|
Mavzu: kompyuter tizimining umumiy tarkibini tashkillashtirish
|
bet | 2/11 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 15,19 Mb. | | #100613 |
Bog'liq shokirjonakaAmaliy qism
Shaxsiy kompyuter xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun biz kompyuterimizning asosiy qurilmalari, protsessor, protsessor yadrolari, chastotalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini aniqlashning bir necha yullari mavjud bo‘lib, misol sifatida AIDA64 dasturini keltirishmiz mumkin. AIDA64 dasturi - Windows, iOS, Android operatsion tizimlarida ishlaydi va ushbu dastur kompyuterning tarkibiy qismlari haqida batafsil ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
Ushbu amaliyot ishida shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini aniqlash uchun aynan AIDA64.exe dasturidan foydalanamiz. Quyida keltirilgan qadamlarni belgilangan ketma-ketligda amalga oshiramiz va natijada shaxsiy kompyuterimizning asosiy harakteristikalarini ko‘rib o‘tamiz.
qadam. Ushbu qadamda biz AIDA64.exe dasturini yuklab olamiz: https://www.aida64.com/ va dasturni shaxsiy kompyuterimizga o‘rnatamiz (1.2- rasm).
1.2-rasm. AIDA64.exe dasturini o‘rnatish ketma-ketligi
qadam. Dasturni o‘rnatib olganimizdan so‘ng uni ishga tushuramiz va shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini ko‘rib olamiz (1.3-rasm).
1.3-rasm. AIDA64.exe dasturi ishchi oynasi
1.4-rasm. AIDA64.exe dasturi yordamida shaxsiy kompyuterning xususiyatlarini ko‘rish
Kompyuter bizning hozirgi kunda hayotimizga muhim ahamiyat kasb etar ekan biz ushbu kompyuter va uning arxitekturasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak.
Yuqorida amaliy qismda keltirilgan AIDA64.exe dasturi yordamida shaxsiy kompyuterimiz xususiyatlari haqidagi barcha ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
|
| |