Mavzu. Kompyuter grafikasi va uning turlari
REJA:
1.
Kompyuter grafikasi
haqida
2.
Rastrli grafika
3.
Vektorli grafika
4.
Fraktal grafika
5.
Rang modellari
Kalitso’zlar: kompyuter grafika, rastr , vektor, fraktal, rang,spektr, yorug’lik, additiv,
subtraktiv modellar, rang modellari, RGB, CMYK, HSV, fayl formati, JPEG, BMP, GIF.
Axborotning asosiy qismini inson kirish a’zolari orqali oladi. K o‘rgazmali axborotning
o‘zlashtirilishi oson bo‘ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda
ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar: nishonlar (belgilar), oynalar va rasmlar ko‘rinishida
tasvirlanadi.
Operasion tizimning barcha grafik obyektlari,
shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir
yo‘l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlami kompyuterga
kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan qurilma - bu
skanerdir. So‘nggi paytda raqamli fotokameralaming ham qoMlanish koMami kengayib bormoqda.
Ulaming oddiy fotoapparatlardan
farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo‘l bilan fotoplyonkaga
tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo‘yiladi. U yerdan axborotni
kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar maTumotlami
fayl sifatida
egiluvchan diskka yozib qo‘yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga
o‘tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvimi kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror
kadmi tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvimi ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvimi kiritish
uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab
olish shart emas. Tasvimi kompyuteming o‘zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik
muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni
grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek,
grafik obyektlar va fayllarda boTgan nografik obyektlar o‘rtasida bogTanish o ‘matishni
informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan.
Kompyuter
grafikasi tushunchasi
hozirgi
kunda keng qamrovli ishlami
o‘zida
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlami hosil qilish,
ularga
zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalami yaratish ko‘zda
tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.