Katta va tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmuni




Download 242.5 Kb.
bet4/9
Sana14.05.2023
Hajmi242.5 Kb.
#59578
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KICHIK GURUH BOLALARINI FAOLIYAT MARKAZLARIDAGI FAOLIYATLARINI LOYIHALASHTIRISH
2-мустақил иш масалалари, TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
1.2. Katta va tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmuni
Bolada atrof-olamga estetik munosabatni, tasviriy san’at asarlarini idrok etish va go‘zallikni his qilish tuyg‘usini tarbiyalashda davom etish. Bolaning taassurotlarini boyitish, tasavvur, tafakkur va mushohada quvvatini orttirish, badiiy-ijodiy qobiliyatini o‘stirishga alohida ahamiyat berish.
Bolani taniqli rassomlar asari (Alisher Mirzaevning “Toshkent-tinchlik va do‘stlik shahri”, Alisher Aliqulovning “Kurash”, “Tosh ko‘tarish”, Akmal (Nur) Ikromjonovning qum bilan ishlagan asarlari) bilan tanishtirish lozim. Bu rasmlarda aks ettirilgan voqea-hodisalardagi holat va kayfiyat mutanosibligini his etishga, ranglar uyg‘unligiga e’tibor berishga undash lozim.
Bola e’tiborini tevarak-atrofga, tabiat manzaralariga, turfa ranglar jilosiga, rang-barang o‘simliklarga, qushlarning sayrashiga, yayrab uchishlariga qaratish, ulardagi umumiylik va o‘ziga xoslikni tushuntirish.
Bolada tabiatni kuzatish orqali kun davomidagi yoki mavsumiy o‘zgarishlarni payqashga, yorqin va sokin ranglarni his etishga, “Oltin kuz”; “Kumush qish”; “Zumrad bahor”, “Gullar”; “Quyoshli yoz”, “Mevazor” va boshqa mavzularda manzarali rasmlar chizishga o‘rgatish.
Turli o‘yinchoqlar, meva va sabzavotlar, gullarni asliga (naturaga) qarab chizishda aniqlikka, rang va tusga e’tibor berish kerak bo'ladi.
Tasvirlanayotgan odamlarni, buyumlar, o‘simlik va jonivorlarni o‘ziga xos xususiyatlarini, harakatni (shamolda gullar yoki daraxt shoxlarining egilishi; pishgan mevalarning, sarg‘aygan barglarning, bahorda gullagan daraxtdan gul yaproqchalarining to‘kilishi), oila a’zolarini (“Dadam va men”, “Oyijonim va men”); hayvon va qushlar tanasining harakat o‘zgarishlarini (“Tovuq jo‘jalari bilan donlamoqda”, “Qushlar uchmoqda”) aks ettirishga o‘rgatish lozim.
Bayram manzaralari (“Mustaqillik mushaklari va bayroqchalari”, “O‘lkamda Navro‘z”) asosida rasmlar ishlash. Hayotiy mavzular bilan birga adabiy asarlar - rivoyat (“Kabutar” - “Bobur va kabutar”) ertaklar (Zumradning sandig‘i), hikoya (paltochani bezaymiz - H.Nazir “Paltocha”); she’r (“Yomg‘ir va qushlar” -

  1. Rahmat “YOmg‘ir yog‘ar”); yoqtirgan multfilmlari mavzusi bo‘yicha rasm chizishga undash lozim.

MTM maydonchasida yoki sayr vaqtida bolaning e’tiborini tevarak-atrofdagi kattaligi turlicha bo‘lgan bir turdagi: baland va past daraxtga, baland va past bino, katta odam va bola, katta va kichik hayvonlar (hayvonot bog‘i, qushchalar)ga qaratish yoki rasmini, o‘yinchoqlarini ko‘rsatish orqali narsalarning uzunligi, kengligi va balandligiga ko‘ra o‘zaro qiyoslash, o‘xshash va farqli tomonlarini belgilash, umumlashtirish, tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirish. SHuningdek, tasvirda shakllarni makonga nisbatan (yuqorida-pastda, o‘rtada-chetda, o‘ngda- chapda, yonma-yon) to‘g‘ri joylashtirish tartibiga; uzunligiga (uzunroq, juda uzun, qisqa, qisqaroq), keng va torligiga e’tibor berishga o‘rgatish zarur.
Bolaning turli transport vositalari: engil mashina, yuk mashinasi, avtobus, samolyot, raketa, qayiqcha rasmini solishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish.
Bolaga akvarel bo‘yoqlari bilan rasm solishni (mo‘yqalam tuklarini suvga botirish, ehtiyotkorlik bilan bo‘yoq ustiga surtish, boshqa rang olayotganda har safar mo‘yqalamni idishdagi suvda yaxshilab yuvish, idishdagi suvni yangilab turish v.b.), asosiy ranglarni va ularning yorug‘lik hamda soya joyda, bo‘rttirib tasvirlangan o‘rinlarni aniq ko‘rsatishda tuslari bo‘yicha farqlashni, nomlarini aytishni o‘rgatish. Ranglarni aralashtirib, yangi (omuxta) rang hosil qilish (masalan, guash va akvarelning oq va qizil rangi aralashtirilsa, pushti rang paydo bo‘ladi v.b.) haqida tushuncha berish. Bolaning ranglar haqidagi mavjud bilimlarini mustahkamlash va yangi bilimlar (och binafsha, sarg‘ish va siyoh rang) bilan boyitib borish kerak.
Bolaga rangli va oddiy qora qalamlar, rangli bo‘rlar, guash, akvarel bo‘yoqlari, turli mo‘yqalamlar bilan rasm solishning oddiy usullarini tanishtirishda davom etish kerak.
Bolada bezakli rasm solishga qiziqish, xalq ustalarining mehnatiga nisbatan hurmat va havas hissini tarbiyalashni, milliy naqsh elementlari va ranglar uyg‘unligi bilan tanishtirish (“Gullar vabarglardan naqsh”)ni davom ettirish. Milliy o‘yinchoqlar (toycha, uloqcha)dagi naqshlar - ranglar, tasvir aniqligi, izchillik, kompozitsiyada elementlarning joylashish tartibi bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish zarur.
Milliy gazlama adras bilan tanishtirish. Bola e’tiborini adrasdagi naqsh elementlariga, ranglar mutanosibligiga qaratish kerak.
Milliy bosh kiyimlar - do‘ppilar bilan tanishtirish, erkaklar do‘ppisi bilan ayollar do‘ppisi naqshlaridagi farqlarni tushuntirish, erkaklar do‘ppisiga qalampir nusxa gul tikiladi, ayollar do‘ppisiga gulchechaklar, barg va naqshlar ingichka ip, ipak va zar bilan tikilishi haqida tushuncha berish lozim.
Bola e’tiborini o‘zbek xalq milliy chinni buyumlari (choynak, piyola, lagan)dagi bezak elementlariga, ulardagi ranglarga, joylashish tartibiga, mutanosiblikka qaratish. CHinni buyumlar siluetiga naqsh -ilmoq, gajak, chiziqchalar, tayoqchalar, to‘lqinli, yoysimon chiziqlar va paxta chanoqlari, gullar, yaproqlar, mevalar chizishga o‘rgatish shart.
Xalq ustalari (kulollar, kashtado‘zlar, gilam, adras, atlas to‘quvchilar) tomonidan bajariladigan ishlar, ular ishlatadigan materiallar va foydalanadigan ish qurollari haqida tasavvur hosil qilish kerak.
Bolaga egallagan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanib, xotira va tasavvuriga tayangan holda mustaqil naqsh chizish, unga mos ranglar tanlab, chiroyli bezashiga imkon berish shart.
O‘zining va tengdoshlarining ishini tahlil qilish, erkin fikr bildirish malakasini takomillashtirish, o‘zi va tengdoshlari chizgan rasmlardan zavqlanish, erishilgan natijalardan quvonish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish zatut.
O‘z ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, uni toza tutish, yig‘ishtirish ko‘nikmasini shakllantirishni davom ettirish lozim.
Loy, plastilin (tuzli hamir va rangli shamcha)lar bilan ishlash.
Plastik materiallar - loy, plastilin, tuzli hamir, rangli shamchalardan narsalar yasashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishda davom etish. Narsalar (meva, sabzavot, o‘yinchoqlar)ning asliga qarab yoki tasavvurga asoslanib yasash;
yasalayotgan narsaning o‘ziga xos xususiyatlarini tasvirlashga o‘rgatish. Narsalarni yasayotganda turli usullarni o‘rinli qo‘llash malakasini mustahkamlash shart.
Tarbiyachi plastik materiallardan narsa yasashga oid usullarni avval o‘zi ko‘rsatib beradi, so‘ngra bola davom ettiradi. Loydan yasalgan shakldagi notekis g‘adir-budur joylarni barmoqlarni suv bilan namlab, silliqlashga (umuman loy bilan ishlash jarayonida doimo barmoqlarni suvda ho ‘llab turishga odatlantirish); loydan yasalgan yassi tekislikdan relef yasashga, yasalgan shakllar qurigach, ularni bezash hamda naqsh chizishga o‘rgatish zarur.
YAxlit bo‘lakdan tasmalar yasash, tasmalarni bir-biriga jipslash, yopishtirilgan qismlarni silliqlash yo‘li bilan mustahkamlash va jozibali narsalar (ko ‘zacha, piyola) yasashga o‘rgatish kerak.
Adabiy asar qahramonlari obrazini (Kachalpolvon, Qorqiz) yasash; qismlarning nisbiy katta-kichikligiga rioya qilgan holda bir-biri bilan birlashtirish; ulangan joyni silliqlash (uloqcha) usulida mustahkamlash. Tasvirga xos xarakterli jihatlarni ko‘rsatishda haykaltaroshlar yog‘och qalamidan foydalanishni o‘rgatish muhim.
Bolani aniq mazmunga ega bo‘lgan tasvirlar (“Savatdagi gullar”) yasashga yo‘naltirish; sopol taglikka shaklni joylashtirishga o‘rgatish zarur.
Inson va hayvon tanasining murakkab bo‘lmagan harakatlarini aks ettiruvchi mavzuli narsalar (tovuq jo‘jalari bilan donlamoqda) yasash. Obrazli shakllardagi mayda detallarni barmoqlar bilan yoki yog‘och qalam yordamida hosil qilishga (jonivorlarning yungi, qushning qanotlari, kiyimlardagi bezak va burmalar) undash. Jamoaviy ishlarni bajarishga (“Hayvonot bog‘i”, “Gullagan daraxt”) qiziqtirishni davom ettirish. Tabiat materiallaridan foydalanib ijod qilishga o‘rgatish.
Bolada xalq amaliy-bezakli buyumlariga nisbatan qiziqish va havasni shakllantirish. Milliy o‘yinchoqlar namunasi bo‘yicha loydan hayvonlar, qushlar shaklini yasashga o‘rgatish. Yasalgan narsalarga naqsh chizish va ularni guash bilan bezash malakasini shakllantirish lozim.
Plastik materiallardan narsalar yasash bo‘yicha egallagan bilimlaridan foydalanib, xalq ustalari an’analari asosida mustaqil o‘yinchoqlar yasash, haykaltaroshlar yog‘och qalamida naqsh chizishga, gullar va munchoqlar bilan bezashga urinishini rag‘batlantirish.
Ish jarayonida tartib va ozodalikka rioya qilishga, loy, plastilin va boshqa materiallarni har joyga tashlamaslikka, ishdan so‘ng qo‘llarni tozalab yuvishga odatlantirish zarur.
Bolani xududdagi kulolchilar ishi bilan tanishtirish; xalq ustalari yasagan chinni idish (lagan, piyola, ko‘za)lar namoyish etiladigan ko‘rgazmalarga, xalq amaliy san’ati muzeylariga sayohatga olib borish joiz.
Applikatsiya. Bolaning qog‘oz qirqish va tasvir hosil qilishga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Biron-bir narsaning tasvirini qisqa va uzun yo‘l-yo‘l chiziq bo‘ylab kesishga; kvadratdan doiralar, to‘g‘ri to‘rtburchakdan oval shaklini qirqishga; qismlardan tasvir (bayroq), ikki-to‘rt uchburchakdan kvadrat hosil qilishga o‘rgatish zarur.
Bolani simmetrik shakldagi narsalarning (guldon, piyola v.b.) siluetini kesishga o‘rgatish. Masalan, guldon hosil qilish uchun to‘g‘ri to‘rtburchakni uzunasiga buklab, buklangan tarafiga guldon rasmining yarmi qalamda chiziladi va chiziq bo‘ylab qirqiladi.
Gulqog‘ozni qat-qat qilib taxlab qirqish yo‘li bilan marjongul, archa o‘yinchog‘i va boshqalarni hosil qilinadi.
Obrazni ifodali tasvirlash uchun applikatsiyani uzib olish usullaridan foydalanishga; syujetli kompozitsiya tuzishga o‘rgatish. Turli shakllar qirqish, yaproq va gullardan naqshlar tuzishga oid ko‘nikmalarini mustahkamlash lozim.
Applikatsiya ishlarida rasm chizish elementlaridan foydalanish mumkin. Masalan, guldondagi gullarni yasashda, guldon, gul va barglarni qog‘ozdan qirqish, gulning novdalarini mo‘yqalam uchi bilan chizish. Varrak siluetini yasashda ham ba’zi elementlarni mo‘yqalam yoki qalam bilan chizish mumkin, masalan: ipini, dumini va boshqalar.
Kvilling usuli bilan tanishtirish va narsalar (guldondagi gullar, gilam) yasashga qiziqtirish. Qat-qat qilib taxlangan qog‘ozdan tasmalar qirqib, uni qalamga o‘rab shakl chiqara olishga o‘rgatish lozim.
Bolani maxsus idishdan elimni siqib chiqarishga, narsalarni ohista va sifatli elimlashga o‘rgatishda davom etish kerak.
Kichik guruhchalar tarkibida kompozitsiyalar (gulzor) tuzish. Jamoa bo‘lib maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan bayramlar uchun turli bezaklar, ota-onalarga va do‘stlariga sovg‘alar tayyorlash hamda guruh xonalarini jihozlashda bolalarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish lozim.
Qurish-yasash. Bolani inshootning har bir qismini tahlil qilishga; vazifasini belgilashga; ishlarni mustaqil rejalashtirishga o‘rgatish kerak. Qurilma-konstruksiyalar haqida ma’lumot berish va ulardan amaliy jihatdan foydalanish; qurilmalarni yasash yo‘llarini tushuntirib boorish kerak.
Bolani chizma, rasm, surat bo‘yicha inshoot qurishga; zaruriy qurilish materiallarini mustaqil tanlashga; maqsad bo‘yicha jamoaviy binolarni jihozlashga, do‘stona, inoq ishlashga undash lozim.
Bolaga tayyor shakllardan (turli qutilardan v.b.) konstruksiyalar: mebel, transport vositalari yasashni; detallarni mahkam elimlashni o‘rgatishda davom etish kerak.
Bolani yangi detallar: turli shakl va hajmdagi yog‘och (uzun-qisqa, to ‘rtburchak, doira, uchburchak), silindrlar va ularning xususiyatlari bilan tanishtirib borish lozim.
Pazl, mozaika va lego kabi o‘yinchoqlar yordamida kamida 16 ta bo‘lakdan iborat shakl yig‘ishga o‘rgatish kerak.
Bolaning yog‘och konstruktorning har xil bo‘laklaridan foydalanishi va nomlashini; qurilish jarayonida inshootning ba’zi detallarini o‘zgartirib, asosiy qismini ajrata olishini; qurish-yasashda o‘yin faoliyatini maqsad, sharoit, loyiha bo‘yicha olib borishini rag‘batlantirish lozim.
Qurish-yasashni, rang, shakl va kattalik bo‘yicha mutanosiblikni idrok etish layoqatini takomillashtirib borish lozim.
Qo‘l mehnati. Bolada qog‘ozdan, qo‘shimcha materiallardan konstruksiya ishlarini bajarishga qiziqish uyg‘otish. O‘z qo‘llari bilan turli o‘yinchoqlar, bezaklar tayyorlash, o‘yinchoqlarni tuzatish, kitoblarni elimlash, o‘zidan kichiklar uchun o‘yinchoqlar, xatcho‘p, sanoq materiallari va mavzuga mos qo‘l ishlari yasash istagini shakllantirish kerak.
Mashg‘ulotlar va syujetli-rolli o‘yinlar uchun yasama o‘yinchoqlar (bayroqcha, sumkacha, kitob); ota-onalar, kattalar va kichkintoylar uchun sovg‘alar tayyorlash, qog‘ozdan turli oddiy konstruksiyalar (origami) yasashga o‘rgatish lozim.
Bolani materiallarni ehtiyotkorlik bilan maqsadga muvofiq, tejab, oqilona sarflashga, o‘z mehnati mahsulini ehtiyot qilishga odatlantirish kerak.
Bolada ijodiy qobiliyatni, tasavvurni rivojlantirish, badiiy didni o‘stirish, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash; yasagan buyumlarini estetik jihatdan his etish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish joiz.

Download 242.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 242.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Katta va tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmuni

Download 242.5 Kb.