Mavzu: Kon korxonalari asosiy podstansiya kuch transformatorlari




Download 24.24 Kb.
bet1/2
Sana14.03.2024
Hajmi24.24 Kb.
#171675
  1   2
Bog'liq
Kon korxonalari asosiy podstansiya kuch transformatorlari
Zamonaviy Iqtisod 1-topshiriq, 026157906, YOZISH VA TAQDIMOT QILISH KOMPETENSIYASI“ FANIDAN , “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI, СОГЛАСОВАНО

Mavzu: Kon korxonalari asosiy podstansiya kuch transformatorlari.
Reja:
1.Transformatorlar va uning qismlari tuzilishi haqida asosiy ma’lumotlar
2. 6-10 kv li taqsimlovchi podstansiyalarni konstruktiv bajarilishi.
3. O‘lchov transformotorlar montaji
Elektr energiya iste’molchisining turli quvvat talabi va har xil uzoqlikda joylashganligi sababli elektr energiyaning ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash uchun turli kuchlanishlardan foydalanishni taqozo etadi. Iste’molchining quvvati qancha katta bo‘lsa, unga elektr energiyani shuncha yuqori quchlanishda uzatish maqsadga muvofiqdir.
Elektr energiya odatda biron kuchlanishda ishlab chiqarilib, so‘ngra bir necha marta yuqoriroq kuchlanishli energiyaga o‘zgartiriladi, hamda elektr tarmog‘i orqali iste’molchiga etkazib beriladi.Har qanday elektr qurilmaning asosiy ko‘rsatgichi uning nominal kuchlanishi bo‘lib, shu kuchlanishda uning rejadagidek yaxshi ishlashi ta’minlanadi.
Bosh taqsimlagich podstansiyalari GRP bilan podstansiya TP lar orasida 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan foydalaniladi.
Elektr energiya iste’mol qiluvchi ishlab chiqarish korxonalarining elektr ta’minoti:
-energetika tizimidan ta’minlanuvchi qurilmalar–bosh pasaytirgich podstansiya GPP (glavnaya ponijayushaya podstansiya); elektr energiya, korxona qudrati va quvvatiga qarab 6 (10) kV dan 220 kV gacha kuchlanishda energiya qabul qiladi va uni o‘ziga qulay bo‘lgan kuchlanishga, ya’ni 10 kV, ba’zan 6 kV kuchlanishga, aylantirib, yani transformasiyalab oladi. Agar energiya bitta kuchlanishning o‘zida qabul qilinib, taqsimlanadigan bo‘lsa, unda GPP o‘rniga bosh taqsimlagich punkt GRP (glavniy rapredelitelniy punkt) quriladi. U biron podstansiyasidan elektr energiya olib, ishlashi;
-yuqori kuchlanishli taqsimlovchi tarmoq; bunday tarmoqning nominal kuchlanish 6 kV, 10 kV va undan yuqori bo‘ladi, gohida boshqa qiymatdagi nominal kuchlanish qo‘llashlik ham uchrab turadi, bu tarmoq tarkibiga yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar;
-taqsimlovchi tarmoqqa ulanuvchi sex transformatorlari va o‘zgartgich podstansiyalari;
-taqsimlovchi tarmoqqa ulanuvchi maxalliy faol-aktiv va reaktiv quvvat manbalari: turg‘un va harakatchang elektr stansiyalar; zahiraviy, yuklama maksimal holatda ishga tushiriluvchi pikaviy generator kabi qurilmalar; yuqori kuchlanishli kondensator batareyalari;
Elektr ta’minoti va energiya tizimi oralarida xizmat ko‘rsatish chegarasi mavjud bo‘lib, ta’minlovchi elektr yo‘lining bosh pasaytirgich podstansiyasi yoki korxonaning asosiy taqsimlagich qurilma ulangan joyi chegara bo‘ladi.
Podstansiyalarda yopiq qurilma, ya’ni tashqi muhitdan mutloqo ajratilgan, va ochiq qurilma, ya’ni atmosfera havoda ishlaydigan, elektr qurilmalar qo‘llanadi: bularga birinchi navbatda kuch va o‘lchov transformatorlari, taqsimlash, himoya va boshqarishni avtomatlashtirish qurilmalari kiradi. Loyihalashda podstansiya tarkibining variant tanlovi texnik-iqtisodiy hisoblar orqali har bir variantning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olingan holda aniqlanadi.
Yopiq qurilmaning afzalligi sifatida uning uzoq muddat davomida puxta va ishonchli ishlashi qayd etiladi. Ichki muhitni hisobga olgan holda jixozlarning qulayligi, ekspluatatsiyaga kam xarj talab qilishi, katta ishlash puxtaligi, gabarit o‘lchamlarining kichikligi, o‘rnatish uchun kam joy talab qilishi, hajmining kichikligi va boshqalar. Ochiq qurilmalar afzalligi: ularni qurish va yig‘ishning osonligida; transport vositalarining qulay yaqinlashish imkoniyatida; yong‘in xavfsizligi yuqoriligida; transformator va uskunaning boshqa elementlarida hosil bo‘luvchi issiqliklarni haydash imkoniyati yaxshiligida; tashqi havo elektr uzatish yo‘llarni olib kelishlikning qulayligidadir.
Taqsimlovchi qurilmalar na faqat podstansiya bo‘lagigina bo‘lmay, ular mustaqil ravishda tarmoq tuguni ham hisoblanadilar. Bu holda ularni taqsimlovchi punkt RP (raspredelitelniy punkt) deb ataladi. Elektr ta’minoti qurilmalarini kommutasiya, rezonans va yashin o‘ta kuchlanishlari ta’siridan asrash uchun yashin qaytargich tizimlari, kuch reaktorlari hamda turli razryadniklar qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan tokli podstansiyalar. Har turli podstansiyalarning elektr energiya ta’minoti va elektr energiya taqsimotini ko‘rsatuvchi podstansiyalarning o‘zaro ulanish sxemasi keltirilgan.Podstansiyalarning tok o‘tkazuvchi shinalariga ochiq taqsimlovchi qurilma ORU o‘rnatilgan bo‘lib, uning havo ajratgichlarining QS soni va o‘rnatilish joyi shunday tanlab olinganki, agar bir kuch transformatari ishdan chiqib ta’mirga yoki rezerv bilan almashtirishga o‘chirilsa, bu holatda ikkinchi transformator tarmog‘ni tok bilan ta’minlab turadi. Agar ikkinchi transformator ham ishdan chiqsa, u holda tortuvchi podstansiyaning o‘zi o‘zaro bog‘lovchi 6 havo elektr uzatish yo‘llardan ajratiladi. Bu holat boshqa podstansiyalarning normal ishlashiga halal bermaydi. Bundan tashqari, ochiq taqsimlovchi qurilma ORU tarkibidagi havo ajratgichlari QS soni va o‘rnatilish joyi bo‘yicha barcha podstansiyalarga ikki tomanlama elektr ta’minotning doimiy bo‘lishini belgilovchi tezkor o‘chirib-ulashlar imkonini beradi.
4a-rasmda 1-havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kirish qismlar; 2-havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kuchlanishni taqsimlovchi qurilmalar; 8- tarmog‘ning fiderlari; 9-kuchlanishi 35 kV taqsimlovchi qurilmalar; 10-kuchlanishi 35 kV iste’molchilarining fiderlari; 12-uch chulg‘amli asosiy va rezerv kuch transformatorlari, 13-o‘zgaruvchan. O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning tuzilish sxemasi 3a-rasmda keltirilgan bulib, sxemada tarmog‘iga chiquvchi fiderlarnig ulanishi ham ko‘rsatilgan.
Podstansiyalarning ikki kuch transfomatoridan 12 biri faqat tarmog‘ni elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi kuch transfomatori qisman podstansiyaning o’z ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.Podstansiyalar transformatorli bo‘ladi va elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘ldan oladi Kirish kuchlashning taqsimlagich qurilmalari 6(10) kV va 35 kV taqsimlagich qurilmalar bilan uch chulg‘amli transformatorlar orqali ulanishi mumkin. Bir fazali tortish yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz shaklida yig‘ilgan chulg‘amlaridan oladi. Kuch transformatorini tarmog‘ga ulash sxemasi 15b-rasmda keltirilgan. Tashqi elektr ta’minoti tarmog‘ida teskari ketma-ketlik toklarini kamaytirish va tarmog‘lar bo‘yicha podstansiyalarning parallel ishlashini ta’minlash zaruriyati podstansiyalarni maxsus sxema bo‘yicha simmetriyalovchi ulashni taqozo etadi. Har bir transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ikki seksiyadan tashkil qilinadi.
Har bir podstansiyada birnechta ishlab turuvchi va bitta zahira transformatori o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Biror ishlab turuvchi transformator buzilsa, o‘rniga darhol zahiradagi o’rnatiladi.O‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokli podstansiyalarga havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kirish qismlari ochiq ORU yoki yopiq ZRU turdagi taqsimlovchi qurilmalarga ulanadi. O‘zgarmas tokli ikki bosqich transformasiyali podstansiyaning tuzilish sxemalari keltirilgan. Agar o‘zgamas tokli podstansiya 220 kV yoki 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan elektr energiyani olsa, unda kirgan kuchlanishning taqsimlagich qurilmalardan energiya avval pasaytiruvchi transformatorlarga keladi. Transformatorlarda kiritilgan kuchlanish 6 kV yoki 10 kV gacha pasaytirilib, 6 kV yoki 10 kV taqsimlagich qurilmalarga uzatadi, so‘ngra energiya to‘g‘rilagich - invertor o‘zgartgichiga etib keladi. To‘g‘rilagich -invertor o‘zgartgichining transformatori kuchlanishni 3,02 3,76 kV gacha pasaytiradi. SHunday qilib, to‘g‘rilovchi o‘zgartgichga ikki bosqichda trasformasiyalangan kuchlanish etkazib beriladi va bunday podstansiya ikki bosqich transformasiyali podstansiya deb ataladi.
O‘lchov asboblarini, apparatlarni, rele himoyasi va avtomatikasini yuqori kuchlanish zanjiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 1kV gacha kuchlanishli katta toklarga ulash texnik sabablarga ko‘ra va texnika xavfsizligi bo‘yicha ulash mumkin emas. SHu talablarga ko‘ra tok va kuchlanish ko‘rsatkichlarini o‘lchashda o‘lchov transformotorlarini qo‘llash mo‘ljallangan. Bundan tashqari o‘lchov transformotorlar orqali, o‘lchov asboblarini va himoya apparatlarini va avtomatlashtirish, o‘lchash, taqsimlash qurilmalarini va nimstansiyalarni masofadan boshqarish imkonini yaratadi, va bundan tashqari, o‘lchov va himoya asboblarining arzon bo‘lishiga, kichik 5 A tokka va 1 kV danpast kuchlanishga tayyorlash imkonini beradi. O‘lchov asboblarini katta toklarga yaratilishi va yuqori kuchlanishlarga tayyorlash maqsadga muvofiq emas, bu konstruktiv tuzilish tomonidan bunday asboblar qo‘pol, katta, noqo‘lay va qimmatga tushadi.YUqorida qayd qilinganlar asosida o‘lchov transformatorlari etektr tarmoqlarida ularning qo‘llanishi birqancha maqsadlarda: o‘lchov, hmoya, nimstansiya uskunalarini, kabel liniyalarini, havo liniyalarini masofadan boshqarish va boshqa vazifalarni muvafaqiyatli amalga oshirda qo‘llaniladi. Ko’p o’ramli tok transformatori: 1 –to‘g‘ri burchakli shixtalangan magnit o‘tkazgich; 2- ikkilachi chulg‘am; 3 – birlamchi chulg‘am; 4 – TT ning barcha qimslalri epoksidli kompaund qo‘ymasida; 5 – birlamchi chulg‘am uchlari kotaktlarga chiqarilgan; 6 – ikkilamchi chulg‘am uchlari kontaktlarda.
Montajdan oldin o‘lchov transformotorlarida, montaj oldi tekshiruv ishlari olib boriladi. Pasport ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelishi, farforli izolyatorlarning va ularning armirovkalari darz ketmagan bo‘tunligi, nafas olish qurilmalarnuqsonlari hisobga olinadi; moyning balandlik sathi va oqmayotgani tekshiriladi; chulg‘amlarning elektr qarshilik izolyasiyalari yuqori va pastki kuchlanishdagilarini o‘zaro va tanaga nisbatan o‘lchanadi; chulg‘amlar bo‘tunligi va transformotorlar koeffitsenti tekshiriladi. Agar o‘lchov transformotorlarining tashqi ma’lumotlari ma’lum bo‘lib vaichki qismlarining ulchov natijalariga kura nosozlikka moyilligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, chiqarib olinadigan aktiv qismlarini tekshirish uchun idishdan (bakdan) chiqariladi. CHiqarib olingan qism toza xonada, va 12 soatdan ko‘p vaqt moysiz qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.


Download 24.24 Kb.
  1   2




Download 24.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kon korxonalari asosiy podstansiya kuch transformatorlari

Download 24.24 Kb.