• II BOB. OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI
  • Mavzu: Kasb hunar kolleji o’quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni Reja




    Download 81.05 Kb.
    bet1/18
    Sana06.07.2022
    Hajmi81.05 Kb.
    #24774
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Sherzod aka 2222
    mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2), Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия

    Mavzu: Kasb hunar kolleji o’quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni
    Reja:
    KIRISH...………………………………………………………………………..3-5
    Asosiy qism
    I BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIM TARBIYAGA YONDASHUVLAR…………….…………………………….….6
    1.1. An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar va pedagogik texnologiya ta’limning tizimli usuli…………………………………………………….….6-18
    1.2. Ingliz tilida gapirishga о‘rgatishning mazmuni…………………....…19-30


    II BOB. OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI
    2.1. Interfaol metodlar va ularning mohiyati……………...…………….......31-39
    2.2. O’quv til materialini tahlil etish.……………..……….…………..….....40-52
    2.3. Xorijiy til darslarida leksik materiallar ustida ishlash……………..........53-67
    Xulosa……………………………………………………………………………..68
    Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati……………………………………….……….69


    KIRISH
    Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Hozirgi paytda xorijiy tillarni о‘rganish va о‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan о‘ziga munosib о‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda о‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yо‘qdir…”
    O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida’’ gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi’’, O’zbekiston Respublikasi hukumatining umumiy o’rta ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, Birinchi Prezident I. A.Karimovning ta’lim tizimini takomilllashtirishga yo’naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.
    Pedagogika fani va ta’lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qо‘llaniladi. An’anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy yondashuv, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.
    Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim-takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. О‘quv materiali aniq ifodalangan о‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bо‘lak (qism, modul) larga ajratiladi, о‘quv materialini о‘rgatishning alternativ yо‘llari nazarda tutiladi, har bir bо‘lakni о‘rganish test yordamida nazorat etilib, hato, kamchiliklar tuzatilib, tо‘g‘rilab boriladi. О‘quv ishi etalonda kо‘rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va о‘zaro yordamlashishini inkor etmaydi. Ta’lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, kо‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda kо‘proq, samara beradi. Texnologik yondashuvni qо‘llash qо‘yilgan о‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
    Metod-(grekcha Metodos sо‘zidan olingan bо‘lib, izlanish yoki bilish yо‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi) konkret vazifani yechishga bо‘ysundirilgan, borliqni amaliy yoki nazariy о‘zlashtirish operatsiyalarining yoki yо‘llarining yig‘indisi.
    Metod – ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchinig muayyan maqsadga karatilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullar yig‘indisi. Usul-ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning yo’li.
    Ta’lim modeli – ta’lim jarayoni tuzilmasi. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bо‘yicha о‘quvchi va о‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning qо‘yidagi belgilari bо‘yicha guruhlarga bо‘linad
    Har bir dars yoki darslar guruhi (paragrf) muayyan til materialini o’z ichiga oladi. Yangi material ma’lum darajada qiyinchilik tug’dirishi ehtimoldan yiroq emas. Buni o’quvchilar til tajribasi “g’alviri”dan lisoniy birlikni o’tkazish orqali aniqlaymiz. Xorijiy til va ona tili (shuningdek, ikkinchi til)ning qiyosiy tahlilini jadvalda namoyish qilish mumkin:
    Xorijiy tilning qiyinchiliklari darslik muallifi tamonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi. Muallim ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha tayyorgarlik ko’rganida, ona tili va xorijiy til hodisalari muqoyasasini tahlil qiladi. O’ta qiyin til birliklariga e’tiborni kuchaytiradi, zarur bo’lsa, qo’shimcha mashq kiritadi.
    Mashqlar ketma-ketligini ta’minlash. Hozirgacha shakllangan o’quvchilar ko’nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajarilmish mashqlar tartibotini belgilab chiqish yaxshi natija beradi. Taqdim etiladiga va ilgari o’rganilgan o’quv til materialini ko’nikma va malaka tarkibiga kiritish niyatida uch bosqichli – shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlat tavsiya etiladi. Darsning mashqlari va talab va materialini muallim sinchiklab tahlil qiladi. Darslikdagi va o’zi beradigan mashqlar bajarilishining eng samarali tartibi ishlab chiqiladi.
    Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyorgarlik chog’ida o’quv vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Dars maqsadiga, yangi materialga, mashqlarga va o’quvchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o’quv metodik kompleks tarkibidagi va qo’lda yasalgan vositalarni ishlatish va ulardan foydalanish usullari o’ylab qo’yiladi.
    Didaktik manbalarda fan asosini o’rgatish nuqtai nazaridan uy vazifasini so’rash, o’quv materialini tushuntirish va astlabki mustahkamlash, o’zlashtirilgan bilmlarni nazorat qilish kabi darsning tuzlishi yoritilgan va bir paytlar xorijiy til o’qitishda ham tavsiya etib kelingan. Xorijiy tilni nutq faoliyati nazariyasi (psixolingvistika)ga asoslanib o’rgatish boshlangandan buyon umumiy ta’lim nazariyaidagi bir yoqlama yondashishdan voz kechildi.
    XX asrning 60-yillaidan boshlab xorijiy til darslari ikki turga bo’linadigan bo’ldi. Yetakchi metodist olimlar ta’rificha, sof nutq darsi (SND) va aralash nutq darsi (AND) nomlari paydo bo’lgan.
    Birinchi tur (SND)ga, o’rganilagan ti; materiali yuzasidan shakllangan nutqko’nikmasiga asoslanib, nutq malakalarini rivojlantirishga bag’ishlanadigan darslar kiritiladi. Bu darslarning mohiyatini nutq mashqlarini bajarish tashkil etadi. Muallim va shogirdi faoliyati nutq mavzusi O’NV yoki matn asosida axborot berish/olishga qaratiladi. Bir yoki birdan ortiq nutq faoliyati turiga oid malaka hosil qilish uchun bajariladi. Til materialiga nisbatan kamroq e’tibor beriladi.


    Download 81.05 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 81.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kasb hunar kolleji o’quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni Reja

    Download 81.05 Kb.