|
Mavzu: kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Termokimyo
|
bet | 8/52 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 330,13 Kb. | | #146929 |
Bog'liq Mavzu kirish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Entalpiya. Ter-fayllar.org (2)Komponentlar soni - ?
Faza – 3 ta
Tarkibiy qism – 3 ta
Reaktsiya soni – 1 ta
CaCO3=CaO+CO2
K = 3 – 1 = 2
Yana bir misol keltirsak
Tarkibiy qism – 4 ta
Reaktsiya soni – 1 ta
Komponentlar soni - K=4 – 1 = 3 ta.
Fazalar qoidasi va erkinlik darajasini aniqlash
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirt bilan ajralgan, ulardan o‘z termodinamik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan qismi – faza (F) deyiladi. Bir fazadan iborat sistema – gomogen sistema, bir necha fazadan iborat sistema – geterogen sistema deyiladi. Suyuq va qattiq fazalar – kondensatlangan (quyuqlashgan) fazalar deyiladi.
Komponentlar soni (K) – sistemadan ajratib olinganda mustaqil mavjud bo‘la oladigan moddalar (tarkibiy qismlar) sonini bildiradi. Masalan, NaCl ning suvdagi eritmasida ikkita – NaCl va H2O komponentlari mavjud.
Sistemaning termodinamik xossasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan parametrlarning eng kichik soni – erkinlik darajasi deyiladi. Erkinlik darajalari soni (C) – fazlar sonini o‘zgartirmasdan turib, ma’lum chegarada o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan mustaqil o‘zgaruvchi kattaliklar parametrlari soniga teng.
Gibbsning fazalar qoidasi geterogen sistemalar uchun qo‘llaniladi:
φ(F, K, C) = 0
Uning matematik ifodasi quyidagilarga teng:
Agar sistema tarkibida uchuvchan birikmalar bo‘lsa, u holda bu sistema uchun ikkita parametr – bosim va harorat ahamiyat kasb etadi. Uning ifodasi quyidagicha:
C = K - F + 2
Bu yerda: C – sistemaning erkinlik darajalari soni;
K – sistemadagi komponentlar soni;
F – sistemadagi fazalar soni.
Agar sistema faqat qattiq va suyuq holatlardan iborat bo‘lsa, bosim o‘zgarmas bo‘lgani uchun erkinlik darajasi bittaga kamayadi hamda gaz fazasi hisobga olinmaydi. Uning ifodasi esa quyidagicha:
|
| |