jahon rekordlarini V.S. Ferfel tahlil qilib, «tezlik – vaqt» bog‘liqligi to‘rt to‘g‘ri chiziqli qismga ajralishini aniqlagan, bu qismlar nisbiy quvvat bo‘laklari deb atalgan: maksimal, submaksimal, katta va o‘rtacha quvvat bo‘laklari. Har bir bo‘lak o‘z ichiga amaliyotda mavjud bo‘lgan masofalar guruhlarini olgan – qisqa, o‘rta, uzoq va o‘ta uzoq. Rekordlar egri chizig‘ining kesmalarga bo‘linishi nafaqat yugurishdagi rekordlarga, balki boshqa davriy mashqlarga – suzish, konkida yugurish, velosipedda uchishga ham tegishliligi aniqlangan. Barcha hollarda quvvat mezoni bo‘lib masofa emas, uni bosib o‘tish uchun ketgan vaqt qabul qilingan. Shuning uchun, masalan 500 m ga yugurish va 100 m ga suzish quvvati bo‘yicha nisbatan teng bo‘lishi mumkin, chunki ikkala mashq ham deyarli bir xil – bir daqiqaga yaqin vaqtni talab qiladi. Agar yuguruvchi 200 m ni 19,72 s.da bosib o‘tsa bu maksimal quvvat ishi bo‘ladi, agar u xuddi shu masofani 40 s.da bosib o‘tsa, bu ish quvvati bo‘yicha submaksimal bo‘ladi. V.S.Ferfel tomonidan taklif etilgan quvvat bo‘laklari klassifikastiyasiga jahon rekordlarining o‘sishi munosabati bilan bir necha marta aniqliklar kiritilgan va takomillashtirilgan. «Rekordlar egrisi», birinchidan, 4 qismga emas, undan ko‘proq bo‘laklarga bo‘linar ekan. Masalan, N.I. Volkov submaksimal quvvat bo‘lagini ikki kichik bo‘lakka ajratishni taklif qilgan: davomiyligi 15 s.dan 40 s.gacha va 40 s.dan 2 daq.gacha. O‘rtacha quvvat bo‘lagi ham ba’zida ikki qismga ajratiladi – uglevod nafas olish va yog‘ nafas olish bo‘laklari. Ikkinchidan, turli yoshdagi, jinsdagi va tayyorgarlikdagi odamlarda ishning vaqt chegaralari har bir bo‘lakda ma’lum farqqa ega. Turli quvvat bo‘laklariga (100 mga va 10000 mga yugurish) tegishli bo‘lgan davriy mashqlarda charchashning fiziologik mexanizmlari keskin farqlanishi aniqlangan. Shu bilan birgalikda, agar mashqlar bir bo‘lakka tegishli bo‘lsa (masalan, 100 va 200 mga yugurish), charchash va tabiiyki, chidamlilik mexanizmlari ko‘p jihatdan bir xil bo‘ladi. Uning rivojlanish darajasiga boshqa omillar ham ta’sir 130 ko‘rsatadi. Inson organlari va organizmi tizimlaridagi farqlar tezlik chidamliligini rivojlantirish usuliyatini belgilaydi. Chidamlilik faqatgina charchash alomatlari borligida namoyon bo‘ladi. Tezlik chidamliligi qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, turli masofalarga harakatlanishlarda charchash alomatlari shunchalik kech namoyon bo‘ladi va tezlik ham shunga mos ravishda saqlanib turadi. Har bir quvvat bo‘lagida tezlik chidamliligini takomillashtirishning asosiy yo‘li – mashqlarda turli yosh guruhlari uchun xos bo‘lgan ish hajmidan bir oz ko‘proq ish bajarish, ya’ni ma’lum bo‘laklarda bellashuvlardagidan yuqori tezlikda xaraktlanishdir. Mushaklar faoliyatining energiya ta’daqoti tavsifidan kelib chiqib, harakat tezliklari uch guruhga bo‘linadi, ular har bo‘lakda chidamlilikni rivojlantirishni me’yorlashda muhim ahamiyatga ega. ♦ subkritik tezlik, bunda energiya sarfi kichik va kislorodga ehtiyoj aerob imkoniyatlardan kam (ya’ni iste’mol qilinayotgan kislorod barcha ehtiyojlarni qoplaydi) – aerob funksiyalarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. ♦ kritik tezlik, kislorodga ehtiyoj aerob imkoniyatlarga teng va mashqlar kislorodning maksimal ko‘rsatkichlari sharoitida bajariladi aerob-anaerob funksiyalarni rivojlantiradi. ♦ yuqori kritik tezlik, kislorod ehtiyoji insonning aerob imkoniyatlaridan yuqori va mashqlarni bajarish kislorod etishmovchiligi sharoitida bajariladi, anaerob imkoniyatlarni takomillashtirishga ko‘maklashadi. Subkritik, kritik va yuqori kritik tezliklarning mutloq ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan davriy mashqlarning turi, shug‘ullanuvchilarning yoshiga, jinsiga va tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Misol uchun kuchli erkak sportchilarning tezligi – suzishda 1,6 m/s, yugurishda 5,92 m/s, konkida yugurishda 11,2 m/s, velosipedda 13,5 m/s ni tashkil qiladi. Maksimal va submaksimal quvvat bo‘laklarida tezlik chidamliligini rivojlantirish uchun mashqlar yuqori kritik tezlikda bajariladi. Katta quvvat bo‘lagida yuqori kritik va kritik tezliklarda, o‘rta quvvat bo‘lagida asosan subkritik va kritik tezliklarda bajariladi. Maksimal quvvat bilan ish bajarilganda tezlik chidamliligi chegaraviy davomiyligi 9-20 s bo‘lgan mashqlar uchun tavsifli. Masalan, 30-60 m ga kichik yoshdagi, 100 m ga katta yoshdagi maktab o‘quv- 131 chilari uchun 100-200 m masofaga yugurish – malakali sportchilar uchun. Maksimal quvvat bo‘lagida tezlik chidamliligini rivojlantirishning asosiy vositasi kesimlarni bellashuvlardagiday maksimal yoki unga yaqin tezlikda bosib o‘tishdir. Bu yerda insonning rekord tezligi emas, balki uning shaxsiy imkoniyatlari nazarda tutilmoqda. Maksimal quvvat bo‘lagida tezlik chidamliligini rivojlantirish jarayonida charchashning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan tezlikning o‘zgarish dinamikasini e’tiborga olish lozim. Agar inson harakatning boshidayoq charchoqni sezsa va tezlik tez pasaysa (masalan 20 mga yugurishda natija yuqori, 50 mda esa nisbatan past), demak, boshlang‘ich bosqichda (startda) chidamlilik yetarli emas. Agar charchoq keyinroq yuz bersa, tezlik masofaning o‘rtasidan yoki oxiriga kelib pasaya boshlasa, masofaviy tezlik chidamliligini yetarli emasligi to‘g‘risida so‘z ketadi. Bunday hollarda chidamlilikni rivojlantirish usuliyati bir hil bo‘lmaydi. Ishning boshlanishida o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilish va tezlik sur’atini pasaytirmaslik uchun hajmi maksimaldan 95-100% bo‘lgan mashqlar 3-8 s davomiylikda takroriy bajariladi. Hordiq uchun tanaffus 2-3 daq. Bir seriyada takrorlashlar soni 3-5 marta. Mashqlar organizmga chuqurroq ta’sir qilishi uchun 2-4 seriya bajariladi. Seriyalar oralig‘ida 4-6 daq. tanaffus. Bunday ish tartibi qisqa masofalarga o‘quv mashg‘ulotlari uchun tavsifli. Mashg‘ulotlarda takroriy usul bilan bir qatorda intervalli sprint qo‘llaniladi. Unda mashqlar maksimaldan 95-100% tezlik bilan, 10 s tezlanish va 10-15 sekundlik tanaffuslar bilan bajariladi. Tanaffuslar hajmi katta bo‘lmagan 3-5 seriyali ish bilan to‘ldiriladi, har bir seriyada mashqlar 3-5 marta takrorlanadi. Seriyalar orasida 8-10 daq. tanaffus. Masofani yuqori sur’atlarda, tezlikni pasaytirmay (yoki bir oz pasaytirgan holda) bosib o‘tish uchun uzoq vaqt mobaynida nisbiy yuqori tezlikni qo‘llab turish qobiliyatini takomillashtirish zarur. To‘g‘ri, bellashuv masofasini ortiqcha oshirish mumkin emas, chunki bu ish hajmini asosiy masofa talablariga javob bermaydigan darajaga pasayishi bilan bog‘liq. Mashg‘ulotlarda asosan maksimaldan 90-95% hajmdagi va 10-20 s davomiylikdagi mashqlarni bajarish nazarda tutilgan. Har bir seriyada takrorlashlar soni 3-4 marta. Sport ryazryadiga ega bo‘lma- 132 ganlar uchun seriyalar miqdori 2-3 ta, yaxshi tayyorlangan odamlar uchun 4-6 ta. Submaksimal quvvatda ishlaganda tezlik chidamliligi turli yoshdagi va tayyorgarlikli odamlarda maksimal davomiyligi 50 s. va 4-5 daq.dan ortiq bo‘lmagan mashqlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, 10 yoshli bolalar uchun 9 dan 90 s.gacha davomiylikda yugurishda, 50-400 m.ga mos keladi, 13 yoshli bolalar 15 s.dan 4 daq.30 s.gacha, 90-1600 m. masofaga; kattalarda yuqori malakali sportchilar uchun yugurish davomiyligi 20 sdan 2 daq 16 s. oralig‘ida bo‘ladi. Ular bu vaqtda 200 dan 100 mgacha masofani bosib o‘tadilar. Submaksimal quvvatda ishlaganda, tezlik chidamliligini rivojlantirishning asosiy vositasi turli masofadagi mashg‘ulot kesmalarini bellashuvdagi tezlikdan yuqori sur’atda bosib o‘tish hisoblanadi. Submaksimal quvvat bo‘lagiga tegishli ko‘p masofalar uchun chidamlilikning o‘sish kattaligi qo‘llanilayotgan harakat tezligi oralig‘iga bog‘liq bo‘lib, bellashuv tezligidan tahminan ±10-15% oralig‘idagi chegaraviy o‘zgarishlarga ega. Barcha hollarda yaqqol charchash alomatlari paydo bo‘lgungacha ishlash chidamlilikni oshirishning asosiy shakli hisoblanadi. Submaksimal quvvatning turli bo‘laklaridagi davriy mashqlarni bajarishda tezlik chidamliligini rivojlantirish ma’lum farqlarga ega. Submaksimal quvvatda 40-45 s. chegaraviy davomiylikda ishlaganda, mashqlar kislorod yetishmovchiligiga qaramasdan juda katta hajmda bajariladi. Mushak faoliyatining energiya ta’daqoti bu holda anaerob glikolit quvvat hisobiga amalga oshiriladi. Tezlik chidamliligi bunday ishlaganda masofaning qisqartirilgan kesmalarini yuqori tezlikda bosib o‘tish yo‘li bilan rivojlantiriladi. Masalan, 400 mga yuguruvchi uchun 200 mdan 3-5 marta. So‘ng kesmalar uzunligi ortib boradi. Ular bellashuv masofasiga yaqin, teng va hatto bir oz ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, 400 mga yuguruvchi uchun 350-400 m masofani takror (2-4 marta) katta tezlikda bosib o‘tish. 45 s-4,5 daq. oralig‘ida bosib o‘tiladigan masofalarda tezlik chidamliligini rivojlantirishda energota’daqot anaerob glikolitik hajmga (anaerob emiriladigan glikogenlarning umumiy miqdori) bog‘liq bo‘ladi. Mashqlarni bajarishning asosiy usuli – takroriy, bir takrorlash davomiyligi 1 dan 5 daq.gacha. harakat tezligi 80-85%. Bir seri- 133 yada takrorlashlar soni 4-6 marta. Takrorlashlar orasida tanaffus 4-8 daq, seriyalar orasida 10-15 daq. mashqlar chuqurroq ta’sir qilishi uchun 2-4 seriya bajariladi. Maksimal quvvatda ishlaganda tezlik chidamliligi davomiyligi 2-10 daq. va undan ko‘p davomiylikdagi mashqlarni bajarishda nomayon bo‘ladi. Mazkur bo‘lak ichida vaqt chegarasi oraliqlari turli yoshdagi shaxslar uchun bir xil emas. Ayniqsa, bu farq kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu hol bolaning o‘sishi va rivojlanishi natijasida organizmda yuz beradigan morfologik, funksional, yurak-qon tomir, asab-mushak va boshqa tizimlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Yuqori malakali sportchilardan ushbu bo‘lakka 1500-5000 mga yuguruvchilar, 400-1500 mga suzuvchilar, 3000, 5000 va 10000 mga konkida yuguruvchilar kiradi. Chidamlilikni rivojlantirishning asosiy vositasi mashg‘ulot masofalarida kritik tezlikka yaqin, teng va bir oz ko‘proq sur’atda harakatlanishdir. Ta’siri bo‘yicha bunaqa ish organizmda kislorodning maksimal iste’mol qilinishiga sabab bo‘ladi va uzoq vaqt davomida uni yuqori darajada saqlab turish imkonini beradi. Ishlayotgan mushaklarni energiya bilan ta’minlash jarayoni – aralash, aerobanaerob. Mazkur bo‘lakda chidamlilikni rivojlantirish uchun o‘zgaruvchan, takroriy va oraliq usullar qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan usulda harakat tezligi o‘rtachadan bellashuv tezligigacha bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan mashg‘ulot «fartleka» turi bo‘yicha o‘tkaziladi – uzunligi bo‘yicha turli masofalar turli tezliklarda bosib o‘tiladi, yoki bir xil kesmalarni navbat bilan yuqori va past tezlikda bosib o‘tiladi. Masalan, konkida 10 davra yugurishda, 1 davra tez + 1 davra past o‘zgaruvchan tezlikda o‘tiladi. Takroriy usul qo‘llanilganda bir takrorlashning davomiyligi 5 – 10 daq. oralig‘ida bo‘ladi. Bosib o‘tiladigan kesmalar uzunligi bellashuv masofasiga teng, bir oz ko‘p yoki kam bo‘lishi mukin. Masofaga teng yoki bir oz ko‘proq kesmalar bellashuv tezligidan 10% kam, kichik kesmalar (masofaning 1/3–1/4 qismi) 8-12% ko‘p tezlikda o‘tiladi. Mashqni takrorlash miqdori seriyada 4 – 12 marta. Mashg‘ulotlar bir yoki bir necha seriyadan iborat bo‘ladi. Masalan, eshkak eshuvchi bolalarning kesmalarda bajargan umumiy ishi 1000 m bellashuv masofasiga nisbatan 1,5 marta, yoshlarda 2-2,5 marta, kattalarda esa 2,5-3,5 marta katta. Takrorlashlar 134 orasidagi tanaffuslar davomiyligi mashq davomida bajarilgan ish hajmiga qarab 3-10 daq. oralig‘ida belgilanadi. Ular organizmning to‘la qayta tiklanishini ta’minlashlari lozim. Seriyalar orasida hordiq 10-15 daq. O‘rta quvvatda ishlaganda tezlik chidamliligi bellashuv faoliyatining davomiyligi 9-10 daq.dan 1-1,5 soatgacha va undan ko‘p vaqt davomida bajariladigan mashqlari uchun xos. Misol uchun yuqori malakali sportchilarda bular: ♦ 10 kmga yugurish; ♦ marafoncha yugurish; ♦ 1500 mga suzish; ♦ 10 000 mga konkida yugurish va boshq. Turli yoshdagi bolalar uchun bu masofalar quvvatning boshqa bo‘laklariga mos kelishi mumkin. Xususan, 9-11 yoshdagilar uchun 5 kmga yugurish katta quvvat bo‘lagiga kiradi. Mazkur bo‘lakda biron masofani eng yaxshi natija bilan bosib o‘tish uchun bellashuv tezligini oshirish va uni ko‘p vaqt davomida saqlashni ta’minlash lozim. Uzoq va o‘ta uzoq masofalarda tezlik chidamliligining asosida, avvalo, aerob mexanizm energomahsulotining hajmi yotadi, ya’ni mushaklar va jigarning glikogen va yog‘ kislotalari zaxirasi. Uning axborot ko‘rsatkichlari – anaerob almashinuv ostonasi (ANAO) darajasini maksimal kislorod iste’moli (MKI)ga nisbati va ANAO darajasida harakatlanish tezligi. ANAOda to‘la energota’daqot uchun yaqqol kislorod yetishmasligi kuzatiladi, energiyaning kislorodsiz (anaerob) hosil bo‘lish jarayonlari keskin ortadi, bu jarayon energiyaga boy moddalarning (mushaklarning kreatinfosfati va glikogeni) yemirilishi hisobiga yuz beradi. ANAO darajasining ortishi sportchilarga masofaning katta qismini aerob sharoitda bosib o‘tib, finish tezlanishi qismida anaerob zaxiralardan foydalanish imkonini beradi. Yuqori tezlikning uzluksiz o‘sishini qo‘llash qobiliyati stayerlik masofalarida energetik salohiyat hisobiga amalga oshirilishi mumkin: ♦ MKIning ko‘payishi, ya’ni organizmning kislorod hajmi vaqt birligida o‘zlashtira olishi; ♦ MKIga nisbatan ANAO darajasining oshishi (uning kattaligi tayyorgarlik ko‘rgan odamlarda MKIdan 80%gacha o‘sishi mumkin; 135 ♦ energiya sarflanishini tejash va mushak mexanizmida yuzaga keladigan energiyaning (to‘qimalar almashishi) transformatsiyasi. Chidamlilikni rivojlantirishning asosiy vositalari: subkritik tezlikda bajariluvchi yugurish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish kabi sport turlaridir. Uzluksiz va uzlukli mashq usullari yordamida chidamlilikni amalga oshirish mumkin. Usulni bir tekisda qo‘llash uchun mashqlar doimiy tezlikda bajariladi, ya’ni 75-80% ni tashkil qiluvchi 20 daqiqa yoki undan ko‘p jiddiy vaqt ichida. Bunday ish tartibi organizmning nafas yo‘llari va yurak-qon tomir tizimidagi vazifalarni amalga oshirishda eng qulay sharoitdir. Chidamlilikni oshirish uchun uzluksiz usul vositasini qo‘llashda harakat tezlik darajasini saqlash muhimdir. Uni oshirib yubormaslik kerak, chunki anaerob jarayonlar ortiqcha harakatlanib ketadi. U 60-80% li diapazonda keskin o‘zgarib ketishi kerak. Takrorlash usulidagi mashg‘ulotlarda musobaqa masofalari tezligiga ko‘ra qisqaroq yo‘l egallanadi, ya’ni 15-25 daqiqa dam olish oralig‘i bilan 6-10% musobaqa oshirish 6-10% ga. Interval usulini musobaqa mashg‘ulotlarida qisqa yo‘lda, qisqa dam olish orqali, lekin juda kup takrorlash bilan qo‘llash maqsadga muvofiqdir. (Masalan suzuvchilar 50m x |15-30| suzadi, dam olishi -30-45s.) Musobaqa darajasida bo‘ladigan harakat tezligini uzoq vaqt ushlab turish qobiliyatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlarda qisqa masofalarni o‘tishni tekshirish foydalidir.
    3. Harakat malakalarining tashkil topish qonuniyatlari.

    Download 148.84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 148.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari

    Download 148.84 Kb.