Xavfsizlik tamoyillari xavfsizlikni ta'minlash taktika va strate- giyasiga bo'lgan asosiy talablar xavfsizlikning maqsad va vazifala- rini hal qilishning to'g'ri yo'llarini tanlashga yo'naltirilgan bo'lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylik;
mustaqillik va mas'uliyat;
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik;
maqsadli-dasturiy rejalashtirish;
o'zaro hamkorlik va uni muvofiqlashtirish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish;
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg'unligi;
ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning tashkil etish va boshqarish
Xavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi si- fatida, har bir alohida holatdagi aniq harakat bo'lib, korxona xarak- teri, uning joylashuvi, ahamiyati va hokazolarga bog'liq bo'ladi. Mazkur jarayonda xavfsizlik tizimining o'zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur.
Xavfsizlik konsepsiyasi, birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligi- ga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan tashqi muhit ta'sirini inobatga olishi zarur. Bu ta'sirni quyidagi chizma ko'rinishida aks ettirish mumkin.
Shu bilan bir vaqtda, korxona o'z faoliyatining muhim yo'na- lishlari xavfsizligini ta'minlashi uchun muayyan chora-tadbirlar- ni amalga oshirishi kerak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo'riqlash tartibini yaratish lozim.
Xavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo'lib, xavfsizlik tartibini ishlab chiqish, o'rnatish va qoilab-quvvatlash, shu- ningdek, unga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi. U o'z faoliyatida quyidagilarga asoslanishi lozim:
qo'riqlash tartibini tashkil etish bo'yicha qoidalar;
rahbar, mutaxassis va texnik-yordamchi xodimlar uchun max- fiy maiumotlar bilan ishlash bo'yicha lavozim yo'riqnomasi;
maiumotlarni texnik-muhandislik jihatidan himoya qilishni tashkil etish bo'yicha lavozim yo'riqnomasi;
xorijiy vakolatxonalar va vakillar bilan ishlash bo'yicha lavozim yo'riqnomasi.
Korxona xavfsizlik xizmati tarkibida axborot-tahlil bo'linmalari, xavfsizlikni ta'minlash yo'nalishlari bo'yicha tashkiliy bo'g'inlar hamda muayyan vazifalarni bajarish uchun vaqtinchalik tuzilmalar yaratilishi mumkin.
Korxona rahbariyati yoki aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qa- roriga ko'ra, muayyan maqsadlar va yuzaga keluvchi sharoitlarda xavfsizlikni ta'minlashning murakkab vazifalarini hal qilish uchun korxonaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda vaqtincha- lik tuzilmalar yaratilishi mumkin.
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun korxonaning xavfsizlik xizmati Quyidagilarni amalga oshiradi:
ma'muriy-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik tartibini o'rnatish va ta'minlash, mas'ul shaxslarning korxona xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha huquq va majburiyatlarini belgilash, shuning- dek, korxonaning mazkur faoliyat turi sohasidagi vakolat funksi- yalarini amalga oshirishga oid qarorlar tayyorlash;
xo’jalik-taqsimlash funksiyasi, xavfsizlik xizmatining korxona xavfsizligini ta'minlashda zarur bo'lgan resurslarni belgilash, korxona mulki va intellektual boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish;
hisob-nazorat funksiyasi, tijorat-moliyaviy faoliyatning eng muhim yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish va korxonaning moliyaviy barqarorligiga tahdid soluvchi xavf-xatarning oldini o'z vaqtida olish, ularning manbalarini baholash, xavfli holatlarni nazorat qilishni yo'lga qo'yish, korxona xavfsizligiga ta'sir ko'rsatuvchi sal- biy omillarni hisobga olish, shuningdek, korxonaning hayotiy ehti- yojlariga tahdid soluvchi g'irrom raqiblar, ishonchsiz hamkorlar, shaxslar va tashkilotlar haqida ma'lumotlar yig'ish;
|