Mavzu: Kiberhujumlarning turlarini tahlil qilish. Man-in-the-Middle xujimi, DoS va ddoS xujumlari




Download 23,58 Kb.
bet1/3
Sana31.05.2024
Hajmi23,58 Kb.
#258256
  1   2   3
Bog'liq
laboratoriya-11


11-Laboratoriya mashg’ulot.

Mavzu: Kiberhujumlarning turlarini tahlil qilish. Man-in-the-Middle xujimi, DoS va DDoS xujumlari.


Kiber tahdidlar turlari.
Kiberxavfsizlik uch turdagi tahdidlarga qarshi kurashadi.
1.Kiberjinoyat — bir yoki bir nechta xakerlar tomonidan tizim faoliyatini buzish yoki moliyaviy foyda olish maqsadida unga hujum qilish maqsadida uyushtirilgan harakatlar.
2.Kiberhujum — asosan siyosiy xarakterga ega bo’lgan ma’lumotlarni to’plashga qaratilgan harakatlar.
3.Kiberterrorizm – davlat xavfsizligiga, shaxs va jamiyatga tahdid soladigan kibermakondagi noqonuniy xatti-harakatlar majmuasidir.Kiberterrorizmning asosiy maqsadi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilishga ta’sir qilishdir.
Qanday qilib xakerlar kompyuter tizimlari ustidan nazoratni qo’lga kiritishadi? Gap shundaki ular turli xil vositalar va usullardan foydalanadilar.Biz sizga shu vostilarning eng keng tarqalganlari haqida ma’lumotlar keltiramiz.
1.Malware — Zararli dastiy ta’minot
Ismidan ham bilinib turganidek zararli dasturiy ta’minot kiber jinoyatchilar ishlatadigan eng keng tarqalgan vositadir.Bilimi tajribasi kuchli bo’lgan xakerlar zararli dasturlarni o’zlari yaratadilar yoki ba’zida tayyor,hammaga ma’lum zararli dasturlardan foydalanish holatlari ham uchraydi.
Zararli dastur ko’pincha pullik dasturlarning bepul varianti sifatida internetda yoki elektron pochta orqali tarqatiladi.Kiberjinoyatchilar undan pul topish yoki siyosiy maqsadli hujumni amalga oshirish uchun foydalanadilar.Zararli dasturlar turli xil shakllarda bo’lishi mumkin,keng tarqalgan turlarini sanab o’tamiz:
1.1Viruslar(Viruses) — fayllarni zararli kod bilan zararlaydigan dasturlar. Kompyuterlar orasida keng tarqalish uchun «o’z o’zidan» ko’payadigan turlari ham bor.
1.2 Troyanlar(Trojans) — bu yuqorida aytganimiz dasturlarning bepul varianti niqobi ostida yashiringan zararli dastur. Foydalanuvchilar troyanni kompyuterlariga yuklab olishlari uchun ularni xar xil usullar bilan aldashadi.Troyaj kompyuterga o’rnashgandan so’ng ma’lumotlar to’plashi yoki uni buzishi ham mumkin.Bu troyanning turiga va vazifasiga bog’liq.
1.3Ayg’oqchi dasturlar(Spyware) — bu foydalanuvchining kompyuterdagi yoki telefonidagi harakatlarini yashirincha kuzatuvchi va ma’lumotlarni (masalan, login,parollarni,smslarni) to’playdigan dasturiy ta’minot.

Download 23,58 Kb.
  1   2   3




Download 23,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kiberhujumlarning turlarini tahlil qilish. Man-in-the-Middle xujimi, DoS va ddoS xujumlari

Download 23,58 Kb.