Mavzu: Kompleks birikmalarning tirik organizmlarga taʼsiri Reja: Kirish Koordinatsion birikmalar




Download 36,64 Kb.
bet6/7
Sana16.08.2024
Hajmi36,64 Kb.
#269606
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kompleks birikmalarning tirik organizmlarga taʼsiri

Kompleks birikmalarning xillari.
Kompleks birikmalar odatda, kation, anion va neytral koordinatsion birikmalarga bo’linadi. Lekin Vener nazariyasi yaratilgan davrda barcha koordinatsion birikmalarni ularning hosil bo’lish sxemasiga qarab quyidagi ikkita katta sinfga bo’lingan: a) biriktirib olish mahsulotlari, b) singdirilish mahsulotlari. Masalan, agar BF ga HF qo’shilsa, biriktirib olish mahsloti hosil bo’ladi:
BF3 + HF → H [BF4]
Singdirish mahsulotlari: mis xloridga ammiak qo’shilganida mis bilan ikkita xlor orasiga 4NH3 goyo «pona» bo’lib joylashadi:
CuCl2 + 4NH3 → [Cu(NH3)]Cl
Hozirgi vaqtda koordinatsion birikma tarkibidagi ligandlarning xillariga qarab barcha koordinatsion birikmalar quyidagi sinflarga ajratiladi:
1. Aminat va ammiakatlar. Bular o’zining ichki sferasida ammiak yoki boshqa organik aminlar bo’lgan koordinatsion birikmalardir. Bu birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar azot atomlari orqali bog’langan bo’ladi. Ammiak molekulasining har biri bittadan koordinatsion o’rinni egallaydi. Shuning uchun ichki sferada bo’ladigan ammiak molekulalar soni markaziy ionning koordinatsion soniga bog’liq bo’ladi. Mis, nikel, kobalt kabi elementlar juda barqaror ammiakatlar hosil qiladi.
2. Gidratlar va akvakomplekslar. Anorganik moddalarda suv molekulasi bilan birikib turg’unligi turlicha bo’lgan birikmalar hosil qilish hodisasi keng tarqalgan. Ichki va sirtqi qavatida suv molekulalari tutgan koordinatsion birikmalar gidratlar deb nomlangan. Agar suv molekulasi koordinatsion birikmalarda ligandlik vazifasini bajarsa, bunday birikmalarni akva – komplekslar deb ataladi.
3. Atsidokomplekslar. Ligandlari kislota qoldiqlaridan iborat koordinatsion birikmalar atsidokomplekslar deb ataladi.
Masalan, K4[Fe(CN)6]: atsidokomplekslarda bir necha xil kislota qoldig’i ham bo’lishi mumkin. Masalan, K2[Pt(NO2)4Br2].
Qo’shaloq tuzlar ham atsidokomplekslar jumlasiga kiradi. Qo’shaloq tuzlar bilan haqiqiy koordinatsion birikmalar orasidagi ayirma shundaki, qo’shaloq tuz suvda eritilganda o’z tarkibidagi ionlarga parchalanib ketadi.
Masalan, karnalit KCl · MgCl2· 6 H2O ni K[MgCl3] tarkibli koordinatsion birikma deb qarash mumkin.
4. Polikislotalar. Bularni kislota molekulasig shu yoki boshqa kislotaning angidridi kelib qo’shilgan mahsulotlar deb qarash mumkin. H2C2O7 polikislotadir, chunki u H2SO4 ni SO3 bilan toyintirilganda hosil bo’ladi.
5. Poligologenidlar. Markaziy ioni va ligandlari gologenlardan iborat koordinatsion birikmalar poligologenidlar deb atalidi. Masalan: K[ JJ2]; K[JCl4]; K[BrCl2] va boshqalar.
6. Tsiklik kompleks birikmalar. Ichki sferasida tsiklli koordinatsion birikmalar tsiklik birikmalar deb ataladi.
Xulosalar:
Ushbu ma'ruzada bo’lajak umum amaliyot shifokorlari organizmda vujudga keladigan patologik xolatlarning rivojlanishida metabolik jarayonlarning buzilishi yotishini, umumiy kimyoni o’qish davrida olgan bilimlarining bo’lajak kasblari uchun ahamiyatga ega ekanligini tushunishlari zarur. Biogen elementlarning, tasnifi, inson atrof-muxitda tarkalishi, organizmdagi biologik funksiyalari, elementlarning texnik tarakkiyot va atrof-muxitga ta'siri, endemik kasalliklarni kelib chikishi, mikroelementoza kabi tushincha va bilimlarga ega bo’lishi, bilimini shakllantirish va chukurlashtirish zarur.



Download 36,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 36,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kompleks birikmalarning tirik organizmlarga taʼsiri Reja: Kirish Koordinatsion birikmalar

Download 36,64 Kb.