Mavzu: Kirish. Darsning maqsadi




Download 25,56 Kb.
Sana03.04.2020
Hajmi25,56 Kb.
#9922

Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“A”,“B”. O‘qituvchi:
MAVZU: Kirish.

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish.

d) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`anaviy, ananaviy.

Dars uslubi: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

Dars jihozlari: darslik,huquqshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni: Mamlakatlarning ichki boshqaruvi va mustaqilligi,
suvereniteti uning konstitutsiyasi vositasida qonunlashtiriladi. Bu esa davlat hokimiyatining konstitutsiya bilan cheklanganligini, tartibga solinishini ham anglatadi. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida konstitutsiya davlat hokimiyati bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy mezonini o‘rnatuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etiladi. Demokratik huquq va erkinliklar konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. O‘z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida mas’uldirlar. Mazkur konstitutsiyaviy qoidalar mazmunidan inson va fuqarolar huquqlari hamda erkinliklarining ustunligi prinsipi kelib chiqadi. Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi. Konstitutsiyaviy qoidalar shaxs va davlatning o‘zaro munosabatlari qanday shakllanishi lozimligi va bu inson hayotida qanday ahamiyatga ega ekanligini tushunib olishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy tartibini belgilab beradi. Bunga ko‘ra xalq, jamiyat, shaxs huquqi va manfaati birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Agar shaxs va davlat munosabatida davlat o‘rniga e’tibor berilsa, davlat manfaatining mohiyati zamirida ham inson huquqi va erki himoyasi yotadi. Biz bunyod etayotgan davlatning insonparvarlik va xalqparvarlik mohiyati shunda aks etadi, ya’ni davlat faoliyatining asosiy maqsadi insonga xizmat qilish ekanligi to‘la e’tirof etiladi. Har bir davlat o‘z hududida amal qilinadigan qonunlarini o‘zi yaratadi. Demak, qonunlar jamiyatdagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va xalqning xohish-irodasini ifoda etadi, turli siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalar, guruhlar manfaatlarining o‘zaro murosasini ta’minlaydi. Konstitutsiyaviy davlat deganda davlat hokimiyati idoralari konstitutsiyada belgilangan tartib va prinsiplar asosida shakllantiriladigan va konstitutsiyaviy normalarga qat’iy rioya etgan holda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan davlat apparati tushuniladi. Konstitutsiyaviy davlat — mamlakatning butun hududida va davlat faoliyatining barcha sohalarida konstitutsiyaning hamda u asosida qabul qilingan qonunlarning ustunligini ta’minlaydigan va kafolatlaydigan davlatdir. Xalq suvereniteti oliy hokimiyat xalqqa tegishli ekanligini bildirsa, davlat
suvereniteti mustaqil hokimiyat, ya’ni mamlakatning ichki va tashqi siyosatini xalq nomidan davlat amalga oshirishini anglatadi. Davlat hokimiyati xalq erki-irodasining mahsuli bo‘lib, bunday hokimiyatni amalga oshiruvchilar xalq tomonidan saylanadi.
Konstitutsiyaviy davlatda qonun ustunligi prinsipining mantiqiy davomi sifatida yana ikki prinsip: «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) hamda «faqat qonunda mustahkamlangan narsagagina ruxsat etiladi» (davlat organlari
va mansabdor shaxslar uchun) amal qiladi. Birinchi prinsip fuqarolarning harakatlanish erkinligi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Qonunda man etilmagan, taqiqlanmagan har qanday xatti-harakatlarni sodir etish mumkin bo‘ladi va buning uchun yuridik javobgarlik kelib chiqmaydi. Ikkinchi prinsipning ma’nosi shundaki, bunda davlat idoralari va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasida, ularga aynan mos ravishda harakatlanishlari lozim bo‘ladi.

Aksariyat mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda qonunning ustunligi demokratik konstitutsiyaviy davlatning asosiy prinsipi hisoblanadi. Bu yerda mazkur prinsip, avvalo, konstitutsiyaning ustunligini nazarda tutadi. Basharti, qonunni qo‘llovchi ijroiya hokimiyat organi (mansabdor shaxs) yoki sud ushbu qonun konstitutsiyaga zidligini aniqlasa, masalani bu qonun asosida emas, balki konstitutsiya asosida hal etishi lozim.


Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. «Shaxs — jamiyat — davlat» munosabatlariga misol keltiring. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat mustaqilligi, davlat boshqaruvi, davlat tuzilish shakli va siyosiy tartibot qanday ifodalangan? Fikringizni asoslang.


3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasini o‘qing. Xalq hokimiyatchiligi deganda nimani tushunasiz?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquqlaringizni bilasizmi?
5. Ularni to‘laqonli amalga oshirishda sizning qanday ishtirokingiz mavjud?
6. Inson huquqlari va burchlari o‘rtasida qanday munosabat mavjud bo‘lishi mumkin? Mavzu yuzasidan umumiy takrorlash amalga oshiriladi. Bunda mavzuga oid umumiy xulosalar chiqariladi hamda o‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.Ijodiy faoliyat qismidagi berilgan mavzuga oid O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o’rganib chiqib,yod olib kelish

O‘TIBDO‘: _______



Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“A”,“B”. O‘qituvchi:
MAVZU: Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: O`quvchilarga – oila haqida tushuncha berish,oila huquqining konstitutsiyaviy asosini tushuntirish,oila to’g’risidagi qonun hujatlar bilan tanishib chiqish

b) tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, oila haqida tushunchasini oshirish

d) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, oila kodekslari bilan tanishib chiqish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.

Dars turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`anaviy, ananaviy.

Dars uslubi: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

Dars jihozlari: darslik,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,huquqshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan o’tgan mavzuda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar va moddalar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni: Oila sohasidagi huquqiy munosabatlarning asosiy manbayi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Jamiyat va davlatning oilaga g‘amxo‘rligi ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishiga aylangan. Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir. Shuning uchun ham oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda ma’naviy barkamol
inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega... O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-moddadan. Oilaning jamiyatdagi rolini ta’minlashda, uning huquqiy muhofazasi va ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashda Oila kodeksining roli kattadir. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi jahon hamjamiyatida
umumiy e’tirof etilgan huquqiy normalarga to‘la mos ravishda tuzilgani holda, «oila — jamiyatning tayanch tuzilmasidir», degan g‘oyaga asoslangan. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy
ravishda nikoh ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy teng huquqliligiga asoslanadi. Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Oila huquqi oila a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-modda. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi) va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila a’zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o‘rtasidagi, oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda o‘zga shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 5-modda Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi
tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng
huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa a’zolarning hamda o‘zga fuqarolarning axloqi, sha’ni, qadr-qimmati, sog‘lig‘i, huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur me’yordagina cheklanishi mumkin.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli ekanliklari e’tirof etiladi. «Oilada teng huquqlilik» tushunchasi qanday munosabatlarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi?


2. Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda nimani tushundingiz? Hayotiy misollar keltiring.
3. Oilaviy huquqiy munosabatlar bilan fuqarolik huquqiy munosabatlarning bir-biridan farqi nimada?
4. Oilaviy huquqiy munosabatlar subyektlariga
misol keltiring.
5. Nima uchun oila jamiyatning asosiy negizi deb ataladi? Fikringizni asoslang. Mavzu yuzasidan umumiy takrorlash amalga oshiriladi. Bunda mavzuga oid umumiy xulosalar chiqariladi hamda o‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.Ijodiy faoliyat qismidagi berilgan mavzuga oid O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o’rganib chiqib,yod olib kelish.

O‘TIBDO‘: _______


Sana: “__” ___________ 201__-yil. Sinflar: 11-“A”,“B”. O‘qituvchi:
MAVZU: Nikoh tuzish tartibi va shartlari

DARSNING MAQSADI:

a) ta’limiy: O`quvchilarga – Nikoh tushunchasi,nikoh tuzish tartibi,
nikoh tuzishning ixtiyoriyligi, nikoh yoshi,nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar,nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

b) tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, nikoh,nikoh tuzish tartibi haqida tushunchasini oshirish

d) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish,nikoh yoshi bilan tanishib chiqish.

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:

a) tayanch kompetensiya(lar): TK2, TK3;

b) fanga oid kompetensiya(lar): FK2.

Dars turi: Nazariy, aralash, noan`anaviy, ananaviy.

Dars uslubi: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

Dars jihozlari: darslik,O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,huquqshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan o’tgan mavzuda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar va moddalar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni. Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi Nikoh oilaning vujudga kelishi uchun birdan-bir asosdir. Nikoh ahdi insonlarga mas’uliyat yuklaydi.
Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifasi bor, ulardan har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldirlar. Nikoh tufayli yangi oilalar vujudga keladi.Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas, uning davlat tomonidan qayd etilishi yuridik faktdir. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Amaldagi qonun hujjatlarida nikoh yoshi belgilab qo‘yilgan. Qonunga binoan erkaklar 18 yoshdan, ayollar esa 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin. Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar.1. Loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas.2. Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan
qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh
tuzilishiga ruxsat berilmaydi. 3. Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 126-modda Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 473-moddasi va Jinoyat kodeksi 1251-moddasiga muvofq javobgarlikka tortiladilar.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Oila quradigan inson qanday mas’uliyatlarni zimmasiga olishi kerak?


2. Oila qurish uchun nimalarga ega bo‘lish kerak?
3. Quyidagilardan qaysi biri bo‘lmasa ham oila qurish mumkin: moddiy imkoniyatlar, ma’naviy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, jismoniy (biologik) tayyorgarlik?
4. Sizningcha, oilada turmushning qiyinchiliklari ko‘proq kimning zimmasiga tushadi?
Fikringizni asoslang.

O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.

Uyga vazifa: O‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.Ijodiy faoliyat qismidagi berilgan mavzuga oid O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o’rganib chiqib,yod olib kelish.

O‘TIBDO‘: _______




Hamkorlik va takliflar yuzasidan biz bilan bog’laning



Bizning rasmiy sayt:

maktabim.uz

Hamkor sayt:

azamat.moy.su

Telegram manzilimiz:

@maktabimuz

Admin bilan aloqa:

@ziyokor

Download 25,56 Kb.




Download 25,56 Kb.