• Kosmik aloqa
  • Mavzu: Kosmik aloqa tizimlari va yo‘ldoshli aloqa tizimlari




    Download 108.94 Kb.
    bet1/3
    Sana05.02.2023
    Hajmi108.94 Kb.
    #41082
      1   2   3
    Bog'liq
    Kosmik aloqa tizimlari Boymurodov Bekzod
    Web dizayn 230621101923, lDUxdwKRVGJbC1fVSJ0CcLy9VnsnJYL0RbRWd99S, KOMPYUTER ARXITEKTURASI, 4-amaliy ish, 5-amaliy 1-qism, Metall-yarimo‘tkazgich o‘tishlar. Geteroo‘tishlar-www.hozir.org, T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org, Issiqlik elektr markazlari (iem)-fayllar.org, 2 QISQA MASOFALARGA YUGURISH TEXNIKASINI O 2, 1702135400, Algoritmlashtirish pdf, dekart kordenata, 3 курсники Методикадан ўқув дастури (3), O\'n besh yoshli kapitan


    MUSTAQIL ISH

    Fan nomi : Elektronli loyihalash va aloqa tizimlarini yig’ish


    Mavzu: Kosmik aloqa tizimlari va yo‘ldoshli aloqa tizimlari



    Guruh: AKT-2

    Tayorladi: Boumurodov Bekzod


    Qabul qildi: Boymonov Islom
    Reja
    1. kosmik aloqa;

    2. Sunʼiy aloqa tizimlarini ishlash prinsipi


    3. Aloqa sun'iy yo'ldoshi


    Kosmik aloqa




    Kosmik aloqa — Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) orqali yerdagi punktlar orasida yoki kosmik apparatlar (KA) orasidagi aloqa. Yerdagi punkt bilan kosmosdagi inson oʻrtasida aloqa birinchi marta 1961-yilda Yu. A. Gagarinnkyat "Vostok" kosmik kemasida parvoz kilganda oʻrnatildi. Kosmosda, asosan, radioaloqa, baʼzan, optik aloqa qoʻllaniladi. Kosmik aloqa tizimida koʻproq radioaloqadan, Yerdagi punktlar orasida aloqa bogʻlash uchun elliptik va doiraviy statsionar orbitalar boʻyicha harakatlanuvchi YESY dan foydalaniladi. KA lari orasida Kosmik aloqa birinchi marta 1962-yilda "Vostok-3" va "Vostok-4" kemalari orasida amalga oshirilgan. Yerdagi punktlar orasida Kosmik aloqa oʻrnatish uchun kuchli antennalar, radioshovqin darajasi juda kichik boʻlgan qabul qiluvchi asboblar, qidirilayotgan signalni ajratib oladigan maxsus appa-ratlardan foydalaniladi. KA ning bort apparaturalari juda puxta, yengil va ixcham boʻlishi kerak. Kosmik aloqa kanallari uchun ularning vazifasi va yoʻnalishlariga koʻra turlicha chastota dia-pazonidan foydalaniladi. Chastotalarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi radioaloqa reglamenti bilan belgilanadi. Kosmik aloqa tizimlarining Yerdagi aloqa tizimlaridan asosiy farqi KA vaziyatining uzluksiz oʻzgarib turishi, KAning har ondagi koordinatalarini bilish zarurligi, qabul qilinayotgan signallar chastotasining tez-tez oʻzgarib turishi, KA bortidagi radiouzatkichlar quvvatining cheklanganligi, masofaning uzoqligi va boshqalardan iborat.
    Yer bilan K A orasidagi aloqa yordamida kosmovideniyeta asos solinadi, natijada insoniyat odamning ochiq kosmosga chiqishi va Oyda yurishining shohidi boʻddi. Sayyoralararo avtomatik st-yalar Venera va Marsga uchirilganda 350 mln. km masofada ikki tomonlama turgʻun radioaloqa oʻrnatildi. "Mars" va "Mariner" tipidagi kosmik st-yalarga oʻrnatilgan apparatlar yordamida Mars va Venera sayyoralarining atrofi, atmosferasi, temperaturasi tekshirildi va telemetrik kanallar orqali tasvirlari Yerga uzatildi.
    ESY orqali aloqada turli orbita va balandlikda parvoz qilayotgan YESYdan foydalaniladi. Uzoq ma-sofalar orasida televizion aloqa oʻrnatishda, odatda, bevosita koʻrinadigan bir qancha oraliq va ikkita asosiy punktdan iborat radiorele tarmoqlari — retranslyatorlardan foydalaniladi. YESY bortiga oʻrnatilgan bitta retranslyator yordamida Yerda birbiridan 10—15 ming km uzoq joylashgan punktlar orasida aloqa oʻrnatish mumkin. KA orasidagi aloqaga boshqa KAdan olingan maʼlumotlarni retranslyasiya qilish, ularning orbitadagi vaziyatini oʻlchash va harakatini boshqarish yoki ularga yakinlashish, navigatsiya masalalarini hal qilishga oid aloqalar ham kiradi. KAning antennalarini oʻzaro yoʻnaltirish ancha qiyin, shu sababli, ular orasida yoʻnaltirilmagan aloqa qilinadi.
    Lazerlar ixtiro qilingandan keyin optik aloqa masalasi hal qilina boshladi.

    Sunʼiy aloqa yoʻldoshi — bu Yerning sunʼiy yoʻldoshi, Yer yuzasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinmaydigan nuqtalar oʻrtasidagi radio signalini uzatish uchun ixtisoslashgan kosmik kemadir.

    Sunʼiy yoʻldoshi yer stantsiyalari uzatadigan signallari bilan chastotalar spektrini qabul qiladi va uni spektrning boshqa qismiga oʻtkazadi, kuchaytiradi va Yerga qaytaradi.

    Sunʼiy yoʻldosh signalini qabul qilish mumkin boʻlgan hudud qamrov maydoni deb ataladi. Bunday maydon orbitadagi joylashuvi yoʻldoshning yoʻnalishi va texnik xususiyatlari bilan belgilanadi.

    Turli xil modulyatsiyalardan foydalanib sunʼiy yoʻldosh orqali ham raqamli maʼlumotlar ham analog signallar uzatilishi mumkin.

    Aksariyat sunʼiy yoʻldoshlarda bir nechta oʻtkazgichlar transponderlar mavjud, ularning har biri maʼlum bir chastota diapazonini qamrab oladi. Shuningdek, transponderlar ular ishlaydigan chastota diapazoni va uzatuvchi antennaning geometriyasiga qarab polarizatsiya hamda chastota diapazoni boʻyicha farqlanadi.




    Bugungi kunda sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlari orqali axborot almashinuvi eng rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Bu kabi aloqa turidan tijorat, harbiy va fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi.



    Download 108.94 Kb.
      1   2   3




    Download 108.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kosmik aloqa tizimlari va yo‘ldoshli aloqa tizimlari

    Download 108.94 Kb.