II-BOB. Kompyuterlarning qo`shimcha qurilmalari va ulardan foydalanish texnologiyalari




Download 97,64 Kb.
bet9/21
Sana15.12.2023
Hajmi97,64 Kb.
#119299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyat-fayllar.org

II-BOB. Kompyuterlarning qo`shimcha qurilmalari va ulardan foydalanish texnologiyalari.

2. 1. Sichqoncha.
Sichqoncha – alohida turdagi qo`shimcha qurilma bo‘lib, katta kategoriyadagi kompyuter dasturlari bilan ishlashni, ba’zi klavishlarni (masalan, kursorni ko‘chirish klavishni) unumsiz ko‘p qayta bosishni yaqqol chiqarib, optimallashtirish imkonini beradi. Sichqoncha o‘z nomini shakli va ish tamoyili tufayli olgan: u kaftga oson ko‘chadi. Shaxsiy kompyuter bilan u ulaniladigan kabel esa ilk konsturktorlarga sichqoncha dumini eslatgan bo‘lsa, ehtimoldan holi emas. Puxta o‘ylangan konsruksiyasi tufayli sichqoncha SHK foydalanuvchilarining grafik muharrirlar dasturiy paketlari avtomatik loyihalash tizimlari elektron jadvallarni boshqarish stol usti nashr tizimlarini boshqarishda bebaho vositaga aylandi.

Sichqonchalar o‘zlarining ajratish qobilyatlari ya‘ni qabul qiluvchi mehanizimlar talqin eta olishi mumkin bo‘lgan eng kichik ko‘chishi bo‘yicha farqlanadi. Ajratish qobilyati odatda bir duyumga to‘g‘ri keladigan nuqtalar soni {200,400,600,900} bilan ko‘rsatiladi. Sichqonchalarning turli tiplarining soni yetarlicha kattadir. Bo‘linishi sichqonchaning ko‘chish haqida axborot olish bosqichidayoq boshlanadi va bu qanday amalga oshirilishiga bog‘liq ravishda, sichqonchalar mehanik, optik – mehanik va optikl toifalarga bo‘linadi. Ma‘lumotlarni kompyuterga uzatish usuli bo‘yicha sichqonchalar liniyali va liniyasiz turlarga ajratiladi. Biroq uzatish usuliga bog‘liq bo‘lmagan holda sichqonchaning o‘zi (yoki liniyasiz texnologiya ishlatilganda biror oraliq qurilma) kompyuterga ulangan bo`lishi lozim. Sichqoncha 4 usul bilan kengaytma plata, standart ketma – ketlik port, PS/2 usulidagi sichqoncha porti shaklidagi maxsus adapter yoki USB shinasi ulagichiga, ketma – ket portga ham (maxsus o’tkazgich yordamida) ulanishi mumkin bo’lgan sichqonchalar ham mavjud. Ilgari sichqonchalar tugmalarining soni bo’yicha ham tasniflanar edi, lekin agar dasturiy ta’minot faqat bitta tugmani ishlatishi mumkin bo‘lsa (masala, Windows3X uchun ko’pchilik dasturlarda shunday edi), bu unchalik muhim ko’rsatkich emas.


Yuqorida aytilganidek, mazkur holda sichqonchalarni 3 guruhga bo’lish mumkin: mehanik optik – mexanik , optik , shu bilan birga eng kiyingi guruhning 2 ta qism toifasi mavjud.


1) Bu atamalarning mohiyati nimada? Hozirgi kunda mexanik sichqonlar o’tmish xotira bo’lib qoladi. Mexanik sichqochalarning ish usuli eng soddadir. Sichqonchaning ichki “g’ildiraklarida o’tkazuvchi belgilar bor”. G’ildiraklariga o’tkazuvchi qoshlar birikadi. Sichqonchaning sharchasi yordamida g’ildiraklarning aylanishi jarayonida ularning o’zaro ta’svirlashuvi kursorning harakat yo’nalishi va tezligini aniqlash imkonini beradi. Ko’rib turganingizdek, bu usul mexanik pianinoda metall plastinkalarni ishlash bilan nimasidir o’xshash. Mexanik sichqonchalar kirlanishi sababli boshqalarga qaraganda tez ishdan chiqadi, ular taraqqiyotning quyi bosqichida edi deb aytish mumkin. Hozirgi kunda tarqalgan sichqonchalarning ko’pchiligi optik – mexanik sinfga oiddir. Amaliyotning ko’rsatishicha, bunday arxitektura kursorning yetarlicha aniq pozitsiyalanishi, ishonchli va juda arzon narxini ( 5 -10 $) belgilab beradi.

2) Optik - mexanik sichqonchaning ish tamoyili juda oddiy: rezina qoplamali o’g’irlashtirilgan sharga yassi sirt bo’lab sirpanadiva ikkinchisiga perpendikulyar joylashgan valchani aylantirib, koordinatalar tizimida harakatni vujudga keltiradi (vertical va gorizontal bo’yicha). Boshqacha aytganda, bu kombinatsiya bir yog’och g’ildirakli aravaning o’qini eslatadi. Bu g’ildirak svetodiod va priyomnik – fototranzistor orasida aylanadi. Yorug’lik nuri turli tezlik bilan aylanayotgan g’ildirakning kegaylari orqali o’tadi. Elektron signallarga aylantirilgan yorug’lik impulslari («yorug’lik»/»qorong’ulik» almashuvi) kursorning ekranda ko‘chish tezligi va vaziyatini aniqlach imkonini beradi. Sichqonchani tozalashda ko‘pchilik valchalardagi va rezina sharchaning o‘zidagi changlarni tozalash bilan cheklanadi. Ko‘pchilik hollarda bu, yetarli biroq yetish qiyin bo‘lgan joylarda chang to‘planishi kursorning monitor ekranida tushintirish qiyin bo‘lgan harakat qilishiga imkon beradi. Bu holatda sichqonchani to‘la ochishga jazim qilish mumkin.

3) Optik sichqonchalar harakatlanuvchi qismlardan mutlaqo holidir. Fotodatchiklar sichqoncha korpusining bevosita pastki sirtida joylashgan. Bunday sichqonchalar bilan ishlashdaqora va qizil chiziqlar bilan katakchalarga bo‘lingan maxsus gilamcha ishlatiladi. Maxsus holda aparatura o‘qlarning aylanishi natijasida hosil bo‘lgan yorug‘lik impluslarini emas, balki har rangdagi kesib o‘tilgan chiziqlarni sanaydi. Optik sichqonchalar juda ishonchli (harakatlanuvchi qisimlari yo‘qligi sababli) biroq ularning kamchiligi ham bor: istalgan sirtda surila oladigan optik mexanik sichqonchaga qaraganda gilamchaga ko‘proq joy kerak. Yangi qismiy toifaga Microsoftning yangi ishlanmasi Intellimouse Explorer mansubdir. Odatda optik sichqonchalardan farqli o‘laroq bunga gilamcha kerak emas unga 18 MIPS quvvatli raqamli signal protsessori o‘rnatilgan. (Qachanlardir bu quvvat EHM uchun yetarli edi) uning ishi optik sensordan kelayotgan real vaqtda soliishtirishdir. Solishtirish asosida 1 sekunda 1500 tagacha rasm taqqoslanishi mumkin bo‘lib, bu juda yuqori aniqlikni taminlaydi.


Download 97,64 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 97,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. Kompyuterlarning qo`shimcha qurilmalari va ulardan foydalanish texnologiyalari

Download 97,64 Kb.