Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot




Download 0,54 Mb.
bet116/160
Sana17.05.2024
Hajmi0,54 Mb.
#240565
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish

Yarimo’qlar:
Yarimo’qlar burovchi momentni differentsialdanyetakchi g’ildiraklarga uzatib beradi. Shu bilan birga, har bir yarimo’q g’ildirakka tushadigan va bu kuchlar ta’sirida hosil bo’luvchi eguvchi momentni faol qabul qila oladi. Xususan, eguvchi momentlar avtomobilningyetakchi g’ildiraklariga ta’sir etadigan quyidagi kuchlardan vujudga keladi.
1) Tik yo’nalishda g’ilidrak markaziga yo’nalgan radial kuch - R (avtomobilning og’irligi G dan vujudga keladigan reaktsiya kuchi);
2) Avtomobilningyetakchi g’ilidaklar aylanganda hosil bo’lgan tortuvchi kuch-P;
3) Burilishdagi markazdan qochma va yo’l to’shamining yonaki qiyaligi natijasida kelib chiqadigan, yondan ta’sir qiluvchi kuchlar -S.
Yarimo’qning tashqi uchidagi podshipniklarniyetakchi ko’prik qobig’ining karteriga joylanish uslubini tanlash yo’li bilan unga ta’sir ko’rsatayotgan eguvchi momentlarning ta’sirini to’la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. Odatda, har bir yarimo’qning ichki shlitsli uchiga konussimon shesternya o’tqazilgan bo’lib, u differentsial qutisi ichiga joylashadi. Yarimo’qning tashqi uchida ko’pincha flanets qilingan bo’lib, u shpilkalar yordamida g’ildirak gupchagiga maxkamlanadi. Burovchi moment yarimo’qdanyetakchi g’ildirak gupchagi podshipniklari orqali yuboriladi. Shunga ko’ra, avtomobillarda ishlatiladigan yarimo’qlar uch turga bo’linadi.
1. Yarim yuksizlantirilgan
2. To’rtdan uch qismi yuksizlantirilgan
3. To’la yuksizlantirilgan
Yarimo’qning tashqi uchidagi podshipnikyetakchi ko’prik karteriningyengiga joylashsa, yarim yuksizlantirilgan yarimo’q deb ataladi.

Rasmda tasvir etilgandek, unga yarimo’qqa tushadigan jami kuchlar, yani R, P va S dan paydo bo’ladigan eguvchi momentlar ta’sir qiladi. Yarim yuksizlantirilgan (1G’2) yarimo’qlaryengil avtomobillarda va kam yuk ko’taruvchi yuk avtomobillarida qo’llaniladi. Yarimo’qning tashqi uchiyetakchi g’ildirakning gupchagiga mahkamlanib, gupchakning o’zi esa karterning kerilganyengiga podshipnikda o’rnatilsa, to’rtdan uch qismi yuksizlantiraligan yarimo’qlar deb yuritiladi. Bunda eguvchi momentning ko’p qismi podshipnik orqali karterga uzatilib, oz qismi yarimo’qqa ta’sir qiladi. Bu turdagi yarimo’qlar asosan yuqori sinf turkumiga kiruvchiyengil avtomobillarga o’rnatiladi.


Yarimo’qning tashqi uchiyetakchi g’ilidirakning gupchagi bilan tutashgan, gupchak esayetakchi ko’prik karteriga o’tqazilgan ikkita podshipnikda yotsa, to’la yuksizlantirilgan yarimo’q deb ataladi. Bunda barcha kuchlar yarimo’qqa tushmasdan, bevosita yarimo’q karteriga tarqatiladi. Bu turdagi yarimo’qlar o’rta va katta yuk avtomobillari hamda avtobuslarda qo’llaniladi.


Download 0,54 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot

Download 0,54 Mb.