• Jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliet bilan bog`liqligi printsipi Bu printsip
  • Mavzu: jismoniy tarbiya tizimi




    Download 58.77 Kb.
    bet1/3
    Sana01.04.2023
    Hajmi58.77 Kb.
    #48097
      1   2   3
    Bog'liq
    JISMONIY TARBIYA TIZIMI
    HARAKATLARGA O‘RGATISH BOSQICHLARINING TUZILISH ASOSLARI., JISMONIY TARBIYA VOSITALARI.

    MAVZU: JISMONIY TARBIYA TIZIMI
    REJA
    Kirish
    1. Jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliet bilan bog`liqligi printsipi.
    2. Shaxsni har tomonlama rivojlanishi printsipi.
    3. Jismoniy tarbiyani sog`lomlashtirishda yunaltirish printsipi
    Xulosa
    Adabiyotlar

    K I R I SH


    Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida printsiplarning xilma-xil guruhlari mavjud. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy va metodik printsiplari, jismoniy tarbiyaning ayrim kurinishlari xususiyatlarini ifodalovchi(masalan, sport, kosmonavtlar, ut uchiruvchi va hokazo) lar trenirovkasi printsiplari mavjud. Ular bir-biri uzviy bog`liq bulib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular quyidagilardan iborat: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog`liqligi: b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish: v) jismoniy tarbiyaning sog`lomlashtirishga yunaltirilganligi printsiplari. Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar bir tomondan, nizom vazifasini utasa ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida uqituvchini nazariy va metodik jihatdan ma`lum ramka(qolip)ga, yunalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim holatlarda: printsipga jismoniy tarbiya ma`lum bilimlarning bir qismi, yoki faoliyatga yuriqchi (kursatma beruvchi), yoki turli xil alohida vazifani bajarish uchun umumiy asos deb qaraymiz.


    Jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliet bilan bog`liqligi printsipi Bu printsip
    Kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy ijtimiy qonuniyatini va uning xizmat funktsiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat uzining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruhi fizkul`tura va sportning xizmat funktsiyasiga hozirgi davr turmushidagi, hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexaniqasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar. Fizkul`tura va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak bulgan xarakat malakalarini tarbiyalash va rivojlantirishdagina hayotiy ahamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy hayotda ham qullaniladi. Tug`ri, velosipedda yurish malakasi, granata uloqtirish va boshqalar aynan amaliy hayotiy ahamiyatga ega. Lekin bu bilan jismoniy tarbiyaning hayotiy zaruriyati hali aytarli cheklanmaydi. Maboda cheklansa, biz futbol va boshqa sport uyinlari, gimnastika, shtanga bilan bajariladigan jismoniy tarbiya jarayonidagi eng muhim mashqlar, asosiy omillar, hayotiy ahamiyatga ega emas, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Aslida esa bizning jismoniy tarbiya tizimimiz bu mashqlarni “hayot uchun zarur” deb uzining pedagogik jarayoni tarkibidan chiqarmaydi. Tushunarliki, futbolchi mehnatda yoki mudofaa sharoitida kuchini tejab sarflab, tupni aniq nishonga urishiga ehtiyoji yuq. Meqnatda yoki mudofada undan foyda yuq. Biroq futbol uyini mashg`ulotlarida egallangan chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik, qisqa vaqt ichida hal qiluvchi qaror qabul qila olish, dadil aniq bajariladigan harakat sifatlarini rivojlantirishga erishish hayotiy zaruriyatdir. Jismoniy tarbiyaning maqsadi mehnatga va mudofaga tug`ridan-tug`ri yunaltirilsagina, unda tarbiya orqali egallangan malaka va kunikmalar zahirasi kup bulsa, kishi notanish sharoitga -ishlab chiqarishdami, armiyadami qisqa vaqt ichida tez moslashadi va lozim bulgan mehnat faoliyati yoki harakat texnikasini tez egallaydi. Ma`lumki, chaqqon, kuchli, chidamli, tezkor va eguluvchan kishi yangi harakat malakasini egallashda qiyinchilikka nisbatan kam uchraydi. Amalda sog`lom bulsada, harakat zahirasi kam bulsa, u kishi lozim bulgan harakat texnikasini sekin uzlashtiradi. Gimnastika mashqlari hayotiymiU Albatta! Oddiy misol: ish boshlanishidan oldingi bajariladigan gimnastika toliqishning, charchashning oldini oladi, organizmning yuqori ish qobiliyatini ta`minlaydi. Suzish, muvozanat saqlash apparati (miyacha) funktsiyasini yaxshilaydigan eng yaxshi vosita deb isbotlangan. Gimnastika jihozi- “Kon`” dagi xilma-xil mashqlar vaznsizlik sharoitida, parashyut bilan sakrash, suvosti ishlariga oson moslashtiradi. Tashqi kurinishidan bu mashqlar hayotiy-amaliy emasdek tuyulsada, aslida... . Yana misol, ma`lumki, samolyot va kosmik kemaning uchish tezligi juda yuqoridir. Ularning boshqaruvchilari organizmida kutilmaganda hilma-hil uzgarishlar ruy beradi- ma`lum vaqt ichida miyaga birdaniga qon bormay qoladi yoki lozim bulganidan oz boradi. Sababi, bosimning yuqori yoki kamligi, tezlikning esa uta yuqoriligidir. Bu ta`sirdan tez qutulishni esa yaxshi rivojlangan tana muskullarigina uddalaydi. Tana muskullari esa jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish orqali rivojlantiriladi. Demak, jismoniy tarbiya hayotiy va zaruriy. Vaznsizlik gavdani boshqarishni talab qiladi. Batut, Loping va boshqalardagi mashqlar kosmonavtlar trenirovka mashg`ulotlarining asosini tashkil qiladi. Ulug` Vatan urushi va hozirgi zamon harbiy uquv mashg`ulotlari tajribasi, maksimal avtomatlashgan harbiy texnika, tez manevr qilish uchun soldat va ofitserda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bulish talabani ilgari surmoqda. Bunga esa harbiy hayotda jismoniy mashqlar bilan sistemali shug`ullanish, mashq qilish orqaligina erishish mumkinligiga amalda guvohmiz. Yuqori darajada uyushtirilgan ishlab chiqarish mehnati fabrika ishchisidan bir tomonlama rivojlanishni emas, undan universallikni talab qiladi. U uz navbatida yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik sifatlari yoki kursatkichlariga ega bulishlikni taqoza etadi. Shuning uchun ham mehnatni uyushtirishning yuqori darajasi takomillashgan mehnat ishlab chiqarishi “har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasi” muammasining paydo bulishiga olib kelishi tabiiydir.



    Download 58.77 Kb.
      1   2   3




    Download 58.77 Kb.